O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni, avvalo, amaldagi valyutani tartibga solish tizimini tubdan isloh qilish, valyuta siyosatini liberallashtirish, barcha tadbirkorlik subyektlariga tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda teng sharoitlar yaratishga qaratilgan.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmoni qabul qilinishiga mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga to‘sqinlik qilayotgan qator muammo va kamchiliklar mavjudligi asosiy sabab bo‘ldi. Jumladan, valyutani tartibga solishga haddan ziyod ma’muriy aralashuv, tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlari uchun alohida imtiyoz va preferensiyalar mavjudligi oqibatida tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida biznesni yuritishga doir teng bo‘lmagan shart-sharoitlar paydo bo‘ldi hamda parallel chet el valyutasi bozori va ayirboshlash kursi vujudga keldi. Valyuta kursi siyosatining tashqi savdoni rag‘batlantirishdagi rolining susayishi mahalliy ishlab chiqaruvchilar tovar va xizmatlari narxlarining tashqi va ichki bozordagi raqobatdoshligini pasaytirdi.Mamlakatimizda faqatgina bozor mexanizmlari asosida faoliyat ko‘rsatadigan valyuta bozorini shakllantirish barcha banklarning mijozlar (yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar) ehtiyojlarini qondirish maqsadida chet el valyutasini sotib olish va sotish uchun valyuta birjasi savdolarida erkin ishtirok etishini, shuningdek, mijozlarning chet el valyutasini sotib olish bo‘yicha amaldagi tartib va texnik reglamentlariga rioya etgan holda o‘z valyuta mablag‘larini hech qanday cheklovsiz tasarruf etishini taqozo etadi.
XULOSA
Milliy iqtisodiyot xususiyatlarini inobatga olgan holda, pul-kredit siyosati rejimlarining o‘ziga xos jihatlari va ta’sirchanligi tahlili o‘rta muddatli istiqbolda Markaziy bankning ustuvor maqsadi sifatida narxlar barqarorligiga erishish vazifasiga inflyatsion targetlash rejimi juda mos kelishini ko‘rsatmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, pul-kredit siyosatini amalga oshirishning tamoyil va usullarining inflyatsion targetlashga bosqichma-bosqich yo‘naltirish uchun zaruriy huquqiy asoslar va tayanch iqtisodiy sharoitlar yaratildi. Xususan, valyuta siyosatining liberallashtirilishi va bozor sharoitlarida almashuv kursining shakllanishini ta’minlash bo‘yicha choralar, Markaziy bankning ustuvor maqsadlari va amaliy mustaqilligini aniq belgilanishi, pul-kredit siyosatini amalga oshirishning faol bosqichiga o‘tilishi, inflyatsiyani hisoblash va baholash usullarini takomillashtirilishi, shuningdek shaffoflikning oshirilishi va kommunikatsion siyosatning kuchaytirilishi kabi amaliy choralar inflyatsion targetlashga o‘tish uchun asosiy sharoitlarni yaratadi.Shu bilan birga, mavjud xatarlar va to‘siqlar inflyatsion targetlash rejimini joriy etish vazifasining bajarilishini qiyinlashtiradi. O‘z navbatida, Markaziy bank asosiy e’tiborni prognozlash va tahliliy bazani mustahkamlashga, pul-kredit siyosati instrumentlarini takomillashtirish va ularning ta’sir kanallarini kuchaytirishga, komunikatsion siyosatni rivojlantirish va aholining ishonchini oshirish kabi vazifalarga qaratadi. Markaziy bank ushbu rejimga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda tegishli vazirlik va idoralar bilan sa’y-harakatlarni birlashtiradi va hamkorlikda faoliyat yuritadi.Umuman olganda, inflyatsion targetlashga o‘tish pul-kredit siyosati sohasining barcha jihatlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirishni talab etadi. Bu esa, o‘z navbatida, uzoq muddatli istiqbolda barqaror iqtisodiy o‘sishning asosi bo‘lgan makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda sifat jihatdan yangi bosqichga o‘tilishini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |