H jamolxonov



Download 1,67 Mb.
bet177/240
Sana23.01.2022
Hajmi1,67 Mb.
#402821
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   240
Bog'liq
хозирги озбек адабий тили

Professionalizmlar - kasb-hunar leksikasining o'zi.

Terminlar - professional leksikaning ilm-fanga, texnikaga, adabiyot yoki san’atga oid birturi.

Argotizmlar — yashirin ma’noli so'zlar.

Jargonizmlar — yashirin ma'no bilan birga tinglovchini yoki o'zga bir shaxsni kamsitish yoxud uning xislatini bo'rttirib baholash xususiyatiga ega so'zlar.

Vulgarizmlar - haqorat ma’nosida qo'llanadigan so'zlar.

0‘ZBEK TILI LEKSIKASIDA ESKIRISH VA YANGILANISH

JARAYONLARI

Adabiyotlar: 11 [67-73], 27 [ 151-164], 32 [ 106-114|.



Til tizim sifatida uzluksiz harakatda, rivojlanishda bo'lib turadi, bu uning ijtimoiy mohiyatidan kelib chiqadi: til va jamiyat, til va ong, til va tafakkuro'rtasidagi ikki tomonlama aloqadorlik ularning bir-biriga ta’sirini belgilaydi — jamiyatda bo'lib turadigan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, ilmiy- texnikaviy taraqqiyot, iqtisodiy va ma’rifiy sohalardagi islohotlar tilning lug'at boyligida yangi-yangi so'z va atamalarning yuzaga kelishini, ayni paytda ma'lum so'z-leksemalaming eskirib, tarixiy kategoriyaga aylanishini taqozo qiladi. Bu jarayon tilning lug'at boyligida istorizm, arxaizm va neologizm kabi leksik birliklarni yuzaga keltiradi.

  1. §. Leksik istorizmlar

Leksik istorizmlar o'tmish voqeligi bo'lgan narsa-hodisalarning nomlaridir. Masalan: botmon - «O'zbekistonning turli yerlarida turli salmoqqa ega bo'lgan (ikki puddan o‘n bir pudgacha) og'irlik o'lchovi»; chaqirim - «1,06 kilomctrga teng uzunlik o'lchovi»; cho'ri - «qul xotin», «tutqunlikdagi ayol»; mingbosh i - «daha yoki qisliloq oqsoqoli, liokimi»; omoch - «ulovga qo'shib yer haydaydigan metall tishli primitiv yog'och asbob» va b.lar.

Istorizmlar, odatda, uzoq tarixiy jarayonlar davomida yuz beradigan cskirishning mahsuli bo'ladi, ammo ular, ba'zan, qisqa vaqtda paydo bo'lishlari ham mumkin: yaqin o'tmishda (1991- yilgacha) o'zbek tilining faol so'zlari bo'lgan ayrim lekscmalarning (partkom, raykom, gorkom, obkom, kolxoz, sovxoz kabilarning) hozirgi kunda eskirib, istorizmlar qatoriga qo'shilgani buning dalilidir.

Istorizmning muhim belgilaridan biri sluiki. Lining ifoda plani (nomemasi) va maznum plani (sememasi) birga eskiradi, binobarin, Icksema yaxlit holda hozirgi til birligi bo'lmay qoladi.


  1. §. Leksik arxaizmlar

Leksik arxaizmlar — hozirgi paytda mavjud bo'lgan voqelikning cskirgan nomi yoki, aksincha, hozirgi tilda mavjud bo'lgan lcksemaning eskirgan ma’nosi (sememasi). Deniak, eskirish jarayoni Icksemaga yaxlit holda yoki lining bir qismiga (ma’nolaridan biriga) aloqador bo'ladi, shunga ko'ra leksik arxaizm ikki turga bo'linadi.

I. Arxaizm-leksema — hozirgi paytda mavjud bo'lgan voqelikning eskirgan nomi: lab (odam organizmidagi a’zolardan birining hozirgi nomi) - dudoq (shu a’zoning eskirgan nomi, arxaizm-leksema: «Yo'lchining kuchli, erkak nafasini, dudoqlarida uning bo ‘sasiningjonli olovini bir lahza sezdi». O); qassob («mol so'yuvchi» - hozirgi ma’no) - sallox («mol so'yuvchi» nia'nosidagi eskirgan so'z, arxaizm-leksema: «Tikka oldiga borib, devkor salloxlarday shoxidan ushlab «bismillohu ollohu akbar», deb ... ho'g'ziga pichoq tortib yubordim, — dedi Shum bola». G'.G'.); elchixona («bir davlatning boshqa davlatdagi diplomatik vakolatxonasi») — saforat («...diplo- matik vakolatxona» ning eskirgan nomi, arxaizm-leksema); qo'shin («askar», «armiya») - cherik («askar», «arniiya» tushunchalarining eskirgan nomi, arxaizm-leksema: «Andoq qalin cherikka ne ish qila olg'ay edi. So'ngicha qovg'unchi bordi, o'zini daryog'a soldi, g'arq bo'ldi». «Boburnoma»dan;



parol («maxfiy shartli so'z») - o'ron («parol», «maxfiy shartli so‘z» ma'nosidagi arxaizm-leksema: «U1 yurushta ma’hud o'ron alfazi «Toshkand» bila «Sayram» edi. Toshkand desa, Sayram deyilgay, Sayram desa Toshkand». — «Bobumoma»dan) kabi.

  1. Arxaizm-semema - hozirgi tilda mavjud bo'lgan leksemaning eskirgan ma’nosi. Masalan: g'am so‘zi hozirgi o'zbek tilida «qayg'u», «xasrat», «alam», «tashvish», «kulfat» ma'nolarida qo'llanadi, o'tmishda (cski o'zbek tilida) esa bu so'z «ishq», «muhabbat», «sevgi» ma’nolarini ham ifodalagan: «Bir yuzi galgun g ‘amidin yuz tugon ко 'nglumdadur, Xor-xorimning iloji bodan gulgun dengiz.» ~ «Xazoyinul-maoniy»dan. Hozirg'aw so'zining «ishq», «muhabbat» ma’nolari eskirgan bo'lib, arxaizm-semema sanaladi. Bunday holni harf s,o'z\ ma’nolarida ham ko'ramiz. Bu so'z hozirgi o'zbek tilida «alifbodagi grafik belgi» ma'nosini anglatadi, eski o'zbek tilida esa barf so'zining «so'z», «nutq» ma’nolari ham bo'lgan: «Наг halftoning tanimda jon bo'ldi yana, Har lafzi hayoti jovidon bo'ldi yana» - «Xazoyinul- maoniy»dan. «...Ul masal borkim, «On guzarro burd». Aning davlatining va navkarining intiqomida bu harfni aning tiliga teqgri soldi». — «Boburnonia»dan. Harfso'zining ana shu ikki gapdagi ma'nosi hozirgi o'zbek tiliga nisbatan arxaizm-semema hisoblanadi.

Ba'zan so'zning o'zi yoki uning ma’nolaridan biri emas, balki talaffuzi eskiradi, natijada shu so'zning eskirgan talaffuz varianti, demak, leksik- fonetik (yoki fonetik-leksik) arxaizm yuzaga keladi. Qiyos qiling: qo'biz (g'ijjakka o'xshash cholg'u asbobi) - qo'buz (shu asbob nomining eskirgan talaffuz varianti, leksik-fonetik arxaizm: «yana biri Sayid Yusuf o'g'loqchi edi... Mardonalig'i ham bor edi. Qo'buzni yaxshi cholur edi». — «Boburnoma»dan; bugun (payt ravishi) — bukun (shu so'zning eskirgan talaffuz varianti, leksik-fonetik arxaizm: Bukun sendinxabar topa olmaduq. «Holoti Sayyid Hasan Ardasher»dan; Hon («sudraluvchi jonivorning bir turi») yikm (shu jonivor nomining eskirgan talaffuz varianti, leksik- fonetik arxaizm: «Muloyim takallum vahshiylarni ulfat sari boshqarur, fusungar afsun bila yilonni to ‘shukdin chiqarur» «Mahbubul-qulub»dan.

Talaffuzdagi arxaiklashish leksemalardagina emas, balki leksik ma’noga ega bo'lmagan so'zlarda (olmoshiarda, ko'makchilarda) ham uchraydi. Masalan: u, bu, shu, o‘sha (kishilik va ko'rsatish olmoshlarining hozirgi fonetik-orfoepik shakllari) — ul, bul, shut, o'shal, о ‘shut (shu olmoshlarning eskirgan talaffuz variantlari). M i s о 11 a r: Ahli irfon soliki atvori ul, Ma 'rifat bozorining Attori ul («Lisonut-tayr»dan); Bul Rustamdurkim, amirul- mo ‘minin Umar ... Madoying‘a Sad Vaqqosni arab cherikin boshlatib yibarganda... («Tarixi mulki ajam»dan); Janobi o'shal Hodixo'ja eshon, Olur o'zlarin ag'niyon zamon. (Muq.); Fath tolibg'a yetishmas, agar ermas 206



muxlis, Kim o'shulfotihaning lozimasidur ixlos («Xazoyinul-maoniy»dan). Bunday arxaiklashish bilcm ko'makchisida ham kuzatiladi: Xoh tanobingni duchandon c/ilay, Xoh karam birla boshingni silay. (Muq.). Bu gapdagi ЫНа hozirgi bilcm so'zining arxaiklashgan talaffuz variantidir.

  1. §. Arxaiklashish hodisasining grammatik birliklarda uchrashi

Arxaiklashish hodisasi tilning grammatik birliklarida, xususan, affiksal morfemalarda va shu morfemalar ishtirokida shakllangan grammatik formalarda ham uchraydi. Masalan: fe'lning sifatdosh shakllari qadimgi turkiy tilda «-mish» va «-nibish» (Taqrida bolnmsh turk Bilga qag'an. «Tangridan bo'lgan turk Bilga xoqon»), «-duq» va «-diik», «-tuq» va «-tuk» (barduq yerda «borgan yerda», boltuqda — «bo'lganda») morfemalari vositasida yasalganir, hozir csa bu funksiyada, asosan, «-gan» affiksi qo'llanadi: (bo'lgan, borgan kabi), «-duq» va «-dlik», «-tuq» va «-tiik» morfemalari esa grammatik (affiksal) aixaizmga ay la nga n. Ba'zi morfemalar hozirgi tilda bor bo'lsa-da. ularning talaffuzi eskirgan bo'ladi: «Yana bir Mahmud barlos edi. Navandokliq barloslardindur. Sul ton Abusaid Mirzo qoshida ham bek edi. Sul ton Abusaid Mirzog'a Iraq viloyati musaxxar bo'lg'onda Kirmonni Mahmud barlosg'a berib edi...» («.Boburnoma»dan). Bu gapda qo'llangan «-din», «-dur», «-g'a», «-g‘011» morfemalari hozirgi «-dan», «-dir», «-ga», «-gan» morfemalarining eskirgan talaffuz variantlaridir, bunday variantlar tilshunoslikda fonetik-grammatik arxaizmlar deb ham yuritiladi.

  1. §. Leksik arxaizmlarning leksik istorizmlardan farqlari

Leksik arxaizmlarning leksik istorizmlardan farqlari:

  1. Leksik arxaizm hozirgi paytda mavjud bo'lgan narsa-hodisaning eskirgan nomidir. Istorizm esa o'tniish voqeligining nomi. ,

  2. Voqelikning hozir mavjudligi lining eski nomi (leksik arxaizmi) o'rnida yangi nomi bo'lishini taqozo qiladi: yuz (hozirgi nom) — yonoq (arxaizm), tab (hozirgi nom) - dudoq (arxaizm), dushman (hozirgi so'z) — yog'iy (arxaizm), qo'shin (hozirgi so'z) — cherik (arxaizm) kabi. Bu hoi tilning lug'at boyligida sinonimik qatorlarni shakllantiradi.

i:" Bu haqdu qcining: To'ychiboyev B. O'/bck lilining lar;iqqiyol hosqichlnri. — T.: «O'qiliivchi». 1996. 126-b.

Istorizmlar tomonidan nomlangan o'tmish voqeligi hozir yo‘q, binobarin, ulaming (istorizmlarning) hozirgi tilda sinonimlari ham bo'lntaydi.



  1. Leksik arxaizmlarning yuzaga kelishida sinonim so'zlar orasidagi uslubiy inimosabatlar muhim rol o'ynaydi: birining faollashuvi ikkinchisining passivlashuviga, arxaiklashuviga olib keladi. Istorizmlarda esa bunday munosabat bo'lmaydi: voqelikning yo'qolishi shu voqelik nomi bo'lgan so'zning (ieksemaning) lug'atdan butunlay tushib qolishiga sabab bo'lad i.

  1. §. Leksik neologizmlar

Leksik neologizmlar tilda yangi paydo bo'lgan va yangilik bo'yog'ini yo'qotmagan so'zlar: internet, marketing, litsenziya va b.

Har qanday neojogizm dastlab ayrim shaxs nutqida voqe bo'ladi, bunday paytda u individual nutq neologizmi sanaladi. Masalan; «Bek akangko'rinmay qoldi-ku? dedi qesakpolvon labiga sigaret qistirib. Humkalla cho ‘ntagidan chaqqonlik bilan yoqqich olib unga olov tutdi...» (T.M.) Bu gapda yoqqich so'zi ruscha zajigatka so'zining kalkasi tarzida qo'llangan, uni asar muallifi (Tohir Malik) o zi yasagan va o'zi individual nutq neologizmi sifatida birinchi bo'lib ishlatgan. Demak, bu so'z hozircha umumtil neologizmi darajasiga ko'tarilmagan. chunki u nutq ixtiyoridan til ixtiyoriga o'tmagan. Ba’zan ancha ilgari varatilgan individual nutq neologizmilari ham umumnutq ncologizmiga avlanmay qolib ketadi. Buni atoqli yozuvchi Abdulhamid Cho'lpon tomonidan o'z vaqtida yasalgan ozitqiso'zi misolida yaqqol ko'rsa bo'ladi: «...Har bir ona suti og'zidan ketmagan tentak gimnazistni bir «ozitqi» deb bilardi»i:\ Abdulhamid Cho'lpon bu gapdagi ozitqi so'zini achitqi, qiclntqi lipidagi yasalnialur modcliga (qolipiga) suyanib yasagan va uni «yo'ldan ozdiruvchi» (ruscha «soblaznitel») ma’nosida qo'llagan. Bu nutqiy parchada ozitqi so'zining yangi lisoniy-badiiy topildiq sifatida alohida estetik qimmat kasb etganligi shubhasiz, ammo u shu matndan tashqariga, umumtil doirasiga chiqqan emas, demak, umumtil neologizmi holatiga o'tmagan. Bunday holat Oybekning «Nurqidirib» povestidan keltirilgan quyidagi gapda ham kuzatiladi: «... chorrahada, balandlikda qizil sallali, qisqa ishtonli qopqora regulirovshchik-yo'lbon qo'llarini ohangdor o'ynatib, ko'cha harakatini boshqaradi» (22-bet) (individual neologizm — yoMbort, regulirovshchik — yo'lbon).




Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish