H. A. Jamolxonov hozirgi o‘zbek adabiy tili


Ul o’zi sharmanda bo’libdur



Download 1,41 Mb.
bet110/271
Sana31.01.2022
Hajmi1,41 Mb.
#420091
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   271
Bog'liq
Жамолхонов HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI

Ul o’zi sharmanda bo’libdur (E.V.)
(Eski o’zbek tiliga xos birliklar – ila, ul, "-dur".)
6.Differensiatsiya prinsipi (simvolik prinsip). Bu prinsip asosida tuzilgan imlo qoidalariga ko’ra, shakli bir xil bo’lgan so’zlar (omonimlar) yozuvda signalizatorlar (ishora belgilari), diakritik belgilar vositasida yoki bir harf o’rnida boshqa harf ishlatish orqali farqlanadi: atlás (mato) – átlas (geografik atlas), yangi (sifat) – yangi (ravish), taná (gavda) – ta’na (minnat), bandà (qul) – bànda (shayka), urish (urmoq) – urush («jang») kabi. Keltirilgan so’zlarda urg’u () va tutuq (‘) belgilari orfografiyaning differensiatsiya prinsipi talabiga ko’ra qo’llangan; urish va urush so’zlarida esa «i» va «u» harflarining ishlatilishi ham shu prinsipga asoslangan.
7.Shakliy-an’anaviy yozuv. Bu prinsip so’z boshida yoki oxirida ikki undosh qatorlashib kelgan leksik birliklarning imlosini qoidalashtirishga asos bo’ladi. Ma’lumki, o’tmishda turkiy tillarda so’z boshida ikki undosh qatorlashib kelmagan. Shuning uchun boshqa tillardan o’zlashtirilgan ayrim so’zlarning boshida ikki undoshning yonma-yon qo’llanishi uchrasa, ulardan oldin yoki shu ikki undosh orasida bir unlini orttirish odati bo’lgan. Bu odat hozirgi jonli so’zlashuvda ham uchrab turadi: shkaf>ishkop, staj>istaj, drap>dirap, plan>pilon kabi. Ba’zan so’z oxirida ham ikki undosh orasida bir unli orttiriladi yoki undoshlardan biri (so’nggisi) tushirib qoldiriladi: sabr>sabir, nasr>nasir, nashr>nashir, go’sht>go’sh, g’isht>g’ish kabi. Shakliy-an’anaviy yozuv prinsipiga ko’ra bunday paytlarda so’zlar talaffuzi asosida emas, o’zlarining asl shaklini saqlagan holda yoziladi: shkaf, staj, drap, plan, sabr, nasr, nashr, g’isht, go’sht kabi.
Bu prinsipning mohiyati Faxri Kamolov tomonidan «etimologik yoki grafik prinsip» deb nomlangan tamoyil mohiyatiga juda yaqin turadi.59
8.Semantik-uslubiy prinsip: a) semantik prinsip so’z yoki so’z shakllarining imlosini ularning ma’nolariga tayanib belgilaydi. Masalan, lola, po’lat (turdosh otlar) – Lola, Po’lat (atoqli otlar), ishchi («-chi» kasb oti yasovchi) – ish-chi? («-chi»- so’roq yuklamasi), senda («-da»- o’rin-payt kelishigi affiksi)- sen-da! («-da»- kuchaytiruv va ta’kid yuklamasi) kabi; b) uslubiy prinsip asosida tuzilgan imlo qoidalari so’z yoki grammatik shakllarning semantik tarkibidagi uslubiy semalarning nutqdagi faollashuvini yozuvda ifodalash uchun xizmat qiladi. Masalan,ota, ona, vatan, siz, o’zingiz kabi so’zlar yoki grammatik shakllar shu so’zlar (shakllar) orqali ifodalangan shaxslarga yoki tug’ilib-o’sgan yurtga, diyorga alohida hurmat-e’tibor bildirilganda bosh harf bilan yoziladi:Ota, Vatan,Ona,Siz,O’zingiz kabi.Shuningdek, gap ichida Tinchlik, Ozodlik, Mehnat, Baxt kabi so’zlarning ba’zan bosh harf bilan boshlanishi ham uslubiy printsip talablaridan kelib chiqadi. Masalan,Yashasin Ozodlik, Tinchlik kabi.
Og’zaki nutqda so’z ma’nosini kuchaytirish maqsadida so’z tarkibidagi ayrim undoshlarni qavatlantirish (geminatsiya) yoki unlilarni cho’zish kabi holatlar uchrab turadi. Ular yozuvda ham harflarni qavatlantirish orqali ifodalanadi: maza va mazza, yashamagur va yashshamagur, rosa va rossa, opa va opa-a kabi.Bunday holatlar negizida ham uslubiy maqsadlar yotadi.
Bob, abzas, gap boshidagi birinchi so’zning bosh harf bilan boshlanishi ko’proq sintaktik prinsipga tayanadi.
Orfografiyaning semantik-uslubiy prinsiplari V.F.Ivanovaning «принципы русской орфографии» monografiyasida maxsus yoritilgan,60 ammo o’zbek tilshunosligida bu masala hali etarli tadqiq etilmagan.
Amaldagi (kirillcha) o’zbek yozuvi imlo qoidalarining shakllantirilishida fonetik, fonematik va morfologik prinsiplarga ko’proq amal qilingan.

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish