Халқ таълими ходимлари малакасини ошириш тизимини ислоҳ қилишнинг долзарб



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/143
Sana01.04.2022
Hajmi2,77 Mb.
#522369
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   143
Bog'liq
4hiAMB9GJLCV3ZrOb6UReu8AJW6kuZM4N2T3iGi8

Matematik savodxonlik
shaxsning matematikani turli xil sharoitlarda shakllantirish, 
qo‘llash va sharhlash qobiliyati. U matematik asoslashni, matematik tushunchalarni, usullarni, 
faktlarni va vositalarni tavsiflash, tushuntirish va taxmin qilish uchun ishlatishni o‘'z ichiga 
oladi. Bu odamlar dunyodagi matematikaning rolini tushunishlariga, asosli qarorlar chiqarishiga 
va fuqarolarning konstruktiv, faol va fikrlashi kerak bo'lgan qarorlar qabul qilishlariga yordam 
beradi. Ayni paytda harakatdagi darsliklarimizdagi misol va masalalar bu talabni bajarishga 
mo‘ljallanmagan.
Matematika imtihonlarida o

quvchilar qanday muammolarga duch kelishi mumkin? 
1. Darsliklarda PISA topshiriqlariga o‘xshash masalalarning yo‘qligi yoki kamligi va 
shuning uchun o‘quvchilarda bunday amaliy faoliyatlarni amalga oshirish tajribasining 
yetishmasligi oqibatida ularning natijalari past bo‘lishi mumkin.
2. PISA topshiriqlari odatda uzundan-uzun matnlar yordamida tasvirlanib, ulardagi real 
vaziyat va muammolarni hal qilish usulini tanlash uchun matematikaning qaysi bo`limiga 
murojaat qilish haqida ko`rsatmalar yo‘q. 
3. PISA topshiriqlari (matnli, rasmli, diagramma va jadvallar, real bog‘lanishlar grafiklari) 
turli shakllarda taklif qilinadi. Ularni matematik tilga o‘girish va yechim topilgandan so‘ng uni 
yana real sharoit bilan bog‘lab baholash va sharhlash talab qilinadi. 
4. Odatda matematika darsliklarida standart masalalar beriladi va ular standart usullar 
yordamida yechiladi, ya’ni o`quvchilar muayyan turdagi masalalarni ma’lum algoritmlar asosida 
yechishga o`rgatiladi. 


144 
5. Odatda matematika darsliklaridagi masalalar muayyan bobda beriladi va bu bilan ularni 
yechish usullari ham shu bobda ko‘rilgan usullarga bog‘langan holda beriladi, ya’ni muayyan 
bo‘limining masalalari qanday yechilishi haqida ko‘rsatma beriladi. 
6. Bundan tashqari, darslikdagi masalalar sof matematik masalaning tavsifidan iborat 
bo‘lib, odatda ularning mazmuni hayotdagi real vaziyatlardan ancha uzoqda bo‘ladi. 
Bizning darsliklarda PISA topshiriqlariga o`xshash masalalar juda kam yoki umuman yo‘q. 
Masalalarda ko‘rilayotgan vaziyatni tavsiflovchi juda katta hajmdagi axborot berilib, ularda juda 
ko‘p yangi matnli ma’lumotlarning borligi – masalani tushunish va uni yechishni yana 
og‘irlashtiradi. 
O‘qituvchilar mazkur topshiriqlardan darsning mavzusini mustahkamlash, takrorlash yoki 
hayotiy vaziyatlarda tadbiq qilish bosqichlarida hamda darsdan tashqari to`garak va faklug’atativ 
mashg`ulotlarida foydalanishlari mumkin. Shuni ta’kidlash lozimki, har bir PISA topshirig‘ini 
o‘rganayotgan vaqtda oldin unga oid tayanch bilimlarni faollashtirish, o‘quvchilarni bu 
topshiriqlarni yechishga tayyorlash lozim bo‘ladi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarga nafaqat chuqur nazariy bilim beriladi, 
balki ularda amaliy faoliyatida zarur bo`ladigan ko‘nikma va malakalar ham shakllantiriladi. 
Bundan tashqari ularni amaliy ishlarda yuzaga kelgan masalalarni hal etishda matematik usul va 
vositalardan mustaqil ravishda foydalanishga o‘rgatish ham o‘ta muhim hisoblanadi.
O‘quvchilarni an’anaviy usullarda o‘qitishda bunday vazifalarni amalga oshirish ancha 
mushkul ish. Buni ilmiy-uslubiy jurnallarda e’lon qilinayotgan maqolalar va o‘qitishning yangi 
metodlarini izlab topish borasidagi izlanishlar ham ko‘rsatib turibdi. Chunki an’anaviy 
o‘qitishning mohiyati o‘quvchilarga faqat ma’lumot berishdan iborat. Bunda asosan tushuntirish-
namoyish metodi ustunlik qiladi. Bu hol esa o‘quvchilarga ilgari olgan bilimlaridan kasbiy ta’lim 
fanlarini o‘rganish va ixtisoslikka oid masalalarni yechishda foydalanish, shuningdek, amaliy 
faoliyatida faollik ko‘rsatishlariga katta imkon bermaydi.
Ushbu maqola orqali fan sirlarini o‘rganishlari uchun matematika fani mutaxassislariga 
quyidagi kompetentlik shakllangan bo‘lishi lozim deb o‘ylayman: 
-
o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini tarbiyalash, mustaqil ishlash malakasini hosil qilishga 
yordam beruvchi vosita va metodlardan to‘g‘ri foydalanishni bilishi;
-
fanni o‘zlashtirish uchun tayyor bilimlarni bermasdan, balki fikrlashga undovchi 
muammoli vaziyatlarni yarata olishi;
-
matematikadan 
turli 
mavzularni 
o‘rganishda 
doimo 
aniq 
misollar 
orqali 
ko‘rgazmalilikdan foydalanishni bilishi
-
matematikaning boshqa fanlardan farqli go‘zal jihatlarini mavzuga kirishdan oldin 
topishga va ochishga o‘quvchining tafakkuri orqali tasavvurini shakllanishiga erishishi;
-
o‘quvchilar o‘qituvchining o‘z fani, shu darsining mavzusi bilan astoydil 
shugullanayotganini sezdirishi va o‘ziga ergashtira olishni bilishi; 
-
sinfda e’tiborsizlar va zerikuvchilar bo‘lmasligi, matematikani «quruq va qiziqarlimas»
(ko‘plarga shunday tuyuladi) fandan qiziqarli va jozibali fanga aylantirish uchun har bir darsni 
turli xil metodlardan foydalanib tashkil eta olishni bilishi
-
mavzuni amaliyot, hayot bilan bog‘lash, ko‘plab misollarni tevarak atrofdan izlab topish 
va uni o‘quvchining o‘zi yechishiga erishishi uchun yo‘naltiruvchi savollarni qo‘ya bilishi lozim. 
Matematika tafakkur va tasavvurni rivojlantirib, aqlni tartibga soladi. Uning amaliy tadbiq 
qilinish sohasi juda katta. Siz qaysi fanni o‘rganmang, qaysi oliy o‘quv yurtiga kirmang, qaysi 
sohada ishlamang, agar siz o‘sha yerda iz qoldirishni istasangiz, bu fanni bilishingiz zarur.


145 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish