1. PUL-KREDIT SIYOSATI
Pul-kredit siyosati deganda, to’liq bandlik sharoitida yalpi milliy mahsulotni ishlab chiqarishga inflyatsiyaning ta’sirini kamaytirish yoki bartaraf etish maqsadida muomaladagi pul miqdorini o’zgartirishga qaratilgan chora-tadbirlar tushuniladi. Pul kredit siyosati davlat tomonidan belgilanadi va uni Markaziy Bank amalga oshiradi.Uning yordamida xar qanday davlat mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash vazifasini hayotga tadbiq etadi.Pul kredit siyosatini amalga oshirishning pirovard maqsadlari iqtisodiy o’sish, to’liq bandlikni, baholarning hamda to’lov balansining barqarorligini ta’minlashdan iborat.Bu maqsadlarga erishish uchun milliy valyutani muomaladagi pul massasi, foiz stavkasi va milliy valyuta almashinuv kursining optimal kattaliklarini ta’minlab turish zarur bo’ladi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun Markaziy Bank qator vazifalardan foydalanadi.
Pul-kredit siyosatining uchta asosiy vositasi ajratib ko’rsatiladi:
Hisob stavkasi;
Majburiy zaxiralar normasi;
Ochiq bozordagi operatsiyalar.
Markaziy bank ular yordamida pul yoki asosan bank depozitlari ko’rinishidagi pul massasiga yoki foiz stavkasiga ta’sir o’tkazadi, taklifini o’zgartiradi va shular orqali pul-kredit muomalasini tartibga solib turadi.Ochiq bozordagi operatsiyalar — Markaziy bank tomonidan davlat obligatsiyalarini (qimmatli qog’ozlarni) tijorat banklari va aholidan sotib olish va ularga sotish bo’yicha operatsiyalardir. Markaziy bank tijorat banklaridan yoki ahodidan bu qimmatli qog’ozlarni sotib olar ekan, tijorat banklari zaxiralarini sotib olingan obligatsiyalar miqdori hajmida ko’paytiradi. Bu zaxiralar pul bazasiga kiradi, ya’ni yuqori quvvatli pullar bo’lganligi uchun pul taklifi multiplikativ ko’payadi. Markaziy bank tijorat banklari va aholiga obligatsiyalarni sotish bilan zahiralarni hamda tijorat banklarining kredit berish qobiliyatini kengaytiradi. Bu holda pul taklifi qisqaradi.
Pul - kredit siyosatini amalga oshirishning muhim vositalardan biri — bu hisob stavkasi siyosatidir. Hisob stavkasi yoki qayta moliyalash stavkasi deb Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga beriladigan ssudaning foiz stavkasi tushuniladi.Amaliyotda, davlatlar hisob stavkasi siyosatini ochiq bozordagi operatsiyalar siyosati bilan muvofiqlashtirilgan holda olib borishga harakat qiladilar.Pul-kredit siyosatini yuritish vositalaridan yana biri — bu, majburiy bank zaxira me’yorini o’zgartirish siyosatidir. Majburiy zaxiralar — bu, kredit maqsadlari uchun ishlatilmaydigan bank omonatlarining bir qismidir. Ular mijozlar tomonidan o’z omonatlarini talab qilib olganda zarur bo’ladi. Zaxira normasi ikki asosiy funktsiyani bajaradi: bank likvidligini joriy tartibga solish uchun sharoit yaratadi va kredit emissiyasini cheklaydi. Markaziy bank tijorat banklari Markaziy bankda ushlab turishga majbur bo’lgan zaxiralarning eng quyi normasini o’rnatadi va shu vosita yordamida ular kreditlash qobiliyatiga, imkoniyatiga ta’sir etadi. Bu me’yor qanchalik yuqori bo’lsa, ortiqcha zaxiralar shunchalik kam va tijorat banklarining kredit berish yo’li bilan «pullarni barpo etish» qobiliyati past bo’ladi.Pul kredit siyosati vositalari albatta alohida-aloxida ishlatilishi shart emas.
Aksincha ko’pincha bir necha vosita birdaniga qo’llanilishi, ya’ni kompleks siyosat o’tkazish amaliyotda tez-tez uchrab turadi.
Davlat tomonidan amalga oshiriladigan pul-kredit siyosati YaIM, bandlik va baholar darajasiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Faraz qilamizki, iqtisodiyotda ishlab chiqarish qisqarmoqda va ishsizlar soni ortib bormoqda. Bunday sharoitda davlat Markaziy bank orqali pul taklifini biz yuqorida ko’rib chiqqan vositalar yordamida oshirishga harakat qiladi. Natijada pul taklifi o’sadi, foiz stavkasi esa kamayadi. Bu esa investitsiyalarga bo’lgan talabni oshiradi va o’z navbatida, YaIM miqdorining ko’payishiga olib keladi. Bu bilan davlat ma’lum davrda o’z maqsadiga erishadi, ishlab chiqarishning orqaga ketishi to’xtaydi, ishsizlar soni kamayadi, jamiyatning daromadlari esa oshadi.Pul-kredit siyosatining oqibati to’g’risida gapirganda, bu siyosatning qisqa muddatli va uzoq muddatli oqibatlarini farqlash kerak. Agarda qiska muddatli davrda davlat pul taklifini oshirgan va buning natijasida YaIM miqdori o’sishini rag’batlantirgan hamda ma’lum darajada samaradorlikka erishgan bo’lsa, uzoq muddatli davrda esa bu choralarning samaradorligi pasayishi mumkin.Pul-kredit siyosati asosida iqtisodiyotga pul-kredit siyosatining ta’sir etishi jarayonlarini o’rganuvchi pul nazariyasi yotadi.
Ushbu nazariyaga ikki xil yondashuvchi iqtisodchilar o’rtasida ko’p yillardan beri tortishuvlar bo’lib kelmoqda. Bularga neokeynschilar nazariyasi va zamonoviy pul miqdori nazariyasi tarafdorlarini kiritamiz. Har ikki nazariya tarafdorlari ham pul taklifining nominal YaIM ga ta’sirini inkor etmaydilar, ammo bu ta’sirning ahamiyatiga xar xil baxo beradilar. Keynschilar fikricha, monetar siyosat yuritishda foiz stavkasi darajasiga asoslanishi, monetaristlar fikricha esa, pul taklifining darajasiga asoslanishi lozim. Keynschilar bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlat aralashuvi shart deb xisoblashadi, monetaristlar esa uni ortiqcha deb hisoblaydilar.
Keynschilar pul taklifining YaIMga ta’sirini quyidagi ketma-ketlikda amalga oshadi deb hisoblashadi: pul taklifining o’zgarishi foiz stavkasining o’zgarishiga olib keladi, u esa o’z navbatida, investitsiyalarga bo’lgan talabning o’zgarishi orqali ishlab chiqarish hajmiga, ya’ni YaIMga ta’sir etadi. Monetaristlar esa pul miqdorining o’zgarishi bilan YaIM o’zgarishi o’rtasida yaqinroq aloqa mavjud, ya’ni pul miqdorining o’zgarishi bevosita YaIM o’zgarishiga olib keladi, deb hisoblashadi.Muomala uchun zarur bo’lgan pul massasini davlat muomalaga chiqaradi va u mamlakat davlat doirasida harakat qiladi. Muomalada tovarlar bilan ta’minlanmagan pulning paydo bo’lishi inflyatsiyani bildiradi. Pul qadrsizlanganda muomaladagi pul ko’payib, unga nisbatan tovar va xizmatlar kamayib ketadi. Pul birligining xarid kuchi unga sotib olish mumkin bo’lgan tovar va xizmatlar miqdoridan kamayadi, natijada ularning bahosi o’sadi. Bu esa o’z navbatida pulning valyuta kursini pasaytiradi, chunki, unga nisbatan boshqa valyutaga ko’proq tovar sotib olish mumkin bo’ladi.
Davlat o’z xarajatlarini qoplash uchun pul emissiyasini amalga oshirib, uni ko’paytirib, muomalaga kiritishi mumkin. Lekin uni tovar va xizmatlar massasi bilan ta’minlay olmasa pulning qadrsizlanishi kuchayib boradi. Demak, qog’oz pullar oltinga, chet el valyutasiga nisbatan qadrsizlanadi. Binobarin, pul miqdori asosan ishlab chiqarish holatiga, narxga, pul aylanishi tizimiga bog’liq bo’lib, unga nisbatan davlat jiddiy yon-dashadi. Iqtisodiyotni tartibga solish uchun davlat muomaladagi pul miqdorini o’zgartirib, uni normal holga keltirib turadi.Markaziy Bank bir vaqtning o’zida ham pul massasini, ham foiz stavkasini o’zgartirmasdan ushlab turolmaydi. Pulga talab o’sgan xolatlarda maqsad foiz stavkasining barqarorligini ta’minlash bo’lsa
Markaziy Bank pul taklifini oshirishga majbur bo’ladi. Bu tadbir yumshoq pul kredit siyosati deb yuritiladi. Pul massasining ko’payib ketishiga yo’l qo’ymaslik uchun pul taklifini cheklash siyosatini qo’llash foiz stavkasining ko’tarilishiga olib keladi va bu siyosat kattiq pul kredit siyosati deb yuritiladi.Agar pulga talab inflyatsiya ta’sirida ko’paysa qattiq pul kredit siyosatini qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi. Maboda pulga talab ishlab chiqarish va daromadlarning o’sishi oqibatida oshsa yumshoq pul kredit siyosatini qo’llash o’rinlidir.Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning iqtisodiyotga aralashivi yanada oshadi. Xususan, davlat iqtisodiyotga kredit tizimi orqali faol ta’sir ko’rsata boshlaydi.Bunda ssudaga beriladigan pul miqdorini o’zgartirish uchun foiz vositasidan foydalanadi. Ma’lumki, kredit munosabatlarida Markaziy bank markaziy zaxira tizimi vazifasini o’taydi va ular davlat ta’sirida bo’ladi.
Davlat kreditga bo’lgan talab va taklifni mar-kaziy zaxira tizimi orqali o’zgartiradi. Ushbu jarayonni uch xil yo’l bilan amalga oshiradi:
Birinchidan, davlat markaziy zahira tizimi orqali banklar mablag’ining qarzga beriladigan va zahirada turadigan qismlari ulushini o’zgartiradi.
Ikkinchidan, markaziy zaxira tizimi o’zi boshqa banklardan oladigan foizlarni o’zgartiradi. U boshqa banklarga past foiz hisobidan qarz berib, ularga moliyaviy yordam ko’rsatadi. Imtiyozli qarz olish banklarga quvvat berganidan ular kreditlash ishida faol qatnashib, iqtisodiy o’sishga ta’sir eta oladilar.
Uchinchidan, davlat markaziy zaxira tizimi orqali xazina veksellarini (majburiyatlarini) tarqatadi, o’z zayomlarini sotadi yoki qimmatli qog’ozlarni sotib oladi.Davlatning pulga bo’lgan talab va taklifni o’zgartirish borasidagi siyosati monetar siyosat deb yuritiladi. Ushbu siyosatni o’tkazish orqali davlat iqtisodiyotni tartibga solib turadi.
2. Pulning iqtisodiy zaruriyati va mohiyati
Pulning iqtisodiy mohiyati xususida iqtisodiy adabiyotlarda turli ta'riflar va talqinlar mavjud bo'lib, uning mohiyatiga nisbatan yagona yondashuv mavjud emas. Chunki, jamiyatda xo'jalik yuritish tuzumining va ijtimoiy - iqtisodiy sharoitning o'zgarishi pulning mohiyatini turlicha talqin etilishini talab etmoqda. Jumladan, iqtisodchi olimlar va soha mutaxassislari pulni - iqtisodiy kategoriya sifatida, qiymat o'lchovi vositasi, umumekvivalent tovar, maxsus tovar, ayirboshlash vositasi ekanligini e'tirof etadi. Pul jamiyatda sodir bo'layotgan ijtimoiy iqtisodiy munosabatlarda, jami ijtimoiy mahsulotni yaratish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, bozordagi talab va taklif asosida tovarlar bahosini aniqlashda bevosita qatnashishi uning mohiyatini namoyon qiladi.
Pulning iqtisodiy mohiyati va uning zaruriyatiga xorij iqtisodchilari alohida e'tibor qaratgan bo'lmasalarada, iqtisodiy nazariyachilarning asarlarida unga nisbatan berilgan fikrlarini uchratish mumkin. Masalan, A.Smit pulni iqtisodiy kategoriya darajasiga ko'tarib, unga «pul - bu muomalaning buyuk g'ildiragi», «savdo-sotiqning yuksak quroli» sifatida ta'rif beradi. D. Yum A. Smitning pul xususidagi qarashlariga e'tiroz bildirib, «Pul bu - savdo - sotiqning g'ildiragi emas, balki u yog', shu savdo sotiq g'ildiragini erkin va yumshoq yurishiga imkoniyat yaratadigan vositadir degan fikrni bildiradi. Rossiyalik iqtisodchi olimlar ham pulning iqtisodiy mohiyatiga alohida e'tibor qaratishgan. Jumladan, iqtisod fanlari doktori, professor B.I.Sokolov pulning mohiyatiga «pul mehnat taqsimoti chuqurlashib borayotgan ushbu jamiyatda tovarlarni ayirboshlash va to'lovlarni amalga oshirish ishlarini yengillashtiradi» deya ta'kidlaydi.
0'zbekistonlik iqtisodchi olima Sh.Z.Abdullayeva pul, kredit va banklar masalasiga bag'ishblangan iqtisodiy adabiyotlarda pulning mohiyatini ochishda uchta jihatiga e'tibor qaratish lozimligini ta'kidlaydi. «Birinchidan, pulning iste'mol qiymatida boshqa tovarlarning qiymati o’z aksini topadi. Ikkinchidan, pulda ifodalanadigan aniq mehnat asosini abstrakt mehnat tashkil etadi. Uchinchidan, pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida namoyon bo'ladi. Shunga asoslangan holda, pul ham tovar, lekin boshqa tovarlardan farq qiluvchi xususiyatlarga ega bo'lgan maxsus tovar degan xulosaga kelish mumkim.
Iqtisod fanlari doktori, professor O.Yu. Rashidov va boshqalar ishtirokida nashrdan chiqarilgan darslikda «Pul - bu umumiy ekvivalent sifatida qo'llaniladigan universal tovarning alohida turi bo'lib, boshqa barcha tovarlarning qiymati u orqali ifodalanadi. Pulning maqsadi bozorga oid o'zaro harakatlarning transaksion xarajatlarini tejashdan iborat. Pulning iqtisodiy mohiyati xususida fikrlari eramizdan oldingi davrda yashagan Aristotel (er. oldingi 384 - 322 yy.), keyinchalik sarkarda Aleksandr Makedonskiy kabi buyuk shaxslar tomonidan qoldirgan manbalarda ham ko'rish mumkin. Pul - iqtisodiy kategoriya bo'lib, barcha tovarlar uchun umumekvivalent vazifasini bajaradigan maxsus tovardir. Shu bilan birga pul faqat ayirboshlash jarayonida zarur bo'ladigan, hukumat tomonidan o'rnatiladigan to'lov vositasidir. Boshqa tovarlar singari pul ham kishilar tomonidan jamg'ariladi. Kishilar tovarlarni sotish va xizmatlarni ko'rsatish orqali uni «sotib» oladi yoki jamg'aradi.
Pulning vujudga kelishi kishilik jamiyati sivilizatsiyasining buyuk kashfiyotlaridan xisoblanadi. “Pul” deb nomlangan maxsus tovarning paydo bo’lishi natijasida odamlar o’rtasida ayirboshlash bilan bog’liq ziddiyatlar va extiyojlarning bir biriga mos kelmasligi, kabi muommolar barxam topdi. Pulning vujudga kelishi , uning evolyutsion rivojlanishi , nazariyasi , moxiyati va funksiyalari xaqida xorijiy va maxalliy iqtisodchi olimlar , nazariyachilar , mutaxasislar juda ko’p ilmiy asarlar , maqolalar va tadqiqot ishlari yaratgan. Hozirgi kunda ham ushbu jarayon davom etmoqda. Pulning vujudga kelish sababini bilish uchun qadimda odamlar o’rtasida ro’y bergan ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirish jarayoniga e’tibor qaratish lozim. Chunki, aynan mana shu tabiiy ayirboshlash jarayoni hozirgi kunda siz bilan biz kundalik hayotda va xisob – kitoblarda foydalanib kelayotgan pulning vujudga kelishiga zamin yaratadi.Xususan, pulning vujudga kelishiga quyidagi omillar asos bo’lib xizmat qiladi:
-qadimgi davrda odamlar o’z ehtiyojini ortib qolgan iste’mol maxsulotlari turib qolmasligi va saqlashning imkoniyati bo’lmaganligi bois ularni o’zlariga yaqin yoki tanish odamlarga bergan, bu o’z – o’zidan odamlar o’rtasida stixiyali ravishda bir tomonlama ayirboshlash munosabatlari vujudga kelishiga sabab bo’lgan;
-keyinchalik odamlarning ongi, dunyoqarashi va hayot kechirish tarzi rivojlanganligi natijasida, ikki tomonlama ayirboshlash munosabatlari vujudga kela boshladi. Bu davrda, kishilarda o’ziga zarur bo’lmagan buyumning o’rniga nimadir olish evaziga, ikkinchi kishiga berishi lozimligini anglay boshladilar. Bularning barchasi dastlab stixiyali ravishda sodir etilib, bu odamlarning kundalik uchun zarur bo’lgan buyumlar, oziq-ovqatlar, kiyim-kechaklar va boshqa extiyojlarni qondirish natijasida ro’y bergan. Bu davr ishlab chiqarish usulining natural xo’jalik tizimi davriga borib taqaladi.
Ma’lumki, natural xo’jalik tizimidan ilgarigi davrda xar bir kishi kunlik extyoj uchun zarur bo’lgan maxsulotni mustaqil ravishda ishlab topganligi bois, ular o’rtasida ayirboshlash munosabatlariga extiyoj bo’lmagan.Yuqorida qayd etilgan ikki omil kishilar o’rtasida ayirboshlash munosabatlarining shakillanishiga zamin yaratadi, natijada odamlar ixtiyoridagi ortiqcha maxsulotni o’zi uchun zarur bo’lgan boshqa maxsulotga ayirboshlashga extiyoj seza boshlaydi.
Ayirboshlash- bu kishilarning istak – xoxishlari va extiyojlari maxsuli sifatida amalga oshiriladigan jarayon bo’lib, buning natijasida, tomonlar extiyojini qondirish maqsadida ixtiyoridagi narsadan vos kechib, zarur bo’lgan narsaning o’rniga berishdir. Ayirboshlash kishining extiyoji bo’lgan buyumga ega bo’lish imkoniyatini beradigan jarayondir. Demak ayirboshlash “A” va “B” tomonlar o’rtasidagi o’zaro kelishuv natijasida sodir bo’lgan jarayon bo’lib, “A” o’ziga tegishli tovar yoki xizmatni “B” tomonning tovar yoki xizmati uchun berishdir. Modomiki ushbu almashuv jarayoni ikki tomonga xam iqtisodiy jixatdan foydali bo’lib “A” tomon vos kechgan tovar yoki mahsulot o’rniga o’zi uchun zarur bo’lgan, undan ham foydaliroq tovar yoki xizmatni oladi.
Shuningdek natura ho’jalikning rivojlanib borishi, jamiyatda mehnat taqsimotini shakillanishiga olib kelgan. Vaqt o’tishi bilan odamlar o’rtasida maxsulot ayirboshlash jarayoni rivojlanib, ishlab chiqarishning ixtisoslashuv jarayoni ro’y bera boshlagan. Xususan pulning vujudga kelishida chorvachilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishi, keyinchalik hunarmandchilikning shakillanishi juda muhum ahamiyat kasb etdi. Ushbu davrda odamlar o’rtasida mahsulotlarni faol ayirboshlash jarayoni boshlandi. O’sha davrdagi ayirboshlash munosabatlarini faollashtirishga asosiy omillar sifatida quyidagilarni keltirish mumkun:
- ishlab chiqarishning natural xo’jalik shaklidan tovar ishlab chiqarish shakliga o’tishi;
- ishlab chiqaruvchi subektlarning bir- biriga o’zaro bo’liqligining vujudga kelishi ;
- ayirboshlash jarayonida tovarlar ekvivalentligining ta’mnlanganligidir.
Pulning muhim xususiyati shundaki, u ham boshqa tovarlar singari qiymatga va iste`mol qiymatga ega bo`lishi bilan birga boshqa barcha tovarlarga qarama-qarshi turadi. Bu bir tomonda pul, ikkinchi tomonda boshqa tovarlar. Pulning iste`mol qiymati shuki u o`z funksiyasini bajarib iqtisodiyot mushkulini oson qiladi (vositachi sifatida). Umuman pul insoniyat kashfiyotlari ichida eng oddiy, eng tushunarli bo’lib hisoblanadi. Insoniyatning butun yutuqlari ham, fojialari ham pul bilan bog`liqdir. Inson faoliyatini eng muhim xarakatga keltiruvchi kuchlardan biri pul bo`lib kelgan va shunday bo`lib qoladi. Taniqli davlat arboblaridan biri ta`kidlaganidek, «Davlatni o`rni uni qancha soldati yoki pushkalarini qudrati bilan emas, balki milliy valyutaning mustahkamligi bilan belgilanadi». Bunga shuni qo`shimcha qilish mumkinki, korxonaning mavqeyi unda necha kishini ishlashi, ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori bilan emas, balki uning moliyaviy barqarorligi bilan belgilanadi.Umumiy ekvivalent ro’lini uzoq yillar davomida oltin bajarib kelgan bo’lsada, tovar xo’jaligining va pul muomalasinig rivojlanishi qog’oz pullar, boshqa kredit vositalri, yuzaga kelishiga, kredit va pul mablag’larining bankda bir schyotidan ikkinchi schyotiga o’tkazilishi kabi jarayonlar bo’lishiga olib kelgan. Pul qanday shakilda bo’lishidan qat’iy nazar - u pul bo’lib qoladi. Pul to’g’risida evolyutsion nazariya uning o’lchov birligi va muomala vositasi ekanligini ochib beradi. Chet el iqtisodchilari pulning iqtisodiy kotegoriya sifatida mohiyati va zarurligiga kam e’tibor berishgan. 1857 yillarda taniqli ingiliz iqtisodchi U.djevons iqtisodiy fanlar uchun pul masalasi - bu geometriyadagi aylana kvadraturasiga teng demakdir degan ekan. Shuning uchun chet el iqtisodchilari bu bobni chetlab o'tishgan. 50 -yillardagi darslikning avtori pulning mohiyatidan ko'ra uni iqtisodga, ishlab chiqarish va bandlik, moddiy resurslar va ulardan foydalanishga ta'sirini organish muhimroqdir deb ta'kidlashgan va ko'p chet el olimlari shu yo'nalishda ish olib borishgan. Hozirgi vaqtda pul to'risida bizda mavjud chet el adabiyotlarida ko'rilgan masalalar bu fikrimizning isboti bo'lishi mumkun. Yuqorida bayon etilganlardan ko'rinib turibdiki, pulning mohiyatiga xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar, mutaxassislar va nazariyachilar o'zlarining yondashuvlarini bildirgan. Biz ularning ushbu fikr va yondashuvlarini tadqiq qilish maqsadidan yiroqmiz.Haqiqatda ham bozor iqtisodiga o'tish sharoitida pulning zarurligi, mohiyatini tadqiqot qilishdan ko'ra, pulning iqtisodga, ishlab chiqarishga, bandlikka ta'sirini tadqiqot qilish jamiyatimiz uchun ahamiyatliroq deb o'ylaymiz
Do'stlaringiz bilan baham: |