Tayanch tushunchalar
1.
Monosemiya
– bir ma’nolilik hodisasi.
2.
Polisemiya
– ko’p ma’nolilik hodisasi.
3.
Metafora yo’li bilan ma’noning ko’chirilishi
– predmetlar, hodisalar
o’rtasidagi nisbiy o’xshashlik asosida ma’noning ko’chirilishi.
4.
Vazifadagi o’xshashlik asosida ma’noning ko’chirilishi
– predmetlarning
bajaradigan vazifasidagi o’xshashlik asosida ulardan birining nomini ikkinchisiga
nisbatan qo’llash.
5.
Metonimiya yo’li bilan ma’noning ko’chirilishi
– narsa-hodisalar o’rtasidagi
aloqadorlik asosida ma’noning ko’chirilishi.
6.
Sinekdoxa yo’li bilan ma’noning ko’chirilishi
– butunning nomi bilan
qismning yoki, aksincha, qismning nomi bilan butunning atalishi orqali yuz beradigan
ma’no ko’chirilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |