H. A. Jamolxonov hozirgi o‘zbek adabiy tili


-§. Frazemalarning semantik turlari



Download 1,41 Mb.
bet207/271
Sana31.01.2022
Hajmi1,41 Mb.
#420091
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   271
Bog'liq
Жамолхонов HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI

156-§. Frazemalarning semantik turlari. Frazema ma’nosi bilan uning tarkibida qo’llangan leksemalar ma’nosi o’rtasidagi munosabat asosida frazemaning ikki semantik turi farqlanadi:
1. F r a z e o l o g i k b u t u n l i k. Bunday frazemaning umumlashgan ko’chma ma’nosi frazema tarkibidagi leksemalar ma’nosi bilan izohlanadi. Masalan, tepa sochi tikka bo’lmoq frazemasi yaxlit holda "g’azablanmoq" ma’nosini –umumlashgan ko’chma ma’noni anglatadi. Bunday ko’chma ma’noga esa kishi darg’azab bo’lganida uning badanidagi tuklarning sezilar-sezilmas harakatga kelishi (psixo-fiziologik holat) asos bo’lgan, demak, frazemaning ko’chma ma’nosini frazema tarkibidagi so’zlarning o’z ma’nolari bilan izohlash mumkin. Ya n a: Ona suti og’zida frazemasi yaxlit holda "hali yosh", "tajribasiz" ma’nosini anglatadi, bunday ko’chma ma’noni esa frazema tarkibidagi so’zlar ma’nosi bilan izohlash mumkin: "Mahmadona, shumsan-da. Ona suting og’zingda-yu, soqolimning oqiga qaramay aql o’rgataman deysan". (O.)
2. F r a z e o l o g i k ch a t i sh m a. Bunday frazema ifodalagan ko’chma ma’no frazema tarkibidagi so’zlar anglatgan leksik ma’nolar bilan izohlanmaydi. Masalan, ikki qo’lini burniga tiqib frazemasi "quruqdan quruq, evaziga hech narsa olmay" ma’nosini ifodalaydi, bu ma’noni frazema tarkibidagi so’zlarning ma’nolari bilan izohlab bo’lmaydi: "Kelmagandan keyin, domlaga "ozodlik" olib kelish kerak-da. Bu bo’lsa shumshayib, ikki qo’lini burniga tiqib keldi". (P.T.) "...Senga ish yo’q!"-deb, bizni quvib yubordi. Katta o’g’lim bilan ikki qo’limizni burnimizga suqib o’z uyimizga bordik". (S.A.)
Frazeologik butunlik bilan frazeologik chatishma orasida ma’lum umumiylik va tafovutlar bor. Ularni quyidagicha izohlash mumkin:
Umumiylik: 1) ikkalasi ham turg’un konstruksiya sanaladi; 2) ikkalasida ham umumlashgan yaxlit bir ma’no (ko’chma ma’no) ifodalanadi; 3) ikkalasida ham uslubiy bo’yoq (uslubiy sema) bo’ladi, chunki frazemalarning barchasi voqelikni nomlash bilan cheklanmaydi, uni baholash xususiyatiga ham ega; 4) ikkalasi ham nutqda yaxlit holda bitta sintaktik vazifada qo’llanadi.
Farqlari: 1) Frazeologik butunlik tarkibidagi so’zlarning ma’nolari frazemaning ko’chma ma’nosini izohlaydi. Frazeologik chatishmada esa so’zlar ma’nosi bilan frazema ma’nosi (frazeologik ma’no) o’rtasida bunday aloqa yo’q; 2) frazeologik butunlikning ma’nosida ichki obraz saqlanadi: tarkibidagi so’zlarga xos ma’nolar sezilib turganligidan frazemaning ma’nosi ko’p qirrali, boy bo’ladi. Frazeologik chatishma ma’nosining gavdalanishida esa frazema tarkibidagi so’zlarning ma’nolari ishtirok etmaydi, shuning uchun unda ichki obraz so’nggan bo’ladi.



Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish