Kuzatuv
Gipotezalar
Eksperimentlar
Hulosalar
Kuzatishni tushuntirishga imkon beruvchi gipotezalar ilgari suriladi. Gipoteza shunday tuzilishi kerakki, u tajribada isbotlana oladigan bo’lishi kerak.
Gipotezani tekshirish uchun bir necha tajribalar o’tkaziladi.
Tajribalar natijalarini tahlil qilish orqali chiqarilgan xulosa o’z navbatida gipotezaga bog’liq ravishda uni to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini tasdiqlashi kerak. Agar o’tkazilgan tajribalar musbat natija bo’lsa, gipoteza tasdiqlanishi mumkin. Agar tajribalar davomida yangi ma’lumotlar yig’ilsa, gipoteza qayta ko’rilishi, to’ldirilishi va o’zgartirilishi kerak.
O’quv rejasini tuzish
Kimyo olamiga safarga otlanishingizdan avval o'z yo'ndashuvingizni belgilab oling. Quyidagi ro'yxatda ayrim g'oyalarni ko'rib chiqishingiz mumkin. Sizga kimyoni muvffaqqiyatli o'rganishingizda yordam beradigan g'oyani tekshirib ko'ring. Endi bunga kirishing. O'z omadingiz o'zingizni qo'lingizda.
maruzadan oldin bo'limni o'qib chiqish
maruzada qatnashish
o'quv maqsadini ko'rib chiqmoq
muammolar daftarini tutish
faol o'quvchi sifatida matnni o'qish
har bir bo'limdagi savollar va muammolarni ishlash va bobning oxiridagi javoblar bilan tekshirish
Ma'ruzada faol talaba bo'lish
O'quv guruhini tashkil etish
Ish soati davomida professor bilan uchrashish
hisob kaliti ko'nikmalarini va Maxsus Kimyo ko'nikmalarini ko'rib chiqish
sharh mashg'ulotlarida qatnash
o'zingizni takrorlash mashg'ulotlarimni tashkil etish
qo'liingizdan kelgancha tez-tez o'rganish
5.1. Yer qatlamida kimyoviy elementlarning tarqalganligi
Yer yuzasida kimyoviy elementlar turli miqdorlarda uchraydi. Yer po’stlog’ining 98 % asosan 8 ta elementdan tashkil topgan bo’lib 47% (massa boyicha) eng ko’p tarqalgan kislorodli birikmalar, ikkinchi o’rinda kremniy (29,5 %), undan keyin alyuminiy, temir, kumush, natriy, kaliy, magniy, xlor va h.k. Yer po’stlog’i asosan kislorodli birikmalardan tashkil topgan bolib, ularning ichida asosan silikatlar, karbonatlar, sulfidlar, sulfatlar va boshqalardir.
5.2. Makro- va mikroelementlar va ularning organizmidagi miqdori
*114 dan ortiq ma'lum bo’lgan elementlardan 80 dan ko’prog’i tirik organizmning hayot faoliyatida qatnashadi. Masalan qonda - 30 dan ortiq elementlar borligi aniqlangan. Suyaklarda ham 30 ga yaqin, sut va sut mahsulotlarida esa 20 dan ortiq elementlar aniqlangan.
Organizmda ma'lum bo’lgan elementlardan 19 tasisiz xayot mavjud bo’la olmaydi. Biosistemalarda mavjud bo’lgan 6ta element (vodorod, uglerod, azot, kislorod, fosfor va oltingugurtlar) juda katta ahamiyatga ega bolib, ular organogen elementlar deb ataladi.
Organogen elementlar oqsillar, nuklein kislotalar, aminokislotalar tarkibiga kirib, yerdagi hayot jarayonning asosini tashkil etadi. Qolgan 12ta element (natriy, magniy, kaltsiy, marganets, temir, kobalt, mis, rux, xlor va yodlar) organizmning hayotiy jarayonida faol ishtirok etadi. Bu 12ta elementni 10tasi metallar bolib, ularni «hayotiy metallar» yoki biometallar deb nomlashadi. Bu metallarning tirik organizmidagi faoliyatini o’rganish bioanorganik kimyo fanining asosiy vazifasidir. Bu 10ta metalldan 6 tasi organizmda ko’p miqdorda uchraydi. Kalsiy (1700 g.), kaliy (250 g.), natriy (70 g.), magniy (42 g.), temir (5 g.), rux (3 g.) miqdorda uchraydi. Qolgan to’rttasi kamroq miqdorda uchraydi.
Odam organizmidiga kimyoviy elementlar shartli ravishda 3ga bo’lib o’rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |