Халқ таълими ходимлари малакасини ошириш тизимини ислоҳ қилишнинг долзарб


XALQARO TADQIQOTLARDA ISHTIROK ETISHDA ANIQ FANLARNI



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/143
Sana01.04.2022
Hajmi2,77 Mb.
#522369
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   143
Bog'liq
4hiAMB9GJLCV3ZrOb6UReu8AJW6kuZM4N2T3iGi8

XALQARO TADQIQOTLARDA ISHTIROK ETISHDA ANIQ FANLARNI 
O`QITISHDAGI AYRIM MUAMMO VA YECHIMLAR 
 
O.B.Berdieva –
Surxondayo viloyat XTXQTMOHM kafedra mudiri, dotsent 
 
Annotatsiya: 
Maqolada matematika fanini o`qitishda xalq ta’limi tizimidagi islohоtlar 
bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar, xalqaro tadqiqotlarga tayyogarlik ishlari, mavjud 
muammolar va fan mutaxassislarida kompеtentlikni shakllantirish bo`yicha tavsiyalar bayon 
etilgan. 
Kalit so`zlar: PISA, matematik savodxonlik, amaliy ko`nikma, interaktiv mashg`ulot, 
kompetentlik, kasbiy mahorat, tanqidiy fikrlash. 
Hozirgi vaqtda xalq ta’limi tizimida, maktab, o`quv-tarbiya ishi o`z taraqqiyotining 
shunday mas’uliyatli davridaki, endi o`qitish ishini chuqur o`ylab, mohirona tashkil etmay turib 
maktab oldiga qo`yilgan katta vazifani muvaffaqiyatli bajarish qiyin.
Umumiy o`rta ta`lim maktablarining asosiy vazifasidan biri, o`quvchi yoshlarga jamiyat va 
fan-texnika taraqqiyotining hozirgi talablariga javob beradigan umumiy o`rta ma`lumot berish, 
o`quvchilarga fanlarning asoslarini chuqur va mustahkam o`rgatish, ularni o`z bilimlarini 
uzluksiz takomillashtirishga intiladigan va shu bilimlarni mustaqil ravishda to`ldira oladigan 
hamda amalda qo`llay oladigan qilib tarbiyalashdir. 
O‘zbekiston Res’ublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentyabrdagi «2018–2021-yillarda 
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar 
dasturi to‘g‘risida» gi №PQ–3931-son qarorida ta’lim sifatini yaxshilash va innovatsion ta’lim 
texnologiyalarini joriy etish vazifalari belgilangan. Unga ko‘ra ilg‘or jahon tajribasiga tayanib, 
yangi davlat ta’lim standartlari va umumiy o‘rta ta’lim o‘quv dasturlarini, shu jumladan STEAM 
usulini bosqichma-bosqich joriy etish va takomillashtirish ko’zlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 2 mart kuni, xalq 
ta’limi tizimidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Mazkur 
yig‘ilishda aniq fanlarni o‘qitishda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda interaktiv 
mashg‘ulotlarga e’tiborni kuchaytirish kerakligi alohida ta’kidlandi. Umumta`lim maktablarida 
aniq fanlarni o‘qitishga e`tiborni kuchaytirish lozimligi va oliy ta`lim muassasalariga kirish 
imtihonlarida ham matematika fani barcha ta`lim yo‘nalishlarida alohida asosiy fan sifatida 
kiritilishi ham aynan ushbu fanni o‘qitishga alohida e’tibor qatatish lozimligidan dalolat beradi. 
Shunday ekan, bugun ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun fan mutaxassislari qay 
darajada tayyor. Gap shundaki, ta’lim mazmuni qanchalik yangilanmasin yangi dasturlar, 
standartlar yaratilmasin, ularning samaradorligi va qay darajada o‘quv jarayoniga tadbiq etilishi 
asosan o‘qituvchilarning bilimi, malakasi, kasbiy mahorati, ijodkorligi, fidoiyligiga bog‘liq 
bo‘lib qolaveradi. Mamlakatimizda olib borilayotgan ta’lim islohotlari ta’lim sifatini oshirish va 
o‘quvchi yoshlarni kelajakda jamiyatga kerakli kadrlar qilib tayyorlash, o‘quvchilarni ongli kasb 
tanlashga yo‘naltirish – bu maktabning bosh vazifasidir. 


143 
O‘zbekiston 2021 yilda PISA tadqiqotlariga ishtirok etishi ham aynan aniq fanlar bilan 
bog‘liq. PISA muayyan o‘quv dasturlarining ustunligini o‘rganishga, o‘quvchilarning asosiy 
mavzularda bilim va ko‘nikmalarini qo‘llay olish qobiliyati, muammolarni tahlil qilish, sharhlash 
va samarali hal qilish, fikrlash, muloqot qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi. 
O‘quvchilar maktabda o‘rganishi lozim bo‘lgan hamma narsani to‘liq o‘zlashtira olmaydi.
Samarali o‘rganuvchi bo‘lishi uchun nafaqat bilim va ko‘nikmalarni, balki ular qanday hamda 
nima uchun o‘rganilishi haqida habardor bo‘lishi lozim.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilar quyi sinflarda matematika fanini o‘rgana 
boshlaganlarida darsda o‘rgatiladigan dastlabki mavzularga qiziqish ko‘rsatadilar, o‘qituvchining 
savollarini muhokama qilishda faol ishtirok etishadi. Biroq, vaqt o‘tgan sari matematikaga hali 
ham ishtiyoqli bo‘lgan 1-2 tagina o‘quvchi qoladi. O‘qituvchilarning ish uslublarining bir xilligi 
o‘quvchilar orasida qiziqishning pasayishiga olib keladi.
Odatdagi, xususan bizning maktab matematika fani o‘quv dasturlarimiz o‘quv yuklamasi 
juda katta, o‘rganilishi kerak bo‘lgan mavzular juda ko‘p, vaqtimiz esa cheklangan. Buning 
oqibatida bu mavzularni chuqur o‘rganish imkoniyatlari cheklangan. Konseptsiya doirasida, 
o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish malakalari va 
kompetetsiyalarining rivojlanishiga alohida urg‘u berishni hisobga olgan holda, zamonaviy 
innovatsion iqtisodiyot talablariga javob beradigan umumta’lim dasturlari va yangi davlat ta’lim 
standartlarini joriy etish, o‘quvchilarning darajasini baholashda ta’lim sifatini baholash bo‘yicha 
xalqaro PISA, TIMSS, PIRLS va boshqa dasturlarda doimiy ishtirok etish orqali ushbu holatlarni 
tizimga tushunrish nazarda tutilgan. O‘quvchini ijodiy faoliyatga yo‘llash o‘qituvchining 
zimmasiga yuklanar ekan, bunda o‘qituvchilarga yaqindan uslubiy yordam ko`rsatish malaka 
oshirish jarayoni bilan bog‘liqdir. Kurslar davomida o‘qituvchilarga berilayotgan yangiliklar 
aynan mana shu tadbirlar bilan boyitilib borilsa albatta ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin.

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish