H. A. Jamolxonov hozirgi o‘zbek adabiy tili



Download 1,41 Mb.
bet105/271
Sana31.01.2022
Hajmi1,41 Mb.
#420091
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   271
Bog'liq
Жамолхонов HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI

55-§. Logografemalar (logogrammalar). Grafemalarning bu tipi tushunchalarni yoki tushuncha nomi bo’lgan so’zlarni yozuvda ifodalashga asoslanadi. Bunday belgilar aslida ideografik (semasiografik) yozuv tipiga mansub birliklar sanaladi, ammo ulardan fonografik yozuv tarkibida ham foydalaniladi. Yozuv tizimining murakkab optik-grafik sistema ekanligi ham shundan.
Rus grafikasi asosidagi o’zbek yozuvida logografemalarning quyidagi turlari ishlatiladi:
Raqamlar - son turkumiga mansub so’zlarning ma’nolarini ifodalovchi logografemalar. Ular o’z navbatida ikki turga bo’linadi:
a) g’arbiy arab (g’ubor) raqamlari: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 20, 100, 1000, 100000, 1000000, 1000000000 kabi.
Arab raqamlari aslida Hindistonda (5-asrga yaqin) kashf etilgan bo’lsa-da, Arabistonga buyuk o’zbek olimi Muhammad Xorazmiyning arab tilida yozilgan "Arifmetika" asari orqali kirib kelgan, bu asar lotin tiliga tarjima qilinib, Yevropaga (10-asrda Ispaniyaga, 12-asrda Yevropadagi boshqa mamlakatlarga) tarqalgan. Demak, Hindistonda yuzaga kelgan yuqoridagi raqamlarning "arab raqamlari" nomi bilan ommalashib ketishida hamyurtimiz Muhammad Xorazmiyning ulkan xizmati bor;
b) rim raqamlari - qadimgi rimliklar ishlatgan raqamlar bo’lib, ular quyidagi belgilardan tarkib topgan: I (bir),Y (besh), X (o’n), L (ellik), S (yuz), D (besh yuz), M (ming). Qolgan raqamlar shu belgilar kombinatsiyasiga asoslanadi: I(1), II(2), III(3), IV(4), V(5), VI(6), VII(7), VIII(8), IX(9), X(10), XI(11), XII(12), XIII(13), XIV(14), XV(15), XVI(16), XVII(17), XVIII(18), XIX(19), XX(20), XXX(30) XL(40), L(50), LX (60), LXX(70), LXXX(80), XC(90), C(100), CD(400), D(500), DC(600), CM(900), M (1000), MC(1100), MD(1500) va boshqalar.
Rim raqamlari miloddan oldingi 500-yillarda etrusklar tomonidan kashf qilingan.
Simvollar - ilm-fanning ma’lum sohalarida qabul qilingan maxsus ideografik belgilar: a) matematik simvollar -  (ildiz), - (oluv), +(qo’shuv), x(ko’paytiruv), : (bo’luv), X(iks), X2 (iks kvadrat),(davriylik, uzluksizlik), >(katta), <(kichik) va boshqalar; b) astronomik simvollar –  (Quyosh), С(Oy), O(Mars), O (Merkuriy), Ч (Yupiter), O (Venera, Zuhra) h (Saturn) va boshqalar; d) kimyoviy simvollar – O (oltin), С (kumush), O (mis), b (qo’rg’oshin), O (simob), O (temir) va boshqalar; e) botanik simvollar – A (androtsey., changchilar), O (bir yillik o’simlik),  (ikki yillik o’simlik), h (buta), G (ginetsey, urug’chi), () gul bo’laklari qo’shilib o’sgan), __(daraxt), O (kuzgi o’simlik) va boshqalar.
56-§. Orfografik belgilar--to’g’ri yozish normalarini ta’minlashda qo’llanadigan maxsus noharfiy grafik vositalar. Rus grafikasi asosidagi o’zbek yozuvida bunday belgilarning bir turi (defis) mavjud: defis juft va takroriy so’zlar orasiga qo’yiladigan gorizontal (tiredan qisqaroq) chiziqchadir. Masalan, erta-kech, katta-kichik, qop-qop, ko’p-ko’p kabi.
Izoh: 5-sinf, 9-modda, 24-maktab kabi birikmalarda defis morfogramma (morfografema) vazifasida qo’llanadi, chunki u bunday holatlarda tartib son tarkibidagi "-inchi" ("-nchi") morfemasini (ma’noli qismni) ifodalaydi.
57-§. Diakritik belgilar – harfga qo’shimcha ravishda birkitilib boshqacha tovushni ko’rsatuvchi harf hosil qilishda qatnashadigan belgilar (125,35-b.). Mas., o’,g’ harflarining o’ng tomoniga (teparoqqa) qo’yilgan teskari vergul tarzidagl shakl yoki a’, e’, o’ harflridagi tutuq (‘) belgisi diakritik belgilar sanaladi. Qios qiling: ot(“ism”)—o’t(“olov”), tana (“gavda”)—ta’na(“minnat”) kabi.



Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish