1.O‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida do‘stona munosabat
O‘qituvchi vazifasini faqat bilim berishda deb bilsa, o‘quvchining ichki xarakterini belgilay olmaydi, yashirin shakldagi qobiliyatini yuzada ko‘ra olmaydi. Bilamizki, kishilar o‘rtasidagi do‘stlik bir-birni yaqinlashtiradigan, muammolarini hech qanday to‘siqsiz hal etadigan munosabatdir. Bunda yosh tanlanmaydi, muloqot masofasi saqlanmaydi, qalban birdamlik shakllantiriladi. Demak, do‘stona munosabat orqali o‘quvchining ham ichki imkoniyatlarini o‘rganish, qobiliyatini yuzaga chiqarishga yo‘l topish mumkin. Buning uchun esa o‘quvchini o‘rganish uchun do‘stona munosabat ko‘prik bo‘lmog‘i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |