3.Ma’no tartibi omonim yoki polisemantik so’zlarni (yoxud omonim birikmalarni) joylashtirishda ishlatiladi. Bu tartibga ko’proq qomusiy (ensiklopedik) lug’atlarda va shunga yaqin turgan lug’atlar-spravochniklarda duch kelinadi. Chunonchi:
a)Ohangaron – daryo...
Ohangaron- shahar...
Chirchiq-daryo...
Chirchiq-shahar...
I z o h: Ohangaron va Chirchiq so’zlari dastlab daryo nomi bo’lgan, keyinchalik shu daryolar yoqasida yuzaga kelgan shaharlarni atay boshlagan. Bu hol daryo nomini oldin, shahar nomini esa keyin qo’yishga asos bo’lgan;
b) ba’zan bir nom bilan atalgan bir necha ob’ekt yoki predmet o’rtasida yuqoridagi singari bog’lanish bo’lmaydi yoki bunday bog’lanish aniqlanmagan bo’ladi. Bunday paytda ularning xo’jalikda, ilmda, umuman jamiyatda tutgan o’rni, mavqei hisobga olinadi:
Andijon – shahar...
Andijon – Andijon viloyatidagi posyolka
I z o h: Shahar viloyatning ma’muriy, ilmiy va madaniy markazi bo’lganligidan birinchi o’rinda berilgan:
d) shahar nomi bilan kishi nomi bir bo’lganda, kishi nomi oldin beriladi:
Beruniy – xorazmlik buyuk olim. (Q.: Abu Rayhon Beruniy).
Beruniy - Qoraqalpog’istondagi shahar...;
e) ixtirochining nomi o’zi ixtiro qilgan kashfiyot nomidan oldin yoziladi:
Veber Vilgelm Eduard (1804-1891)-nemis fizigi...
Veber Ernst Genrix (1795-1878)-nemis anatomi va fiziologi...
Veber - ...o’lchov birligi. V.E.Veber nomi bilan atalgan;
f) shahar yoki boshqa biror geografik ob’ekt nomi bilan shaxs nomi o’rtasida bog’lanish bo’lmagan taqdirda ham, shaxs nomi oldin yoziladi:
Volta Alessandro (1745-1827)-italyan fizigi...
Volta -G’arbiy Afrikadagi daryo...;
g) o’simlik nomi bilan hayvon nomi bir xil bo’lganda, hayvon nomi oldin qo’yiladi:
Kanna - hayvon...
Kanna - o’simlik...;
h) juft so’zlar bir so’zdek alfavit tartibiga solinadi:
Shonalash
Shonli
Shon-shavkat
Shon-sharaf
Shon-shuhrat;
i) izohli va qomusiy lug’atlarda omonimik xarakterdagi so’zlar yoki so’z birikmalari alohida-alohida maqola nomi sifatida beriladi. Ammo ko’p ma’noli so’zlarning (yoki shunga yaqin bo’lgan ba’zi lug’aviy birliklarning) barcha ma’nolari bir maqola ichida izohlanadi:
Burun (1) – a) odamning burni (to’g’ri ma’noda);
b) choynakning burni (ko’chma ma’noda).
Burun (2) - a) payt ravishi ("ilgari", "avval")
b) ko’makchi so’z
j)maqol va matallarni tematik guruhlarga birlashtirib, so’ng har bir guruhga oid maqollarning o’zini alifbo tartibida joylashtirish prinsipi ham bor. Masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |