4. Baholarining qiyoslanishi
- O‘rtog‘ingga qara, a’lo baholarga o‘qiydi, sen nega undan ortda qolasan?
- Nima yetmayapti, ayt, kitobing bo‘lsa, uyingda sharoiting bo‘lsa?
- Bahong “uch”! SHu ham senga ortiq.
- Akalaring, opalaring qanday yaxshi o‘qigan-a?
Bu kabi qiyoslashlar, javobsiz suhbatlar uni o‘z ustida ishlashi uchun ko‘mak bermaydi, aksincha, do‘stlari oldida uyaladi, o‘zini no‘noq his etadi. O‘quvchining olgan bahosi faol tengdoshlari bilan qiyoslansa, tahlil qilinsa ruhan cho‘kadi, oldinga qarab intilishi yanada susayadi. Baholari tahlilini individual suhbat chog‘ida yotig‘i bilan tushuntirish va yechimini topishga yordam berish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |