Tekshirish savollari
1.Lug’atda maqolalarning tashqi tartib asosida joylashtirilishida nimalar hisobga olinadi?
2.Lug’atda maqolalarning ichki tartib asosida joylashtirilishida nimalar hisobga olinadi?
3.Ma’no tartibini qanday tushunasiz?
4.Maqola sxemalari haqida nimalarni bilasiz?
Tayanch tushunchalar
Tashqi tartib – lug’atlarda so’zning (lug’at maqolasining) alifbodagi harflar tartibida joylashtirilishida shu so’z (maqola) boshidagi birinchi harfga asoslanish.
Ichki tartib – lug’atlarda bir xil harf bilan boshlangan so’zlarning (maqola nomlarining) ikkinchi, uchinchi va keyingi harflariga, shu harflarning alifbodagi tartib o’rniga asoslanish.
Ma’no tartibi – omonim yoki polisemantik xarakterdagi so’zlarning (yoki birikmali nomlarning) joylashtirilishida ularning ma’nosiga va tematik guruhlanishiga tayanish prinsiplari.
Do'stlaringiz bilan baham: |