Lug’at maqolalarining tuzilishi – maqola mazmunining avvaldan belgilangan sxemaga (kompozitsion-strukturaviy qolipga) tayanib yoritilishi.
O’zbek lug’atchiligi tarixidan qisqacha ma’lumot
170-§.O’zbek lug’atchiligi tarixi, aslida, eski turkiy til lug’atchiligi va arab tili lug’atchiligi tarixi bilan uzviy bog’liqdir: "Devonu lug’otit turk" (1073-1074-y.), "Muqaddimatul adab" (1137-y.), "Kitob ul-idrok li lisanul atrak" (1312-y.), "Attuhfatuz zakiyatu fil lug’atit turkiya" (XIII asr) kabi asarlar arab tilida va arab tilshunosligi an’analarida yozilgan bo’lsa-da, ularning barchasida qadimgi turkiy til va eski turkiy til lug’ati o’z ifodasini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |