Qo’shimcha shart (ogovorka, clause) – xalqaro ko’p tomonlama
shartnoma qatnashchilaridan birining, shartnomaning biror qoidasini
o’zi uchun majburiy emasligi haqida yoki shunday qoidani o’zgartirib
qo’llash niyatida bir tomonlama rasmiy bayonoti.
85
qo’llanilganda kiritilishi mumkin (shartnomaga nisbatan qo’llaniladigan
vorislik masalasi 1978-yilgi “Shartnomalarga nisbatan davlatning huquqiy
vorisligi to’g’risida”gi Vena Konvensiyasida belgilangan).
Umumiy qoida bo’yicha xalqaro huquq subyektlari shartnomalarning
majburiyligiga rozilik berayotgan vaqtda qo’shimcha shart (ogovorka,
clause) kiritishi mumkin. Qo’shimcha shart (ogovorka, clause) shartnoma
tuzishning har qanday bosqichida kiritilishi mumkin, lekin shartnomaning
majburiyligiga rozilik beruvchi so’nggi hujjatda mavjud bo’lgandagina
huquqiy ahamiyatga ega bo’ladi.
Shartnomada qo’shimcha shart (ogovorka, clause) kiritilishi mumkin
bo’lgan moddalar belgilanadi. Bu holatda kirtilgan qo’shimcha shart
(ogovorka, clause) boshqa a’zolar tomonidan tan olinishi shart emas.
Lekin shartnomada boshqacha tartib belgilangan bo’lishi ham mumkin.
Bunday holatlarda a’zolar orasida qo’shimcha shart (ogovorka, clause)
ruxsat berilgan qo’shimcha shart (ogovorka, clause) turiga kiradimi degan
nizo kelib chiqishi mumkin.
Dastlabki Komissiya a’zolari soni cheklangan shartnomalarda
qo’shimcha shartlar (ogovorka, clause) umumiy tan olinishi lozimligi
taklifi bilan chiqqan. Ammo davlatlar “a’zolar soni cheklangan” formulasi
aniq belgilanmagan deb tanqidga uchragan. Amaliyotda “a’zolar soni
cheklangan” shartnomalarga ham qo’shimcha shart (ogovorka, clause)
kiritilgan. Shu sababli, Komissiya bu masala bo’yicha qo’shimcha shart
(ogovorka, clause) – shartnomaning obyekti va maqsadlariga mos bo’lishi
kerakligini kiritib o’tgan.
Shuning uchun cheklangan sonli a’zolardan yoki shartnomaning
obyekti va maqsadidan shartnoma shartlarining bajarilishi uchun barcha
muzokarachilarning shartnomaning majburiyligiga roziligi shart bo’lsa,
qo’shimcha shart (ogovorka, clause) shartnomaning barcha a’zolari
tomonidan qabul qilinishi lozim.
Qo’shimcha shart (ogovorka, clause) shartnomaning obyekti va
maqsadiga mos bo’lish talabi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Qo’shimcha shart (ogovorka, clause) shartnomadan ko’zlangan maqsadga
erishishiga to’sqinlik qilmasligi lozim. Bu norma umumiy xarakterga ega.
Shu sababli davlatlar zarur holatlarda qo’shimcha shart (ogovorka, clause)
masalasi aniq hal qilishni afzal ko’radi. 1993-yilgi “Iqtisodiy ittifoq tuzish
to’g’risida”gi shartnomada Ittifoqqa a’zolik “ushbu shartnomada
ko’rsatilgan huquqlar va to’liq hajmdagi majburiyatlarni o’z zimmasiga
oladi” (29-modda) deyilgan. Tabiiyki, “ushbu shartnomaga qo’shimcha
86
shart (ogovorka, clause) kiritilishiga yo’l qo’yilmaydi” (32-modda).
qo’shimcha shart (ogovorka, clause) kiritilishi yo’l qo’yilmasligi
shartnomaga qo’shimcha protokollarda ham belgilanishi mumkin.
Vena Konvensiyalarida alohida holat sifatida tashkilotning ta’sis
hujjati bo’lgan shartnomalarga qo’shimcha shart (ogovorka, clause)
kiritishni ajratib ko’rsatgan. Bunday holatda shartnomada boshqacha tartib
nazarda tutilmagan bo’lsa, qo’shimcha shart (ogovorka, clause)
tashkilotning vakolatli organi tomonidan qabul qilinadi. Tomonlarning
huquq va majburiyatlarida bir tomonga ustunlik berilishiga yo’l
qo’yilmaydi. Shu sababli, barcha holatlarda tashkilotning vakolatli organi
tomonidan qo’shimcha shart (ogovorka, clause) qabul qilish talab qilinadi.
Xalqaro
amaliyotda
bunday
holatlar
uchragan.
IMKO
Konvensiyasiga nisbatan kiritilgan qo’shimcha shart (ogovorka, clause)
yuzasidan BMT Bosh Kotibining 1959-yilgi ma’ruzasiga ko’ra, “barcha
holatlarda ushbu Konvensiyani sharhlash huquqiga ega bo’lgan organning
fikri ko’rib chiqilishi lozim” deyiladi
1
. Faqat shunday organ Ustavda
belgilangan doirada a’zolarning majburiytlariga o’zgartirish kiritilishi
mumkin.
Umuman olganda, bu norma Vena Konvensiyalarnining 5-moddasi,
ya’ni ular tashkilotning ustavi doirasida tashklotning tegishli qoidalariga
zarar yetkazmasdan qo’llanilishi qoidasidan kelib chiqadi. Baribir ushbu
masalaga bag’ishlangan alohida norma o’zini oqlagan.
Vena Konvensiyalariga ko’ra, agar gap yuqorida aytilgan masalalar,
ya’ni qo’shimcha shart (ogovorka, clause) ta’qiqlangan, tashkilotning
ta’sis hujjati yoki shartnomada boshqacha holat keltirilmagan bo’lsa, 12-
oylik muddat ichida hech kim unga nisbatan e’tiroz bildirmasa qo’shimcha
shart (ogovorka, clause) davlatlar va tashkilotlar tomonidan qabul qilingan
hisoblanadi. Ushbu muddat qaysi kechroq amalga oshirilganligiga qarab,
tegishli subyekt qo’shimcha shart (ogovorka, clause) kiritilganligi
to’g’risida ogohlantirilganidan boshlab u shartnomaning majburiyligiga
nisbatan rozilik bildirgunicha hisoblanadi (20-modda, 5-bandi).
Shartnomaviy munosabatlar kelishuv xarakteriga ega. Shuning uchun
qo’shimcha shart (ogovorka, clause) natijalari o’zarolik xususiyatiga ega.
Vena Konvensiyalarning 21-moddasiga binoan, boshqa davlatga nisbatan
qo’llanilgan qo’shimcha shart (ogovorka, clause) u belgilagan darajada
qo’shimcha shart (ogovorka, clause) kiritilgan normaning xususiyatlarini
o’zgartiradi. Aynan shunday holatda shartnoma har ikki tomon uchun
1
Оfficial Records of the General Assembly. Fourteenth session. Annexes. Doc. A/4235.
87
majburiy ahamiyat kasb etadi. Boshqa a’zolarga e’tibor bersak,
qo’shimcha shart (ogovorka, clause) ularning o’zaro munosabatlariga ta’sir
o’tkazmaydi.
Konvensiyalarga muvofiq, “agar qo’shimcha shartga (ogovorka,
clause) nisbatan e’tiroz bildirayotgan davlat shartnomani o’zi va
qo’shimcha shart (ogovorka, clause) kiritgan davlat o’rtasida kuchga
kirishiga rozilik bildirgan bo’lsa, bunday qo’shimcha shartni (ogovorka,
clause) amal qilish doirasida qo’shimcha shartning (ogovorka, clause)
normalari ushbu davlatlarga nisbatan qo’llanilmaydi” (21-modda 3-bandi).
Vena konvensiyalari kelishuv xarakteri va shartnoma matnining
yagonaligidan kelib chiqadi. 1969-yilgi Vena Konferensiyasida Italiya
vakili “qo’shimcha shartlar (ogovorka, clause) shartnoma jarayoning
kasalligi va qo’shimcha shartni (ogovorka, clause) olib tashlash sog’ayish
deb baholashni” taklif etgan
1
. Shu sababli Konvensiyada qo’shimcha shart
(ogovorka, clause) va unga nisbatan bildirilgan e’tiroz uni bildirgan
subyektlar tomonidan xohlagan vaqtda qaytarib olinishi mumkin emas,
shartnomada boshqacha holat nazarda tutilmagan bo’lsa, albatta (22-
modda).
Bu umumiy xarakterdagi tartib. Shu bilan birga davlat qo’shimcha
shartni (ogovorka, clause) hisobga olgan holda, unga mos muayyan
harakatlarni amalga oshirishi, hatto, qonun qabul qilishi mumkin. Natijada
pozitsiyalarni kelishish uchun vaqt kerak bo’ladi. Ushbu holat e’tiboridan
chetda qolmagan xalqaro huquq Komissiyasi hattoki boshqa davlatlar
qo’shimcha shartdan (ogovorka, clause) voz kechish to’g’risida
ogohlantirilgan bo’lishsa ham milliy qonunchiligini yangi sharoitlarga
moslashtirish uchun muayyan muddat talab etilishini aytib o’tadi.
Komissiya bunday holatlarda majburiyatlarni vijdonan bajarish prinsipi
davlatlar qo’shimcha shartni (ogovorka, clause) bekor qilinishi bilan
bog’liq qiyinchiliklarga havola qilishiga yo’l qo’ymaydi deb hisoblagan
2
.
Qo’shimcha shartning (ogovorka, clause) ahamiyati va ularga
nisbatan bildiriladigan e’tirozlarni hisobga olib Vena Konvensiyalari
ushbu hujjatlarning yozma shakli belgilangan. Qo’shimcha shart
(ogovorka, clause), qo’shimcha shartga (ogovorka, clause) qo’shilish yoki
unga nisbatan e’tiroz bildirish yozma shaklda amalga oshirilishi lozim. Bu
hujjatlar nafaqat kelishayotgan tomonlar, balki shartnomaga a’zo bo’lish
1
U.N. Conference on the law of Treaties. Second session. P. 37.
2
YBILC. 1966. Vol. II. P. 209.
88
huquqiga ega bo’lgan subyektlarga ham taqdim etiladi. Bu jarayon odatda
depozitariy tomonidan amalga oshiriladi.
Yuqorida aytilganidek, qo’shimcha shart (ogovorka, clause)
shartnoma tuzilishining har qanday bosqichida kiritilishi mumkin, lekin
shartnomaning malburiyligiga rozilik beruvchi so’nggi hujjatda mavjud
bo’lgandagina huquqiy ahamiyatga ega bo’ladi. Qo’shimcha shart
(ogovorka, clause) shu vaqtdan boshlab kiritilgan hisoblanadi.
Qo’shimcha shartni (ogovorka, clause) bekor qilish yoki unga
nisbatan e’tiroz bildirish yozma tarzda amalga oshirilishi lozim (23-
modda).
Shunday qilib, ko’p tomonlama shartnomaning obyekti va maqsadiga
zid bo’lmagan qo’shimcha shartlarni (ogovorka, clause) kiritish kabi
davlatlarning suveren huquqi xalqaro huquqda mustahkamlangan.
Qo’shimcha shart (ogovorka, clause) turli huquqiy tizimga ega bo’lgan
davlatlarni shartnomalarda ishtirok etishini ta’minlaydi. Xalqaro huquq
Komissiyasi
uning
keyingi
harakatlari “Xalqaro shartnomalar
to’g’risida”gi Vena Konvensiyalarida belgilangan rejimdan kelib chiqishi
tasdiqlagan. Shu bilan birga boshqa huquqlardan foydalanish kabi
qo’shimcha shart (ogovorka, clause) kiritish huquqidan foydalanishda ham
suiis’temolchiliklarga
yo’l qo’yilmasligi kerak. Shuning uchun,
qo’shimcha shartlar (ogovorka, clause) to’g’risida aniq qoidalarni ishlab
chiqish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |