166-§.So’z yoki atama ma’nolarining yoritilishiga ko’ra lug’atlar izohli va izohsiz turlarga bo’linadi: so’z yoki terminlarning imlosini, tushunchalarning ruscha-o’zbekcha yoki o’zbekcha-ruscha nomlarini berish bilan cheklangan lug’atlar izohsiz lug’atlar deb, shunday so’z yoki terminlarning ma’nolariga izoh beradigan lug’atlar izohli lug’atlar deb ataladi. Chunonchi: "O’zbek tilining qisqacha imlo lug’ati" (F.Kamolov va Z.Ma’rufov tahriri ostida, 1962), "O’zbek tilining chappa lug’ati" (R.Qo’ng’irov, A.Tixonov, 1968) kabilar izohsiz lug’atlar, "O’zbek tili sinonimlarining izohli lug’ati" (Azim Hojiev, 1974), "O’zbekcha-ruscha lug’at" (Bosh muharrir-prof.A.K.Borovkov, 1959), "O’zbek tilining izohli lug’ati", ikki tomli (1981-y.) kabilar izohli lug’atlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |