H. A. Jamolxonov hozirgi o‘zbek adabiy tili


-§. Emotsional-ekspressiv bo’yoqdor so’zlarning nutqda qo’llanishi



Download 1,41 Mb.
bet194/271
Sana31.01.2022
Hajmi1,41 Mb.
#420091
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   271
Bog'liq
Жамолхонов HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI

145-§. Emotsional-ekspressiv bo’yoqdor so’zlarning nutqda qo’llanishi. Uslubiy bo’yog’i bor bo’lgan so’zlardan nutqda his-tuyg’ularni, so’zlovchining voqelikka nisbatan salbiy yoki ijobiy munosabatini ifodalash maqsadida foydalaniladi. Masalan: Mamlakat bizlarga ishonsin! Biz shalvirab ishni xurjun qilaylik!.. (Uyg’.). Tursang-chi, muncha shalpayasan! (H.SH.). Bu misollarda bo’shashmoq leksemasi o’rnida shalviramoq va shalpaymoq so’zlari qo’llangan va shu so’zlarning mazmun planidagi uslubiy bo’yoqlar ("kinoya", "mazax", "kesatiq" semalari) hisobiga nutqda ekspressivlik ta’minlangan.
Nutqda ekspressivlikning ifodalanishi quyidagi usullarga tayanadi:
1. L e k s i k u s u l. Bunda uslubiy bo’yog’i bor bo’lgan so’z nutqqa kiritiladi (yuqoridagi misollar).
2. K o n t e k s t u a l u s u l. Bunda uslubiy bo’yog’i yo’q bo’lgan so’z ma’lum kontekst yoki nutqiy muhit ta’sirida uslubiy buyoqdor so’zga aylantiriladi. (bu haqda "Ifoda semalari" bahsiga qarang).
3. A f f i k s a ts i ya u s u l i. Bunda betaraf ma’noli so’zlarga sub’yektiv baho ifodalovchi affiksal morfemalar qo’shiladi. (Bu haqda ham "Ifoda semalari" bahsiga qarang).
4. F o n e t i k u s u l. Bunda so’z tarkibidagi undoshlardan biri qavatlantiriladi (geminatsiya), unlilar cho’ziladi, urg’uning o’rni o’zgartiriladi, shular hisobiga ekspressivlik ta’minlanadi. M i s o l l a r: Ishqilib, Zamira bechora uyatga chidayolmay ketib qolgan. Yashshamagurlar... (P.Q.). Akam bechora go’shangada ko’rib, xayro-o-o-on bo’lib qolganlar. (Mirm.).
5. S o’ z n i m e t a f o r i k q o’ l l a sh u s u l i. Bunda ko’p ma’noli so’zning metaforaga asoslangan majoziy (hosila) ma’nosidan uslubiy figura sifatida foydalaniladi: Muhtaram qayin otamizga! Siz bilan meni qorong’i zindonlarga tushirib, dor ostlarigacha tortgan... Homid ismli bir to’ng’izni, nihoyat ikki yillik sargardonlik so’ngida, yordamchilari bilan tuproqqa qorishtirishga muvaffaq bo’ldim. (A.Qod.). Bu gapda to’ng’iz so’zi ko’chma ma’noda Homidga nisbatan qo’llangan, shu bilan Otabekning bu shaxsga nisbatan salbiy his-tuyg’usi, nafrati ifodalagan. Yana: Mamajon lochin yigit, Serharakat, betinim. (Q.M.). Bu gapda lochin so’zi o’z ma’nosida emas, ko’chma ma’noda- yigitning epchilligini, chaqqon va jasurligini baholash maqsadida qo’llangan.



Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish