H. A. Jamolxonov hozirgi o‘zbek adabiy tili



Download 1,41 Mb.
bet202/271
Sana31.01.2022
Hajmi1,41 Mb.
#420091
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   271
Bog'liq
Жамолхонов HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI

Frazeologiya
Frazeologiya haqida umumiy ma’lumot


Adabiyotlar: 11[78-81],27[55-61,74-79],32[82-88],110[3-5]
150-§. Frazeologiya tilshunoslikning bir bo’limi bo’lib, u tilning lug’at tarkibidagi frazemalar haqida ma’lumot beradi.
Frazema ko’chma ma’noli turg’un konstruksiyadir. Masalan, zo’raymoq (leksema)-avj olmoq (frazema), qiynalmoq (leksema)-azob chekmoq (frazema) kabi. Demak, frazema ham leksema kabi lug’aviy birlik sanaladi, ammo o’zining ifoda va mazmun planlaridagi qator belgilari bilan leksemadan farqlanadi.
151-§. Frazemaning ifoda plani deganda uning tovush tomoni, leksik tarkibi, birikmaga yoki gapga teng konstruksiyasi nazarda tutiladi. Masalan: ko’nglini olmoq (birikmaga teng), ko’zlari qinidan chiqib ketdi (gapga teng), boshi qotdi (gapga teng), ensasi qotdi (gapga teng) kabi. Frazemalar orasida qo’shma gapga teng qurilishli turg’un konstruksiyalar ham uchraydi: "g’or yog’ib, izlar bosildi" kabi.
Frazemalar tarkibidagi so’zlarning bog’lanishi erkin birikma yoki gap tarkibidagi so’zlarning bog’lanishidan farq qilmaydi: ularning barchasida so’zlar tobelanish asosida bog’lanadi, biroq: a) erkin birikmadagi yoki gapdagi bog’lanish nutq jarayonida, nutq bilan bir paytda sodir bo’ladi; frazemadagi bog’lanish esa nutq paytidan ancha avval yuzaga kelib, turg’unlashib qoladi, inson xotirasida va tilda yaxlitligicha saqlanadi; b) erkin birikmadagi yoki gapdagi so’zlarni so’zlovchi o’z ixtiyori bilan almashtira oladi: "keng ko’cha" birikmasi o’rnida "tor ko’cha" birikmasini, "men o’qiyman" gapi o’rnida "men ishlayman" gapini qo’llashi mumkin, ammo "yulduzni benarvon urmoq" birikmasi o’rnida "yulduzni narvonsiz urmoq", "yulduzni shotisiz urmoq", "yulduzni beshoti urmoq" birikmalari qo’llanmaydi.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, har qanday turg’un birikma frazema bo’lavermaydi. Masalan, Birlashgan Milllatlar Tashkiloti birikmasi turg’un konstruksiyadir, ammo to’g’ri ma’noli turg’un konstruktsiya bo’lganligidan frazema hisoblanmaydi. Frazema yaxlit holda ko’chma ma’no ifodalashi shart.
Frazemalarning ifoda planida leksemalardan tashqari, yordamchi so’zlar (ko’makchilar) va turli forma yasovchi morfemalar qatnashishi mumkin. Masalan, ochiq yuz bilan (bu frazemaning ifoda planida "bilan" ko’makchisi qatnashgan), dam olmoq (bu frazemaning ifoda planida "-moq" morfemasi ishtirok etgan). Keltirilgan misollarda ko’makchi va affiksal morfema frazemalarning doimiy belgilari hisoblanadi, chunki ular shu frazemalarning ichki grammatik qurilishiga mansubdir, ammo dam oldim, dam olgin, dam olsin kabi bog’lanishlarda qo’llangan "-di+m", "-gin", "-sin" morfemalari (zamon, shaxs-son, mayl ko’rsatkichlari) shu frazemalarning ifoda planiga kirmaydi, chunki bu morfemalar nutq talabiga ko’ra qo’shiladi.

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish