Halqaro munosabatlarning metod ologik aspektlari


XM tahliliga tizimli yondashuvning asosiy yo‘nalishlari va



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/201
Sana15.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#366975
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   201
Bog'liq
halqaro munosabatlarning metodologik aspektlari

XM tahliliga tizimli yondashuvning asosiy yo‘nalishlari va 
xususiyatlari 
Mavjud  tizimli  yondashuvlari  xilma-xill  bo’lgani  holda,  asosiy, 
keng tarqalgan yo‘nalishlarini ajratish mumkin. Ular XMning umumiy 
va spesifik xususiyatlaridan kelib chiqadi va shunga muvofiq xalqaro 
tizimlarning, eng avvalo, tahlil qilinayotgan obyektning spesifikasidan 
hosil  bo‘ladi.  XMning  umumiy  xususiyatlaridan  biri  -  xarakteri 
bo‘yicha u 
ijtimoiy
  munosabatlardir, demak, xalqaro tizimlar ijtimoiy 
tizimlar  tipiga  taalluqlidir.  Binobarin,  ular  murakkab 
moslashuvchi 
tizim
  sifatida  k‘orib  chiqilishi  shart,  uning  tahlilini  mexanik  tizim 
modellari tahlili bilan solishtirib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, ijtimoiy, 
shu bilan birga, xalqaro tizimlar, odatda, 
ochiq
 va 
zaif tashkillashtiril-
gan
  tizimning  alohida  tipiga  tegishlidir.  Boshqacha  aytganda,  bu  tiz-
imlarda  o‘rganilayotgan  kompleks  va  uning  tashqi  muhiti  o‘rtasida 
hamisha  ham  aniq  va  qat’iy  chegara  o‘tkazib  bo‘lmaydi.  Bunda 
davlatlararo hamkorlik (masalan, iqtisodiy, siyosiy) yoki ana’naviy va 
yangi xalqaro mualliflarning o‘zaro ta’siri tizimi misol bo‘lishi mum-
kin. Bu tizimlar joriy, labil xarakterga ega, shuning uchun bu ularning 
tahlilini  murakkablashtiradi.  Lekin  bu  holatda  xalqaro  tizimlar  o‘z 
ichiga nafaqat ayrim tahliliy obyektlarni qamraydi, balki real ijtimoiy 
jamoalar  o‘rtasidagi  aniq  aloqalarni  ifoda  etadi.  Bu  aloqalar  o‘zaro 
ta’siri tizimli tashkilotning ma’lum chegarasini namoyon qiladiki, bu 
nazariy tahlil yo‘li bilan aniqlanadi. 
Tabiiy va biologik tipdagi tizimdan farqli ravishda xalqaro tizim-
larning 
makoniy chegaralari shartli xarakterga ega
. Bu ba’zi siyosiy 


 
 
60 
tizimlar  (tizim  osti)  chegaralari  deyarli  ushbu  tuzilmaning  haqiqiy 
chegaralari doirasidan chiqib ketishini bildiradi. 
Jumladan,  xalqaro  terrorizm  va  islom  ekstremizmi  muammosi, 
ijtimoiy o‘zaro aloqalar harakatchanligi va ijtimoiy oqimlarni nazorat 
qilish  qiyinligi  sababli,  Yaqin  Sharq  davlatlari  hududiy  chegarasi 
doirasidan  ancha  nariga  chiqib  ketmoqda.  Shunga  qaramasdan, 
xalqaro  amaliyotda  muhit  bilan  munosabat  reallikda  mavjud  bo‘lib, 
g‘oyatda 
nisbiy  hududiy  chegaralarga ega
.  Bu  ma’lum  darajada  re-
gional (mintaqaviy) xalqaro tizimlar uchun to‘g‘ri hisoblanadi, (ma-
salan, Yaqin Sharq va MO mintaqasi). 
XMning  yana  bir  umumiy  xususiyati,  uni  o‘rganishning  tizimli 
yondashuviga  ta’sir  ko‘rsatadi,  zotan, 
ijtimoiy  birliklar,  guruhlar  va 
alohida  individlar  kabilar  XMning  asosiy  elementlari  sifatida 
namoyon  bo‘ladi
.  Demak,  xalqaro  tizim  o‘zaro  harakatlarni  iroda, 
ong,  qadriyatlar  bilan  boshqaruvchi  odamlarning  o‘zaro  harakatlari 
tizimidir.  O‘z  navbatida  bu,  xalqaro  tizimlarni  belgilovchi  omillar 
tanlov,  motivatsiya,  qabul  qilish  (idrok)  kabi
 
fenomenlar  bilan 
bo‘g‘liqligini bildiradi. 
XMni  o‘rganishning  tizimli  yondashuvida  e’tibor  beriladigan 
uchunchi umumiy xususiyat shundan iboratki, ular imtiyozli ravishda 
davlatlararo  munosabatlar  asosiy  bo‘g‘in  bo‘lib  hisoblangan 
siyosiy 
munosabatlardir
.  Shuning  uchun,  masalan,  xalqaro  munosabatlar 
tizimi  global  xalqaro  tizim  yadrosi  hisoblanadi.  XMning  spetsifik 
xususiyatlari  haqida  gapirilsa,  ular 
yuqori  hokimiyatning  yo‘qligi  va 
“suverenitetlar  plyuralizmi”
  bilan  xarakterlanadi.  Tashqi  va  ichki 
markazlashishning  past  darajasi  xalqaro  tizimga  xosligi  shu  bilan 
bo‘g‘liqdir.  Boshqacha  aytganda,  xalqaro  tizimlar-  bu  yaxlitlikdagi 
elementlar integratsiyasining zaif darajasi bilan farq qiluvchi ijtimoiy 
tizimlarning  maxsus  tipi  bo‘lib,  undagi  elementlar  yirik  avtonomi-
yaligi bilan ajralib turadi. Albatta, avtonomiyaning bunday darajasini 
mutlaqlashtirmaslik kerak: XM nafaqat manfaatlar to‘qnashuvi bilan, 
balki aktorlarning o‘zaro qaramligi bilan xarakterlanadi. Integratsiya-
lashgan jamiyat (jamiyatning ichki munosbatlari), o‘z navbatida, ni-
zoli  mezondan  xalos  bo‘lmagan  bo‘ladi,  chunki  ba’zi  hollar  nizoli 
mezon  XM  uchun  xos  bo‘lgan,  ma’lum  anarxiya  xususiyatlarini  jo 
qilishi mumkin, Real dezintegrasiya, SSSR taqdiri bunga yaqqol mi-
sol bo‘la oladi. 


 
 
61 
XM  spetsifikatsiyasini  va  shunga  muvofiq  ravishda,  xalqaro 
tizim  xususiyatlarini  anglashdagi  farqlar,  ularni  o‘rganishning  turli 
yondashuvlari paydo bo‘lishiga olib kelgan. Bunday yondashuvlarn-
ing  bir  qancha  turi  mavjud: 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish