Bu haqilu qarang: M.M.Yo'Idoshcv. Cho'lponning badiiv til mahorati («Kccha va kimduz» romani misolida). NDA. - T.: 2000, 12-13- b.
Umumtil neologizmi til hodisasi, individual neologizm esa uslubiy hodisa sanaladi. Leksikologiyada, asosan, umumtil neologizmi o'rganiladi.
Umumtil neologizmi ham nisbiy hodisadir: til taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida neologizm boMgan so'z keyinroq neologizmlik «bo'yog'i»ni yo‘qotib, zamonaviy leksik qatlam birligiga aylanishi mumkin. Masalan, telefon, televizor, trolleybus, radio so'zlari dastlabki paytlarda neologizm bo'lgan, hozir esa ulaming birortasida yangilik bo'yog'i saqlanmagan, demak, bu so'zlar allaqachon neologizmlik holatidan chiqib, qo'llanishi odat tusiga kirgan leksemalarga aylangan. Bunday holat ba’zan qisqa davr ichida ham yuz berishi mumkin: keyingi 5-10 yil ichida o'zbek tili Ieksikasida paydo bo'lgan test, litsey, ball, grant, kontrakt kabi yangi so'zlarda, shuningdek, hokim, tadbirkor, ishbilarmon so'zlarining yangi ma’nolarida «yangilik bo'yog'ini yo'qotish», «odat tusidagi so'zga yoki ma’noga aylanish» sur’ati shu daraja tezlashganki, natijada ularni ko'pchilik qiynalmay anglaydigan va qo'llaydigan bo'lib qolgan. Demak, bu so'zlar neologizmlik holatidan zamonaviy qatlam birligi holatiga o'tib boMgan yoki oMish jarayonini boshidan kechirmoqda.
§. Leksik neologizm turlari
So'zning neologizmlik belgisi leksemagu yaxlit holda yoki uning bir qismiga (mas., ma’nolaridan biriga) aloqador boMadi, shunga ko'ra leksik neologizm quyidagi ikki turga boMinadi:
Neologizm-leksema. Bunda leksema yaxlitligicha neologizm boMadi: devident, internet, faks, interfaks kabi.
Neologizm-semema. Bunda leksemaning o'zi emas. uning ma'nolaridan biri neologizm sanaladi. Bunga ko'k so'zining hozirgi tilda paydo boMgan «dollar» ma’nosini misol qilib ko'rsatish mumkin.
Neologizmning yuzaga kelishi quyidagi omillarga tayanadi:
Jamiyatda yangi voqelik paydo boMadi, bu voqelikni nomlash zarurati esa tilda yangi so'z yoki atamaning yuzaga kelishini taqozo qiladi. Bunda: a) voqelikning nomi boshqa tildan o'zlashtiriladi: komputer, monitoring, slayd kabi; b) voqelikning nomi o'zbek tilining o'zida yasaladi: MDH (mustaqil davlatlar hamdo'stligi) kabi.
Jamiyatda yoki tabiatda mavjud bo'lgan voqelikning nomiga sinonim tarzida yangi so'z yasaladi: eskirtma (arxaizm atamasining yangi yasalgan sinonimi), yangirtma (neologizm atamasining yangi yasalgan sinonimi) kabi.
Neologizm hodisasi frazemalar va grammatik birliklar doirasida ham uchraydi. (Bu haqda tegishli bo'limlarga qaralsin.)
14 — Hozirgi o'zbek adabiy tili 209
Do'stlaringiz bilan baham: |