23-dars
Mavzu: Ёнма-ён келган бир хил ундошлар 65-67-mashq
Maqsad. A) ta’limiy: Ketma-ket kelgan bir xil undosh harfli so'zlarni to'g'ri o'qish va yozish ko'nikmasini shakllantirish. B) tarbiyaviy: o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
D) rivojlantiruvchi: lug;’at boyligini oshirish.
Darsning borishi.
I. Uy vazifasini tekshirish.
II. So'z ichida ketma-ket kelgan bir xil undoshlarni kuzatish.
1-usul. O'qituvchi o'rganiladigan yangi mavzu nomini va so'z ichida ketma-ket kelgan bir xil undosh harflar yoziladigan ma'lumotni darslikdan o'qishni topshiradi, darsning maqsadini aytadi: «Bugun sizlar so'z ichida ikkita bir xil undosh harf ketma-ket yoziladigan so'zlarni bilib olasiz».
Xattaxtaga yozilgan yoki jadval tarzda tayyorlangan so'zlar ko'rsatilib, topshiriq beriladi:
— So'zlarni o'qing va so'z ichidagi bir xil harfga qarab, uch ustun shaklida yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |