Yaxshi tinglovchi bo‘lish
Ko‘p hollarda o‘quvchining savollarga ikkilanib javob berishiga guvoh bo‘lamiz. Bunga sabab: u xato qilishdan qo‘rqadi, fikrini isbotlab berolmaslikdan cho‘chiydi, gapirayotganida to‘xtatib tashlashidan qochadi. Natijada bilsa ham bilmaslikni afzal ko‘radi. Shuning uchun o‘quvchining fikrini hech qachon bo‘lmaslik kerak. Hatto xato gapirsa ham oxiriga tinglashimiz vazifamizdir. Agar biz yaxshi tinglovchi bo‘lsak va buni sinfda ham shakllantirsak, u o‘zini erkin his qiladi. O‘ylaganlarini mustaqil ifoda etadi. Mavzuni gapirib bo‘lgandan so‘ng, o‘z xatosini topishi va xulosa chiqarishi uchun variantli fikrlar bildirilsa, keyingi safar dalil-isbotlari bilan qurollanib o‘rganganlarini .bayon eta oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |