H. A. Jamolxonov hozirgi o‘zbek adabiy tili



Download 1,41 Mb.
bet102/271
Sana31.01.2022
Hajmi1,41 Mb.
#420091
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   271
Bog'liq
Жамолхонов HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI

Nutq intensivligi – talaffuzning kuchli yoki kuchsiz bo’lishi.
Nutq tembri - nutq oqimida asosiy ton va qo’shimcha tonlar nisbatidan kelib chiqadigan tovush bo’yoqdorligi.
Pauza – nutq oqimidagi ayrim to’xtalishlar.
Tugallangan intonatsiya – gapga xos intonatsiya.
Tugallanmagan intonatsiya – so’z birikmasiga xos intonatsiya.
Darak intonatsiyasi – tinch ohang.
So’roq intonatsiyasi – ko’tariluvchi ohang.
Undov intonatsiyasi – emotsional gaplarga xos intonatsiya.
Chaqiruv yoki undash intonatsiyasi – undalmalarga, vokativ va buyruq gaplarga xos intonatsiya.
Sanash intonatsiyasi – uyushiq bo’laklarni bog’lash vazifasini bajaruvchi intonatsiya.


Grafika va orfografiya
Grafika

Adabiyotlar: 9[4-19],10[88-100], 25[6-11],52[72-75].


52-§.Grafika muayyan tilning fonetik-fonologik, leksik-semantik va morfologik birliklarini yozuvda ifodalash uchun shakllantirilgan optik-grafik belgilar tizimidir. Bu tizim belgilarining har biri grafik tilshunoslikda grafemalar sanaladi.44 Yozuvning tovush tili bilan aloqasi, odatda, ana shu grafemalar vositasida amalga oshiriladi.
Grafema ifoda va mazmun planlariga ega bo’lgan bilateral (ikki tomonli) belgidir. Uni quyidagi chizmalar shaklida tavsiflash mumkin:
1)ifoda plani- J harfining bosma va
y ozma shakllari (optik-grafik tasviri)
J(grafema)
2)mazmun plani- sirg’aluvchi "j" (jur-
nal so’zidagi) va qorishiq "dj" (juda
so’zidagi) fonemalari.

1)ifoda plani-so’roq (?) belgisining


optik-grafik tasviri.
? (grafema)
2)mazmun plani-so’roq ohangi (intonema, prosodema).
1)ifoda plani-5 raqamining optik-
grafik tasviri.
5 (grafema)
2)mazmun plani-"olti" bilan "to’rt"
orasidagi miqdor tushunchasi.

Yuqorida keltirilgan grafemalardan birinchisi (J grafemasi) alifbodagi harfga, ikkinchisi (? grafemasi) tinish belgisiga, uchinchisi (5 grafemasi)esa raqamga asoslanadi, shunga ko’ra birinchi tip grafemalar harfiy belgilar guruhini, ikkinchi va uchinchi tip grafemalar esa noharfiy belgilar guruhini tashkil etadi. Muayyan til yozuvining grafik tizimi ana shunday belgilar majmuidan tarkib topadi.


Shuni alohida ta’kidlash kerakki, grafema yozuv birligi, fonema, intonema, aksentema va leksemalar esa til birliklaridir. Binobarin, grafema bilan fonema, intonema yoki leksema o’rtasidagi aloqa to’ppa-to’g’ri (tabiiy holda) bo’lishi mumkin emas, bunga tovush tilining fizik-akustik asosga, yozuvning esa optik-grafik asosga tayanganligi yo’l qo’ymaydi. Shuning uchun grafema bilan fonema, intonema va leksema o’rtasidagi aloqa kodlashtirish orqali ta’minlanadi: har bir grafemaning mazmun plani oldindan (grafik tizim shakllantirilgan paytda) kodlashtirib qo’yiladi.
Grafemalarning yozuvdagi lingvistik-funksional xususiyatlarini reallashtirishda ularning differensial belgilari (shakli yoki tasviridagi tafovutlar) muhim rol o’ynaydi: bu jihatdan grafemalar tovush tilidagi fonemalarga o’xshaydi, chunki fonemalar ham, ma’lumki, differensial belgilar tufayli fonologik jihatdan relevant xarakterdagi oppozitsiyalarni hosil qiladi, farqi shundaki, fonemalarning differensial belgilari akustik-artikulatsion faktorlarga tayanadi, grafemalarning differensial belgilari esa optik-grafik omillarga asoslanadi. Masalan, gul va kul so’zlarining ma’nolarini farqlashda "g" va "k" fonemalaridan birinchisining jarangli, ikkinchisining esa jarangsiz bo’lishi (akustik tavofuti) tovush tili uchun qanchalik ahamiyatli bo’lsa, shu tovushlarni yozuvda ifodalovchi g va k grafemalarining shakliy tafovutlari (optik-grafik tasviri) tilning yozma formasi uchun shunchalik ahamiyatlidir.
Grafemalar o’zlarining tildagi muqobili (kodlashtirilgan referenti) va yozuvdagi vazifalariga ko’ra fonografema, prosodemografema, logografema, orfografik belgi va signalizator kabi tiplarga bo’linadi.



Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish