H. A. Jamolxonov hozirgi o‘zbek adabiy tili



Download 1,41 Mb.
bet190/271
Sana31.01.2022
Hajmi1,41 Mb.
#420091
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   271
Bog'liq
Жамолхонов HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI

142-§. Leksik neologizmlar tilda yangi paydo bo’lgan va yangilik bo’yog’ini yo’qotmagan so’zlar: internet, marketing, litsenziya va b.
Har qanday neologizm dastlab ayrim shaxs nutqida voqe bo’ladi, bunday paytda u individual nutq neologizmi sanaladi. Masalan; «Bek akang ko’rinmay qoldi-ku? dedi qesakpolvon labiga sigaret qistirib. Humkalla cho’ntagidan chaqqonlik bilan yoqqich olib unga olov tutdi...» (T.M.) Bu gapda yoqqich so’zi ruscha zajigalka so’zining kalkasi tarzida qo’llangan, uni asar muallifi (Tohir Malik) o’zi yasagan va o’zi individual nutq neologizmi sifatida birinchi bo’lib ishlatgan. Demak, bu so’z hozircha umumtil neologizmi darajasiga ko’tarilmagan, chunki u nutq ixtiyoridan til ixtiyoriga o’tmagan. Ba’zan ancha ilgari yaratilgan individual nutq neologizmilari ham umumnutq neologizmiga aylanmay qolib ketadi. Buni atoqli yozuvchi Abdulhamid Cho’lpon tomonidan o’z vaqtida yasalgan ozitqi so’zi misolida yaqqol ko’rsa bo’ladi: «...Har bir ona suti og’zidan ketmagan tentak gimnazistni bir «ozitqi» deb bilardi».127 Abdulhamid Cho’lpon bu gapdagi ozitqi so’zini achitqi, qichitqi tipidagi yasalmalar modeliga (qolipiga) suyanib yasagan va uni «yo’ldan ozdiruvchi» (ruscha «soblaznitel») ma’nosida qo’llagan. Bu nutqiy parchada ozitqi so’zining yangi lisoniy-badiiy topildiq sifatida alohida estetik qimmat kasb etganligi shubhasiz, ammo u shu matndan tashqariga, umumtil doirasiga chiqqan emas, demak, umumtil neologizmi holatiga o’tmagan.Bunday holat Oybekning «Nur qidirib» povestidan keltirilgan quyidagi gapda ham kuzatiladi: «... chorrahada, balandlikda qizil sallali, qisqa ishtonli qopqora regulirovshchik-yo’lbon qo’llarini ohangdor o’ynatib, ko’cha harakatini boshqaradi».(22-bet)(individual neologizm – yo’lbon, regulirovshchik-yo’lbon)
Umumtil neologizmi til hodisasi, individual neologizm esa uslubiy hodisa sanaladi. Leksikologiyada, asosan, umumtil neologizmi o’rganiladi.
Umumtil neologizmi ham nisbiy hodisadir: til taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida neologizm bo’lgan so’z keyinroq neologizmlik «bo’yog’i»ni yo’qotib, zamonaviy leksik qatlam birligiga aylanishi mumkin. Masalan, telefon, televizor, trolleybus, radio so’zlari dastlabki paytlarda neologizm bo’lgan, hozir esa ularning birortasida yangilik bo’yog’i saqlanmagan, demak, bu so’zlar allaqachon neologizmlik holatidan chiqib, qo’llanishi odat tusiga kirgan leksemalarga aylangan. Bunday holat ba’zan qisqa davr ichida ham yuz berishi mumkin: keyingi 5-10 yil ichida o’zbek tili leksikasida paydo bo’lgan test, litsey, ball, grant, kontrakt kabi yangi so’zlarda, shuningdek, hokim, tadbirkor, ishbilarmon so’zlarining yangi ma’nolarida «yangilik bo’yog’ini yo’qotish», «odat tusidagi so’zga yoki ma’noga aylanish» sur’ati shu daraja tezlashganki, natijada ularni ko’pchilik qiynalmay anglaydigan va qo’llaydigan bo’lib qolgan. Demak, bu so’zlar neologizmlik holatidan zamonaviy qatlam birligi holatiga o’tib bo’lgan yoki o’tish jarayonini boshidan kechirmoqda.

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish