Argotizm va jargonizmlar - biror argo yoki jargonga xos leksemalar. Argo va jargonlar biror ijtimoiy gumh yoki toifalarning, masalan, sportchilar, o‘g‘rilar, olibsotarlar, poraxo'rlar va boshqalaming «yasama tili»dir. Shuning uchun argo va jargonlar ijtimoiy diaiektlar deb ham yuritiladi.
ArgotizmlarydshWm ma’no ifodalaydi. Masalan, otarchilar orasida- yakan{«pu\»), ichuvchilar oras\da-novcha («araq»), qizi! («vino») kabi.
Jargonizmiarda yashirin ma’no bilan birga tinglovchini yoki o'zga bir shaxsni kamsitish yoxud lining xislatlarini bo'rttirib baholash ottenkalari ham mavjud boladi. Masalan, talabalar jargonida: r/MW-«topshirilmagan imtihon», «qarz»; jonli so’zlashuvda: >’o‘/^‘r7-«yengil tabiatli», «buzuq» va b.lar.
Argotizm va jargonizmlar, asosan, jonli so'zlashuvda, tor doirada ishlatiladi. Ulardan badiiy asarda obraz va personajlarni tipiklashtirish maqsadida foydalanish hollari ham uchraydi. Masalan: Bu qora yer yutkurning yo‘rg‘a chiqarishini yetti uxlab tushida kirn ko'ribdi. (Hamza. Paranji sirlari.) Gapni aylantirmang. Yog'liq joy. Yakan katta bo'ladi! («Mushtum», 1960, № 2).
Bir maktabda gap mish-mish,
Turg‘ulining dumi bormish.
Xo'sh, bu ajab, qanday dum,
Hech kimda yo‘q-ku bu dum?
Bilsani voqea o'zga,
Mininas qo'lga, ko'zga!
«Ikki» degan oti bor, na o'zi, na zoti bor...
(Q.M.) •
§. Vulgarizmlar
Vulgarizmlar - haqorat ma'nosida qo'llanadigan so'zlar: xunasa, dayus, so'tak, to'nka kabilar. Bunday leksemalar yoki ularning vulgar ma’nolari adabiy til birligi sanalmaydi, ularni qo'llash nutq madaniyatiga xilofdcb qaraladi, ammo badiiy asartilida bunday so'zlardan uslubiy vosita sifatida foydalaniladi. Masalan: Uqizig'ar mashinasini Qoraqamishga qarab uchirdi. (T. M.). Yolg ‘on gapirasan, xunasa, uyida bo ‘Imagansan. Ay von i yo V/ uning (T.M.). Dayus, dayus Vali tog‘a, Mirvali tog'a dayus ... (S.Ahrn.). Hosilboyvachchaga aytib qo 'y: senikini artkuncha, о ‘zinikini eplasin. Kelib- kelib o'shandan panoh izladingmi, e so'tak! (T.M.). Anavi to'nkani nima qiiamiz? — dedi Asadbek, jahlidan tushih ... (T.M.).
Tekshirish savollari va topshiriqlar
Ishlatilish doirasiga ko'ra leksemalar qanday guruhlanadi?
Qanday so'zlarning ishlatilish doirasi chegaralanniaydi?
Qaysi so‘z turkumlarida ishlatilish doirasi chegaralangan leksemalar bor? Ularning turlari?
Dialektiznilar nima? Uning qanday turlari bor?
Dialektizm-so'z va dialektizm-ma'no qanday farqlanadi?
Fonetik dialektizm va leksik-fonetik dialektiznining farqlarini tushun- tiring.
Granimatik dialektizm haqida ma'lumot bering.
Dialektizmlardan uslubiy vosita sifatida foydalaniladimi?
Kasb-hunar leksikasi qanday so'zlarni o‘z ichiga oladi?
Terminlar qoMlanishi chegaralangan leksikaning qaysi turiga kiradi?
Argotizm va jargonizmlar nima? Vulgarizmlar-chi?
Dialektizm, professionalizni, argotizm, jargonizm va vulgarizmlardan nutqning qaysi turlarida uslubiy vositalar sifatida foydalaniladi?
Tayanch tushunchalar
Do'stlaringiz bilan baham: |