partiyaning hokimiyat markaziy institutlarini mustahkamlovchi roli
(V.I.Lenin) yoki turli davlat tuzilmalari to‘plami (nemis konstitutsional-
istlari), geopolitik va hududiy omillar ta’siri (R.Ratsel), shuningdek
hokimiyatning ba’zi elementlari ham qo‘llanadi. XIX asr o‘rtalarida
biologiyada tizimli (L.Fon Bertalanfi) va kibernetik (N.Viner)
g‘oyalarning faol qo‘llanishi natijasida makropolitik aloqalar tavsifi
tiz-
imli
tahlil prinsiplariga asoslana boshladi. Amerikalik olimlar T.Parsons
va D.Iston asarlarida siyosiy-ijtimoiy fanlarga tizimli yondashuv sama-
rali qo‘llanildi. Tizimli yondashuvning umum tomonidan e’tirof etilgan
ustunligi shuki, u obyektni bir butun va yaxlit tarzda tasavvur qilish im-
koniyatini beradi. Demak, o‘zaro ta’sirlanuvchi elementlar o‘rtasidagi
korrelyatsiyani topishga imkon yaratar ekan, ana shunday o‘zaro ta’sir
“qoidalarini” yoki boshqacha aytganda, xalqaro tizim funksionallashishi
qonuniyatlarini aniqlashga yordam beradi. Tizimli
yondashuv asosida
bir qator olimlar xalqaro munosabatlarni xalqaro siyosatdan ajratadi:
agar XMning tarkibiy qismlari uning ishtirokchilari (aktorlar) va
ishtirokchilar “potentsialini” (kuch-kudratini) tashkil qilgan “faktorlar”
(“mustaqil o‘zgaruvchanlar” yoki “resurslari”) bilan namoyon bo’lsa,
xalqaro siyosat elementlari sifatida faqat mualliflar namoyon bo‘ladi.
Uch amerikalik olimlar: D.Iston, G.Almond va K.Doychning tiz-
imli nazariyalari keng tarqalgandir. D.Iston nazariyasiga batafsil
to‘xtalamiz, chunki u xalqaro tadqiqotlarda qo‘llanadigan tizimli
yondashuv xususiyatlarini yanada to‘la ravishda ochib beradi.
D.Iston siyosiy tizimni rivojlanuvchi va o‘z - o‘zini tartibga
soluvchi, tashqaridan keluvchi komanda impulslarga faol munosabat
bildiruvchi organizm sifatida ko‘rib chiqadi. U siyosiy tizimni o‘zaro
ta’sir (munosabat) sifatida ta’riflaydi, bunda ayni o‘zaro ta’sir
58
yordamida jamiyatda moddiy va ma’naviy qadriyatlar avtoritar tarz-
da taqsimlanadi va shu asosda jamiyat a’zolari o‘rtasidagi nizolar
oldi olinadi. Istonning fikricha, tizimda “kirish” va “chiqish” bor.
“Kirishda” tizim tashqaridan impulslar, signallar, zaxiralar oladi, un-
ing yaxlitliligiga rahna soluvchi da’vatlarga duch keladi. D.Iston
ularni ikki kategoriyaga ajratadi: “talab”, u xavfsizlik, individual
ozodlik va tenglik, ishtirok, faravonlik ehtiyoji bilan bog‘liq;
“qo‘llab-quvvatlash”, u ba’zi talablar va undan kelib chiqqan ni-
zolarni tartibga solishga imkon beradi. “Talablar” manbai, bir
tomondan, jamiyatning ekologik tizim, biologik tizim, shaxsiyat tiz-
imi va ijtimoiy tizimlar kabi ichki muhit qisimlari hisoblanadi. Ikkin-
chi tomondan, ekstra-sotsiyal muhit qismlari hisoblanadi: xalqaro
siyosiy tizimlar, xalqaro ekologik tizimlar, xalqaro ijtimoiy tizimlar.
Global atrof muhitdan “kirish”ga keluvchi barcha bu oqimlar siyosiy
tizimlar ichida, uning barcha tarkibiy elementlari ta’sirlanishi yo‘li
bilan qayta ishlanadi va oxir-oqibatda tizimning muhitga moslanishi-
ga yordam beruvchi umumiy javob reaksiyasini beradi. “Chiqish”da
bunday reaksiyalar sifatida siyosiy harakatlar, hukumat aktlari, tad-
birlar hizmat qiladi. O‘z navbatida, tizimning bu orqa reaksiyasi atrof
muhit bilan o‘zaro ta’siri yangi siklining boshlanishi hisoblanadi va
keyin yangi “talab” va “qo‘llab- quvvatlashlar”ni yo‘lga qo‘yuvchi
atrof muhitdagi muayyan o‘zgarishlarni yuzaga kelishiga asos beradi.
Shunday qilib, D.Iston konsepsiyasining bosh yutuqlaridan biri - bu
siyosiy tizimni dinamikasida - huddi atrof-muhit bilan doimo o‘zaro
ta’sir munosabatida bo‘lgan va uzluksiz ravishda o‘z “javoblari”ni
o‘z elementlari holati va reaksiyasi bilan solishtiradigan yaxlit organ-
ism sifatida ko‘rib chiqishdir. Shunisi muhimki, D.Iston tomonidan
taklif qilingan tizimli analiz siyosiy tizimning funksionallashishi,
uning boshqa tizimlar bilan munosabatlari qonuniyatlari, barqaror-
likni saqlash shart-sharoitlari va b.ni qidirish va aniqlashni yengil-
lashtiradi. Shunga qaramasdan, D.Istonning tahliliy yutuqlarini inkor
qilmagan holda, XM sohasi mutaxassislarining hisoblashishicha, bu
tahlil xalqaro tizimni o‘rganishga to‘g‘ri kelmaydi. Birinchidan,
chunki ular siyosiy tizimning spesifik tipini, aynan amerika siyosiy
tizimini o‘rganish asosida qilingan va boshqa siyosiy tizimlar
xususiyatlarini kam hisobga oladi. Ikkinchidan, Istonning siyosatni
“qadriyatlarining avtoritar taqsimlanishi” sifatidagi tavsifi xalqaro
tizimning xususiyatlariga e’tibor qaratmaydi, XMni siyosiy munosa-
59
batlar sifatida ko‘rib chiqishga imkon bermaydi. Va nihoyat
uchinchidan, Iston sxemasi global xalqaro tizimga uning muhiti
xususiyatlari sababli qo‘llanilishi mumkin emas. Iston nazariyasi
siyosiy o‘zaro munosabatlarning ruhiy shaxsiy aspektlarini yuzaki
hisobga olinganligi va siyosiy tizimning ichki hayoti tahlilining
mavjud emasligi uchun tanqid qilingan. Lekin, hozirgi vaqtgacha
XM tahlili tizimli metodining arzirli muqobili yo‘q, chunki tizimli
metod va XMning xaotik muhitini yagona va yaxlit tizimga keltirish
uni tartibga solish, ularning qismlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni qis-
man tushuntirish qobiliyatiga ega. Shuning uchun, olimlar XM
tahliliga tizimli yondashuvining samarali modellarini izlashni davom
ettirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |