H. A. Jamolxonov hozirgi o‘zbek adabiy tili


-§. Frazemalarning ma’no munosabatiga ko’ra turlari



Download 1,41 Mb.
bet210/271
Sana31.01.2022
Hajmi1,41 Mb.
#420091
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   271
Bog'liq
Жамолхонов HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI

158-§. Frazemalarning ma’no munosabatiga ko’ra turlari. Bunday munosabat asosida frazeologik sinonimiya va frazeologik antonimiya hodisalari yuzaga keladi.
I.Frazeologik sinonimiya bir necha frazemaning bitta frazeologik ma’no atrofida birlashishidir. Masalan: 1) pixini yorgan – «ayyor», 2) ilonning yog’ini yalagan – «ayyor» kabi. Yana: 1) yer bilan osmoncha – «Juda katta farq», 2) ot bilan tuyacha – «Juda katta farq» kabi.
Leksik sinonimiyada bo’lganidek, frazeologik sinonimiyada ham sinonimik qatorlar yuzaga keladi: birinchi misoldagi pixini yorgan va ilonning yog’ini yalagan frazemalari «ayyor» ma’nosi bilan bitta sinonimik qatorni; ikkinchi misoldagi yer bilan osmoncha va ot bilan tuyacha frazemalari esa «juda katta farq» ma’nosi bilan bir sinonimik qatorni hosil qilmoqda.
Frazeologik sinonimlarda uslubiy bo’yoq, odatda, bo’rtib turadi. Aslida, frazeologik birliklar (frazemalar) xuddi shu maqsadda – voqelikni nomlashda uni o’tkir baholab berish uchun, shu voqelikka ijobiy yoki salbiy munosabat ifodalash uchun yaratiladi, shuning uchun ular nutqning ta’sirchan, obrazli bo’lishini ta’minlovchi muhim uslubiy vosita sanaladi. Misollar: 1. Bunga Botirning achchig’i keldi, buni Bo’ston sezdi (S.N.). 2) Keyingi nasihatomuz gapi qonini qaynatib yubordi. (S. An.).
Frazeologik sinonimiya hodisasi ko’proq har bir tilning o’z frazemalari doirasida uchraydi: Qilidan quyrug’igacha. – Ipidan ignasigacha; Quvonchi olamga sig’maydi. – Sevinchi ichiga sig’maydi kabi. Boshqa tildan frazema o’zlashtirish juda passiv bo’lganligidan, o’zlashma iboralarning frazeologik sinonimiya doirasiga tortilishi juda kam uchraydi.
Frazeologik sinonimiya hodisasini frazeologik variatsiyadan farqlash kerak: frazeologik sinonimiyada bir necha frazema bir ma’no atrofida birlashadi, demak, bitta sinonimik qatorni hosil qiladi; frazeologik variatsiyada esa bitta frazemaning ichki ko’rinishlari nazarda tutiladi, bunday ko’rinishlar sinonimik qator hosil qilmaydi. Masalan: 1) ko’zini yummoq; 2) bandalikni bajo keltirmoq; 3) jon bermoq. Bu uch frazema bitta ma’noni – «vafot etmoq» ni bildiradi, shunga ko’ra bitta sinonimik qatorga birlashadi. Qo’lini bigiz qilmoq va barmog’ini bigiz qilmoq qo’shilmalari esa ikkita frazema emas: ular bitta frazemaning ikkita ko’rinishi, xolos. Bu frazema tarkibidagi "qo’l" va "barmoq" so’zlari o’rtasida sinekdoxa yo’li bilan ma’no ko’chishi (butun va qism munosabati) bor, bu hol "qo’l" so’zi o’rnida "barmoq" so’zining qo’llanishiga yo’l ochgan, ammo bir frazema o’rnida butunlay boshqa frazema yuzaga kelmagan, shunga ko’ra ular bitta frazemaning ichki ko’rinishlari – variatsiyalari sanaladi. Demak, variatsiyalar bir obrazga asoslanadi. Yana misollar: Kiprik qoqmaslik.- Mijja qoqmaslik (bir frazemaning ikki varianti, chunki "kiprik" va "mijja" so’zlarida bitta obraz mujassam).
Ba’zan leksema bilan frazema bir sinonimik qatorga birlashadi: qaramoq (leksema) – ko’z qirini tashlamoq (frazema), xursand (leksema) – boshi osmonda (frazema) kabi. Bular leksik-frazeologik sinonimlardir. Leksik-frazeologik sinonimlar qatorida leksema dominanta sanaladi. Demak, lug’aviy sinonimlar uch xil bo’ladi:1) leksik sinonimlar (sinonimik qatorda faqat so’zlar birlashadi); 2) frazeologik sinonimlar (sinonimik qatorda faqat frazemalar birlashadi); 3) leksik-frazeologik sinonimlar (sinonimik qatorda so’z va frazemalar birlashadi).

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish