162-§. Zamoniylik belgisiga ko’ra frazemalarning turlari.
1.Istorizm-frazemalar o’tmish voqeligiga xos iboralardir: qo’sh qilich bir qinga sig’mas (DLT, I,340), taqdirga tan bermoq kabi. Istorizm-frazemalar tilda juda kamdir.
2.Arxaizm-frazemalar - hozirgi tilda leksik yoki frazeologik sinonimi bor bo’lgan eskirgan frazemalar. Masalan: tengri rahmatig’a bormoq (arxaizm-frazema) – dunyodan o’tmoq, vafot etmoq, ko’z yummoq, o’lmoq (yuqoridagi arxaizm-frazemaning hozirgi tilda qo’llanayotgan sinonimlari); daqyonusdan qolgan, varianti: doqiyunusdan qolgan (arxaizm-frazema)- almisoqdan qolgan, eski, qadimgi (yuqoridagi arxaizm-frazemaning hozirgi tilda qo’llanayotgan sinonimlari) kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |