5.5. Shartnoma matnining autentligini belgilash
Matnning autentliligi (haqiqiyligini, muvofiqliligini, ishonchligini
tekshirish)
matnning
ishonchliligi,
to’g’riligini aniqlash, matnni
ishonchligi, asliga muvofiq deb topish jarayoni – matn to’g’ri, yakuniy
holatdaligi va o’zgartirilmaganligi e’tirof etish yordamida amalga
oshiriladi. Bu jarayon o’z ichiga matnning to’g’ri ekanligini tasdiqlovchi
ma’lum bir harakatlarni o’z ichiga oladi.
Agar
matnning
autentifikatsiyasidan
so’ng,
muzokaralar
o’tkazayotgan tomonlar yoki shartnomani imzolovchilar matnda xatolik
bor deb topishsa, u holda matnni mos keluvchi hujjatlar yoki tuzatish
kiritilgan hujjatlarni almashtirish yo’li bilan, avvalgi hato deb topilgan
matnni homaki nusxa sifatida qabul qilib, to’g’rilash mumkin. Va nihoyat,
butun bir shartnoma matni boshdan, yangidan tuzilib avvalgisi qay tartibda
qabul qilingan bo’lsa xuddi shu tartibda yana qabul qilinadi. Agar
89
shartnoma depozitariyga berilgan bo’lsa, oxirgi kiritilgan tuzatish haqida
barcha imzolovchi va kelishayotgan tomonlarni xabardor qiladi. Agar
belgilangan vaqt ichida tomonlar o’z raddiyalarini berishmasa, u holda
depozitariy tuzatish kiritilgan bayonnomani tarqatadi. Shunday amaliyot
BMT Kotibiyatida mavjud.
Oldingi paytda autentifikatsiya shartnomalar tuzishning alohida
bosqichi sifatida kam ahamiyatga ega bo’lardi. Odatda autentifikatsiya
qilish usuli matnni imzolash edi. Shu bilan birga imzolash shartnomani
ratifikatsiya yoki boshqa yo’l bilan so’nggi, yakuniy qabul qilish yo’lidagi
ilk qadam sifatida boshqa bir vazifani ham bajaradi. Bundan tashqari,
imzolash shartnoma majburiyatlariga rozilik bildirish akti ham bo’lishi
mumkin.
Ayni paytda matnning autentligini aniqlashning turli shakllari
vujudga keldi:
- shartnoma matnining diplomatik konferensiyaning yakunlovchi
aktiga kiritilishi bilan;
- xalqaro tashkilotlar doirasida qabul qilingan hujjatlar esa ushbu
xalqaro tashkilotlar mansabdor shaxslari tomonidan imzolanganidan so’ng;
- matn rezolyutsiyaga kiritilishi bilan.
Masalan, Xalqaro mehnat tashkiloti Ustavining 19-moddasiga ko’ra,
XMTning konferensiyasi orqali qabul qilingan konvensiya konferensiya raisi yoki
XMT Bosh direktori tomonidan imzolanadi. U davlatlar tomonidan imzolanmaydi.
Davlatlar o’zlariga shartnoma bo’yicha majburiyatlarni ratifikatsiya qilish orqali
zimmalariga oladilar. Bu turdagi amaliyot shartnomani tuzishda autentlikni
ta’minlashni alohida jarayon sifatida tashkil etishni taqozo etdi. Bundan tashqari,
matn bir tilda qabul qilinishi, shu bilan birga, ikki va undan ortiq tillarda
autentifikatsiya qilinishi mumkin.
Autentifikatsiya jarayoni masalasi muzokara ishrokchilarining
kelishuvi bilan hal etiladi. Agar ishtirokchilar o’zlari bu masalani hal
etishmasa bu holat uchun Vena Konvensiyasi mos keluvchi qoidani
o’rnatgan. Vena Konvensiyasiga asosan shartnoma matni to’g’ri va
yakuniy hisoblanadi agar:
a) matnda ko’zda tutilgan jarayonning qabul qilinishi natijasida yoki
ishtirokchilarning o’zaro kelishuvi bilan tuzilgan bo’lsa;
b) agar bunday jarayon mavjud bo’lmasa u holda imzolash yo’li
bilan, ad referendum imzolash yoki shartnoma matni ishtirokchilari
vakillarining rasmiy ko’zdan kechirib chiqishi bilan, ushbu matnni o’z
ichiga olgan konferensiyaning yakuniy akti bilan o’zaro keshilsa.
Do'stlaringiz bilan baham: |