Parafirlash (initialing - ingliz tilidan olingan bo’lib, initsial, ilk,
boshlang’ich degan ma’nolarni anglatadi) – oldindan homaki imzolash,
uning yordamida shartnoma matnning to’g’ri, ishonchliligi aniqlanadi. Bu
jarayon vakillari tomonidan matnning har bir betiga o’z ismining bosh
harflarini yoki belgilarini qo’yish bilan amalga oshiriladi. Matn so’ngida
imzo bo’lishi kerak bo’lgan joyga belgi qo’yilmaydi. Bunday tartib to’liq
imzolash emasligiga shubhalar qolmasligi uchun qo’llaniladi.
Oldindan imzolashdan so’ng tayinlangan vakillar kelishilgan matnga
faqat ular nomidan ish olib borayotgan hukumat qarori bilan tuzatishlar
kiritishi mumkin. Shunga qaramay oldindan imzolangan shartnomada ham
yaqqol xatolik bo’lishi yoki undagi bir so’z o’rniga boshqasini
almashtirishi zarurati tug’ilgan holatlar ham bo’ladi. Bu holatda tuzatishlar
o’z initsiallarini qo’yadigan vakillar tomonidan kiritiladi.
Parafirlash faqat matnning autentifikatsiyasini amalga oshirish
vositasi hisoblanib, bu aktini ro’yobga chiqarishda yuridik majburiyatlarga
ega emas. Parafirlangan shartnomani imzolashdan alohida bir davlat bosh
tortgan holatlarda shartnoma imzolanmasligiga olib kelgan.
Masalan, 1988 yil iyunda 33 ta davlat Antarktika mineral manbai (resurslaridan)dan foydalanish faoliyatini boshqarish to’g’risidagi Konvensiyani parafirlashdi. 1989 yil iyulda Fransiya va Avstraliya hukumati Konvensiyada ishtirok etmasliklarini e’lon qilishdi. Garchi, Konvensiya rasmiy qabul qilinishiga tayyor bo’lsa ham, bu ikki davlatning rad etishi Konvensiyaning imzolanmasligiga olib keldi. Bir tomonning sababsiz shartnomani qabul qilishni cho’zishi boshqa
bir tomonning parafirlangan shartnomadan voz kechishiga asos bo’la
oladi.
1989 yil martda Hindiston hukumati Savdo sotiq va tranzit to’g’risidagi Nepal bilan tuzgan shartnomasi, 1988 yil sentyabrda parafirlangan va vaqtinchalik joriy etilgan kelishuv. Nepal uni qabul qilishi uchun zaruriy qadamlarni tashlamaganligi tufayli o’z faoliyatini to’xtashini e’lon qildi. Parafirlash nafaqat hujjat matniga, balki kelishuvga kelingan holatda
uning har bir mazmuniga nisbatan ham qo’llanishi mumkin. Bu yo’l bilan
matnni yakuniy tayor holatga keltirish va hujjat matnini qayta ko’rib
chiqishga chek qo’yishga erishilishini nazarda tutadi.
Shartnomani parafirlash uni imzolanishini inkor etmaydi. Faqatgina
ayrim hollarda amaliyotda shartnomani parafirlashning o’zi uning
imzolanish jarayonini amalga oshirilmasdan qo’llangan hollar kuzatilgan.