22-dars
Mavzu: yonma-yon kelgan bir xil undoshlar. 62-63-64-mashq
Darsning maqsadi: A) ta’limiy: yonma-yon kelgan bir xil undoshlar haqidagi bilimlarni to'ldirish; bo'g'in ko'chirish qoidasi va so'zlarning imlosini yodda saqlash; B) tarbiyaviy: topishmoqlarni tezkorlik bilan topishga o'rgatish.
Darsning turi: mustahkamlovchi.
Darsning metodi: suhbat-musobaqa.
Darsning jihozi: yonma-yon kelgan bir xil undoshli so'zlar yozilgan jadval.
Darsning borishi:
1. Uy vazifasini tekshirish: 61- mashqning bajarilishi doskada tekshiriladi. O'quvchilar doskaga mashqdagi so'zlarni 3 ustunga bo'lib, belgilangan joyga yozib chiqadilar:
kk mm nn
ikki hammom tonna
xokkey kilogram tennis
murakkab hamma antenna
2. Husnixat mashqlari. Husnixat uchun material. Rr. ruxsat, raftor, raqobat, ramazon, registon, Rim, Rossiya, respublika.
Bular husnixat qoidalariga rioya qilgan holda yoziladi.
3. Darslik bilan ishlash. Topishmoqlar berilgan 61-mashq o'quvchilar bilan birgalikda og'zaki bajariladi. Topishmoqlar va topishmoqda yonma-yon kelgan bir xil undoshli so'zlar bo'g'inga bo'lib aytiladi.
Masalan: op-poq, am-mo, til-la.
4. Saylanma diktant.
Diktant uchun material — sakkiz, jizza, kalta, koptok, hassa, kassa, xirmon, albatta, sado, xokkey.
O'qituvchi so'zlarni aytib turadi. O'quvchilar yonma-yon kelgan bir xil undoshli so'zlarni yozadilar.
5. Dars bilan ishlash. 62- mashq. Mashqdagi yonma-yon kelgan bir xil undoshli so'zlar o'qiladi, talaffuziga ahamiyat beriladi.
Tabarruk, tabassum, alia, mahalla so'zlari bilan gaplar tu-ziladi va shundan 2 tasi doskaga o'quvchilar ishtirokida yoziladi.
Masalan: Onajon, tabarruk yoshingiz qutlug' bo‘lsin! 2003-yil — „Obod mahalla yili“ bo'lgan. Ona allasida qancha-qancha orzu-umidlar bor. Ona farzandiga tabassum ila boqdi.
63- mashqni bajarishdan oldin o'quvchilar 3 guruhga bo'linib, o'zlariga nom tanlaydilar va ustunda berilgan so'zlarda tushirib qoldirilgan harflarni o'rniga qo'yib so'zlarni o'qiydilar va yozadilar. Masalan:
1-guruh 2- guruh 3-guruh
omad ibrat sadoqat
mukammal minnatdor tanaffus
Shundan so'ng guruhlar bir-birlarining ishlarini kuzatib, xato-larini to'g'rilaydilar. Har qaysi guruh navbat bilan so'zlarni o'qiydi. O'qituvchi shu so'zlarning imlosini yodda saqlash lozimligini ta’kidlaydi.
6. O'tilgan mavzuni mustahkamlash.
— Yonma-yon kelgan bir xil undoshli so'zlarning talaffuzi qanday bo'ladi?
— Yonma-yon kelgan bir xil undoshli so'zlarni bo'g'inga ko'chirishdagi holatini tushuntiring.
7. Uyga vazifa: 64- mashq.
Tez aytishlartez va to'g'ri o'qish qoidalari asosida ifodali o'qiladi. Yonma-yon kelgan bir xil undoshli so'zlarni bo'g'inga bo'lib yozish doskada ko'rsatiladi.
8. O'quvchilar faolligi reyting ball sistemasida baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |