H jamolxonov



Download 1,67 Mb.
bet65/240
Sana23.01.2022
Hajmi1,67 Mb.
#402821
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   240
Bog'liq
хозирги озбек адабий тили

Tayanch tushunchalar

Kuchli pozitsiya — fonemaning asosiy ottenkasi saqlanadigan pozitsiya. Kuchsiz pozitsiya — fonemaning asosiy ottenkasi o'zgarishiga olib keladigan pozitsiya.

Intervokal holat — undosh fonemaning ikki unli orasidagi holati. Assimilativ holat - nutq oqimida fonemalar assimilatsiyasiga olib keluvchi vaziyat.

Dissimilativ holat - nutq oqimida fonemalar dissimilatsiyasiga olib keluvchi vaziyat.

Divergent — divergensiya yo‘li bilan bir fonemaning ottenkalaridan o'sib chiqqan yangi fonema.

FONETIK HODISALAR



Adabiyotlar: 10 [67-74],16 [74-88], 27 128-31].

  1. §. Umumiy ma’lumot

Fonemaning nutq oqimida turli ottenkalarda namoyon bo'lishi, bunday ottenkalarning yuzaga kelishida kombinator, pozitsion yoki aralash (kombinator-pozitsion) va b. omillarning ishtiroki borligi yuqorida aytib o'tilgan edi. Fonetik hodisalar ham aslida ana shu omillar mahsuli sifatida sodir bo'ladi. Ulaming asosiy turlari quyidagilardan iborat:

  1. Kombinator omillar ta’sirida sodir bo‘ladigan hodisalar:

  1. Assimilatsiya bir xil kategoriyadagi tovushlarning (mas, undosh bilan undoshning) o'zaro moslashuvidir. Bunday moslashuvning quyidagi turlari bor:

  1. progressiv assimilatsiya - oldingi tovushning kcyingi tovushni o'ziga moslashtirishi: ketdi > ketti (td > tt). ekgan > ekkan kk), qishloqga > qishloqqa (qg > qq) kabi:

  2. regressiv assimilatsiya. Keyingi tovushning oldingi tovushni o'ziga moslashtirishi: tuzsiz > tussiz (zs > ss), birta > bitta (rt > tt) kabi;

  1. to'Hq assimilatsiya. Bunda kuchli va kuchsiz pozitsiyadagi tovushlar bir-biriga aynan moslashadi (ular o'rtasida neytrallashuv sodir bo'ladi): nonvoy > novvoy (nv > w), terakga > terakka (kg > kk) kabi;

  2. to'liqsizassimilatsiya. Bunda kuchli va kuchsiz pozitsiyadagi tovushlar bir-biriga qisman moslashadi: tanbur> tambur (nb > mb), shanba > shamba (nb > mb) kabi. Bu so'zlarda «п» (til-tish undoshi) lab-lab «b»ga taqat artikulatsiya o'rni jihatdan moslashgan (lab-lab «m»ga o'tgan), ammo boshqa belgilari moslashmagan. Qiyos qiling: «m» - sonor, «Ь» - shovqinli; «m» — yumuq fokusli bumn tovushi (nazal tovushi), «Ь» — sof portlovchi kabi;

  3. kontakt assimilatsiya — ketma-ket joylashgan tovushlarning o'zaro moslashuvi (q.: yuqoridagi misollar);

  4. distant assimilatsiya — so'z tarkibida bir-biridan uzoqroqda joylashgan tovushlarning o'zaro moslashuvi: sichqon > chichqon, soch > choch kabi. 72

Ozbek tilida o'zak bilan affiksdagi unlilar assimilatsivasi ham uchraydi. Assimilatsiyaning bu turi singarmonizm (unlilar uyg'unlashuvi) deb ham nomlanadi. Bunda unlilarning uyg'unlashuvi lab garnioniyasi va til garmoniyasi (lingval gamioniya) shaklida namoyon bo'ladi. Masalan: keldi — «е» old qator), «i» (old qator). Bunda o'zak va affikslar tarkibidagi har ikkala unli old qatordir (til garmoniyasi); qoldi — «о» (orqa qator), «i» (orqa qator). Bunda affiksdagi old qator «i» o'zakdagi orqa qator «o»ga moslashgan «i» ning orqa qator ottenkasi yuzaga kelgan (bu ham til garmoniyasi hisoblanadi); lab garmoniyasi ko'proq shevalarda uchraydi: o'g'/im (adabiy tilda) - ulum (qipchoq lahjasi shevalarida), ko'zim (adabiy tilda) - ko'zum (kozym: qipchoq lahjasida) Bunda o'zak va qo'shimchalardagi unlilarning lablanish jihatdan moslashuvi sodir bo'ladi. Hozirgi o'zbek adabiy tilida assimilatsiyaning bu turi deyarli uchramaydi.

Assimilatsiyada fonemaning kombinator ottenkasi yuzaga keladi (o'zgarish tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida bo'lganligi uchun).



  1. Akkomodatsiya — turli kategoriyalardagi tovushlarning, masalan, unli bilan undoshning o'zaro ta'siri tufayli yuzaga keladigan moslashuv. Masalan: kisht «i»ning old qator ottenkasi, u sayoz til orqa «к» undoshiga moslashgan — qish (qbish: «i»ning orqa qator ottenkasi, u chuqurtil orqa «q» undoshiga moslashgan). Ba'zan unli undoshga emas, aksincha, undosh unliga moslashadi. Masalan, lab-tish (labio-dental) «f» undoshi lablashgan «11» unlisi ta’sirida lab-lab «f»ga aylanishi mumkin. Qiyos qiling: faqat («f» - lab-tish), nufuz («f» ~ lab-lab), aft («f» - lab-tish), ufq («f» — lab- lab), saf («f» — lab-tish), tuf («f» — lab-lab) kabi.

O'zaro ta’sirda bo'lgan tovushlarning bir-biriga nisbatan oldin yoki keyin kelishiga ko'ra akkomodatsiya quyidagi ikki turga bo'linadi:

  1. progressiv akkomodatsiya. Bunda oldingi tovush keyingi tovushga ta'sir qiladi: kulmoq so'zida sayoz til orqa «к» undoshi orqa qator «u»ni old qator «у» ga aylantirgani kabi. Qiyos qiling: qul («и» — orqa qator unli) - kul («у» — old qator unli), qo'l («o'» — orqa qator «о» unlisi) — ко‘l («о‘» - old qator «е» unlisi);

  2. regressiv akkomodatsiya. Bunda keyingi tovush oldingi tovushga ta’sir qiladi. Masalan: to ‘k so'zida sayoz til orqa «к» undoshi orqa qator «o'» unlisini old qator «o‘»ga aylantiradi. Assimilatsiyada bo'lganidek, akkomodatsiyada ham fonemaning kombinator ottenkasi yuzaga keladi.

  1. Dissimilatsiya — so'z tarkibidagi bir xil (yoki o'xshash) tovushlardan birining boshqa tovushga ko'chishi: birorta > bimnta (ror > ron), kissa > kista (ss > st) kabi. Bu hodisani assimilatsiyaning aksi deyish mumkin.

Dissimilatsiya hodisasi yo'nalishiga qarab ikki xil bo'ladi:

a) progressiv dissimilatsiya. Bunda keyingi tovush o'zgaradi: zarur > zaril



kabi;

b) regressiv dissimilatsiya. Bunda oldingi tovush o'zgaradi: maqtanmoq > maxtanmoq kabi.



Tovushning o'zgarish darajasiga ko'ra dissimilatsiya yana ikki turga bo'linadi:

  1. to'liq dissimilatsiya. Bunda ikkita bir xil tovushdan biri noo‘xshash tovushga aylanadi: kissa > kista (ss > st) kabi;

  2. toTiqsiz, dissimilatsiya (qisman dissimilatsiya). Bunda tovushning artikulatsion xususiyatlaridan ayrimlarigina o'zgaradi. Masalan, uchta > ushta (ch > sh) kabi: «ch» va «t» undoshlarining ikkalasi ham portlovchi, ammo «toning ta’sirida «ch» sirg'aluvchi «sho ga o'tgan.

Tovushlar o'rtasidagi masofaga nisbatan ham dissimilatsiya ikki xil bo' lad i:

  1. kontakt dissimilatsiya. Bunda yonma-yon turgan tovushlardan biri o'zgaradi: kissa > kista kabi:

  2. distant dissimilatsiya. Bunda dissimilatsiyaga uchrayotgan tovushlar bir-biridan uzoqroqda joylashgan bo'ladi. Masalan: birorta > bironta kabi.


  1. Download 1,67 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish