Gumanitar fanlar



Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/16
Sana05.01.2021
Hajmi0,86 Mb.
#54834
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
tarix

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


88 
 
 
9-mavzu: Sovet davlatida ma’muriy buyruqbozlik tuzumining kuchayishi va 
inqirozi davrida O’zbekiston (1946-1991 yy.).  
O’zbekistonda davlat mustaqilligining  qo’lga kiritilishi. 
 
     Reja: 
1. Urushdan keyingi yillarda O‘zbekistonning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va 
madaniy hayoti. 
2. Siyosiy qatag‘onliklarning yangi to‘lqini. 
3. Respublikaning qaramligi va uning oqibatlari. 
4. O‘zbekiston  Mustaqilligining e'lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati.  
5. Demokratik huquqiy davlatning barpo etilishi. 
6. Fuqarolik jamiyat asoslarining yuzaga kelishi. 
7. Islohotlar  zaruriyati  va  uning  nazariy-huquqiy  asoslari.  Iqtisodiy  islohotlarning 
amalga oshirilishi. 
8. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning ma’naviy-madaniy  taraqqiyoti. 
9. O‘zbekiston  va  jahon hamjamiyati 
 
 
Urushdan  keyingi  yillarda  Sho’rolar  hukumati  Kommunistik  partiya 
rahnamoligida  boshqa  mustamlaka  o‘lkalari  qatori  O‘zbekistonda  ham  ulug‘ 
saltanatchilik,  shovinistik  va  milliy  zulm  siyosatini  yanada  avjiga  chiqardi. 
Natijada,  O‘zbekiston    va  o‘zbek  xalqi  ijtimoiy  hayotining  barcha  sohalarida 
o‘zining  milliy  haq-huquqlari  kamsitildi.  Bu  hol  80-yillarning  ikkinchi  yarmida 
mamlakatda totalitar tuzumga qarshi harakatning asosiy sabablaridandir. 
O‘zbekistonda  qurilgan  va  ma'lum  darajada  ahamiyatliroq  bo‘lgan    sanoat 
korxonalarining ko‘pchiligi batamom Markazga bo‘ysinar edi. Faqat 10 foizigina 
bevosita  O‘zbekistonga  boysingan  va  respublika  iqtisodiyotida  hal  qiluvchi  o‘rin 
tutmagan.  Respublika  o‘zi  ter  to‘kib  etishtiradigan  va  Markazga  yetkazib 
beradigan  juda  qimmatli  xomashyo  mahsulotlari-paxta,  nitron,  kaprolaktam  va 
boshqalarai  o‘zida  tayyor  mahsulot  tarzida  ishlab  chiqarish  imkoniyati 
bo’lmaganligidan, uni tayyor mahsulot tavarlari shaklida bir necha barobar qimmat 
narxlarda  Markazdan  sotib  olishga  majbur  bo‘ldi.  Natijada  hayot  uchun  zarur  va 
qimmatli  xomashyolarni  ishlab  chiqarayotgan  O‘zbekiston  bu  mahsulotlarni 
yetishtirishda  foyda  emas,  zarar  ko‘rdi.  Markazdan  dotatsiyalar  olib  yashaydigan 
«boqimanda»  respublikaga  aylantirildi.  Va  aksincha,  bunday  xomashyo 
mahsulotlari tarzida sotuvchi Rossiya bundan behisob boyliklar olib, foyda orttirdi. 
1946-1991-yillar  mobaynida  shorolar  hukumati  O‘zbekiston    qishloq 
xo‘jaligini ilgarigi yillardagidek bir tomonlama rivojlantirish yo’lidan olib bordi va 
asosan  paxtachilik  taraqqiyotiga  e'tibor  berdi.  Kommunistik  partiya  va  sho’rolar 
hukumati paxtachilikni rivojlantirishga qaratilgan o’nlab qarorlar qabul qilindi. Uni 
rivojlantirish bilan bog‘liq rejalar Moskvada Davlat reja qo‘mitasida ishlab chiqilar 
va  xalq  xo‘jaligini  rivojlantirish  direktiv  hujjatlariga  asos  qilib  olinar  edi. 
O‘zbekistonda Amudaryo va Sirdaryo havzasi suvlari hisobidan 20 dan ortiq suv 
omborlari,  o’nlab  kanallar  barpo  etildi.  O‘zbekistonda  qishloq  xo‘jaligiga  etkazib 


89 
 
beriladigan mineral og‘itlar yildan-yilga oshirildi. Paxta  maydonlari kengaytirildi. 
1940-yilda 923,5 ming gektar erga chigit qadalgan bo‘lsa, 1987-yilda 2007,7 ming 
gektarga  ekildi,  ya'ni  2  barobardan  ziyodroq  oshdi.  Paxta  yakkahokimligining 
kuchayishi  qishloq  xo‘jaligining  boshqa  sohalarini  qoloqlikka  olib  keldi,  g‘alla, 
chorvachilik mahsulotlari, sabzavot-mevaga aholining talabi qo’ndirilmadi. 
Urushdan  keyingi  yillarda  dunyo  xalqlari  ortasida  tinchlik  va  hamkorlikni 
mustahkamlashga  O‘zbekiston    o’z  hissasini  qo’shdi,  uning  xorijiy  mamlakatlar 
bilan savdo va madaniy aloqalari kengaydi. Chet davfatlarga mahsulot chiqarishida 
O‘zbekiston  sobiq ittifoqda RSFSR va Ukrainadan keyingi uchinchi o’rinda turdi. 
Qorako’l teri va paxta tolasidan boshlab, mashinasozlik mahsulotlarining 250 turi 
tort  qit'aning  deyarli  hamma  mamlakatlariga  chiqarildi.  Ming  afsuski,  bu 
mahsulotlar O‘zbekiston  nomidan emas «SSSRda ishlangan» degan tamg‘a bilan 
dunyoga  tanildi.  1958-yilda  O‘zbekiston    dunyoning  32  mamlakatiga  sanoat  va 
qishloq  xo‘jalik  mahsulotlarini  chiqargan  bo’lsa,  1970-yiida  76  mamlakat  bilan 
savdo aloqalarini olib bordi.  
O‘zbekistonda fan va texnikaning hamma  sohalarida yirik olimlar yetishib, 
fan  nomzodlarini  va  doktorlarini  tayyorlash  bo’yicha  sobiq  SSSRda  oldingi 
qatorlarga  chiqdi.  1950-yil  O‘zbekistonda  1760  fan  nomzodi,  380  fan  doktorlari 
ilmiy  ish  olib  borar  edi.  1965-yilda  esa  fan  nomzodlarining  soni  4000  va  fan 
doktori  324  kishiga  yetdi.  Partiyaviy-g‘oyaviy  tizimga  qaramasdan  adabiyot  va 
san'at sohasida ko‘zga ko’rinarli asarlar yaratildi. G‘afur G‘ulom, Uyg‘un, Zulfiya, 
Mirmuhsin  va  boshqalarning  tinchlik  mavzusiga  bag‘ishlangan  she'rlari  vujudga 
keldi.  60-yillarda  adabiyotga  yangi  avlod  kirib  keldi.  Odil  Yoqubov,  Pirimqul 
Qodirov, O‘lmas Umarbekov, Ozod Sharafiddinovlar bilan birga iste'dodli Abdulla 
Oripov,  Erkin  Vohidov,  O‘tkir  Xoshimov,  Muhammad  Ali  kabi  yosh 
adabiyotchilar maydonga chiqdi. 
 
II 
1949-1952-yillarda  ko‘pgina  mashhur  o‘zbek  ijodiy  ziyolilari  asossiz 
ravishda  ayblanib,  qatag‘on  qilindi.  Bir  guruh  yozuvchilar  millatchilikda,  eski 
feodal madaniyati oldida bosh egishda, o’tmishni ideallashtirishda ayblandi. Bular 
orasida  Oybek,  Abdulla  Qahhor,  Mamarasul  Boboev,  Mirtemir,  Shayxzoda  kabi 
adiblar  bor  edi.  Xurshid,  Chustiy,  G‘ayratiy  va  boshqalar  yozuvchilar 
uyushmasidan  haydaldi.  Buni  eshitgan  G‘afur  G‘ulom  kuyinib  «Tokaygacha 
O‘zbekning aqli kirganda boshini chopib tashlaydilar», -degan edi.  
Qatag‘onliklar  bu  bilan  to’xtab  qolmadi.  1983-yildan  boshlab  sobiq  KPSS 
Markaziy  qo’mitasi  rahbarligida  O‘zbekistonda  navbatdagi  oshkora  qatag‘onga 
yo’l  ochildi.  «Paxta  ishi»,  «O‘zbeklar  ishi»  deb  atalgan  mash'um  siyosat  niqobi 
ostida minglab insonlar jinoiy javobgarlikka tortildi. 
1990-yil  13-iyun  kuni  Moskva  shahriga  O‘zbekistonda  tuzilgan  komissiya 
tomonidan yozilgan xatda komissiya xulosasi batafsil ko’rsatildi. Bu xatda «Paxta 
ishlari» chuqur tahlil qilinib, sudlanganlarni oqlash masalasi qo’yilgan edi. Biroq 
yuqoridagi  tashkilotlar  ko’mak  o’rniga  tazyiqni  kuchaytirdilar.  Respublika 
rahbarining  qat'iyatli  harakati  bilan  nohaqlik  barham  topdi.  SSSRning  inqirozga 
uchrashini  seza  boshlagan  KPSS  rahbariyati  1985-yil  aprelida  sovet  jamiyatini 


90 
 
«qayta  qurish»,  jamiyat  hayotining  barcha  sohalarini  chuqur  isloh  qilish  yo’lini 
e'lon qildi. Bunda avvalo ijtimoiy hayotni demokratlashtirish, oshkoralik, iqtisodiy 
osishni fan-texnika yutuqlariga tayanib, jadallashtirishga qaror qilindi. Biroq uzoq 
yillar  totalitor  rejimga  moslashgan  davlat  monopoliyasi,  idoralari,  byurokratik 
apparat ko’zda tutilgan rejalarni amalga oshirishga yo’l qo’ymadi. Bu davrga kelib 
respublikada  ko‘plab  muammolar  to’planib  qo’lgan  edi.  Ushbu  muammolardan 
xalq  e'tiborini  chalg‘itish  uchun  ko‘p  yillar  davomida  yig‘ilib  qo’lgan  milliy 
norozilikdan foydalanildi. Kommunistik mafkura o‘z hukmronligini saqlab qolish 
uchun hatto ayrim respublikalarda millatlararo nizolarni uyushtira boshladi. 1989-
yilda  Toshkent,  Farg‘ona,  Andijonda  ro’y  bergan  millatlararo  mojarolar,  quvg‘in 
qilingan  xalqlarning  noroziligidan  razilona  manfaat  yolida  -  respublikalarda,  shu 
jumladan  O‘zbekistonda  paydo  bolayotgan  hurlik  ovozini  bog‘ish  uchun 
foydalandilar. 
80-yillarning  oxirlaridan  boshlab  sobiq  ittifoqqa  kirgan  ko‘pgina 
respublikalar  mustaqilligi  uchun  qat'iy  kurashga  o‘tdilar.  Ittifoq  shartnomasini 
yangilab,  respublikalar  huquqini  kengaytirishni  talab  qila  boshladilar.  1990-yiI 
bahorida  Boltiqboyi  respublikalari,  keyinroq  Gruziya  va  Ozarbayjon  SSSR 
tarkibidan  chiqqanligini  e'lon  qildi,  1991-yil  18-avgustda  SSSR  vitse-prezidenti 
G.I.  Yanaev  boshchiligida  Favqulodda  holat  davlat  qo’mitasi  tuzdilar.  Mazkur 
qo’mita  SSSR  Prezidenti  M.S.  Gorbachevni  hokirniyatdan  noqonuniy  yo’l  bilan 
chetlashtirdi.  Fitnachilarning  davlat  to’ntarishi  qilishga  urinishi  natijasida  19-21-
avgust kunlari  Moskvada  fojeali hodisalar  ro’y  berdi. Fitna  Rossiya  Federatsiyasi 
rahbariyati  boshchiligida  demokratik  kayfiyatdagi  kuchlar  tomonidan  bostirildi. 
Endilikda  mamlakatdagi  ijtimoiy-siyosiy  vaziyat  yanada  taranglashdi.  KPSS 
halokatga  uchradi.  Respublikalar  birin-ketin  SSSR  tarkibidan  chiqqanligini  e'lon 
qildilar. SSSR parchalanib tarix sahnasidan tushdi. 
 
III 
80-yillarning  boshidan  boshlab  SSSRda  inqirozli  vaziyat  vujudga  keldi. 
Mustabid  tuzum  sharoitida  davlat  mulki  monopoliyasi,  boshqaruvdagi  ma'muriy-
buyruqbozli  tizimi  KPSSning  yakka  hukmronligi,  inson  huquqlarining  buzilishi, 
milliy siyosatdagi xatolarning tobora kuchayishi o’z salbiy oqibatlariga olib keldi: 
ishlab  chiqarishning  o’sish  sur'atlari,  yalpi  mahsulot  hajmi,  mehnat  unumdorligi 
shiddat  bilan  pasayib  bordi,  mehnatkashlarning  o‘z  mulkidan  begonalashishi 
yanada  ortib  bordi.  Xalq  xo‘jaligini  «turg‘unlik»ka  olib  kelgan  chuqur  izdan 
chiqish  jarayonlari,  xalq  ijtimoiy  manfaatlarining  nazar-pisand  qilimnasligi  kabi 
boshqa  omillar  bilan  birgalikda  KPSSning  ulkan,  lekin  kutilayotgan  natijalarni 
bermayotgan siyosat butun ijtimoiy-siyosiy tizimning inqirozini oldindan belgilab 
berdi.  Ammo  Sovet  tizimining  asosiy  xavfi  shundan  iborat  ediki,  mehnatga 
nisbatan  qiziqtirish, tizimning  nuqsonlari  boqimandalik  kayfiyatlarini  avj  olishiga 
olib keldi. 
Markazdan boshqarishning amaldagi tizimi, uning idoralari, xo‘jalik yuritish 
uslub  va  usullari  iqtisodiyotning  yanada  rivojlanishiga  sezilarli  turtki  bolishga, 
keskin ijtimoiy muammolarni hal qilishga qodir emasligi yaqqol ayon boiib qoldi. 
Ijtimoiy  hayotda  jiddiy  ozgarishlar  yasash  zarurligini  butun  jamiyat  aniq-ravshan 


91 
 
anglab  yetdi.  1985-yilning  aprel  oyida  KPSS  MQning  Plenumi  sovet  jamiyatini 
tubdan qayta qurish, uning barcha sohalarini chuqur isloh qilish yolini e'lon qildi. 
1985-1986-yillarda  SSSRda  «mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy  rvojlantirishni 
jadallashtirish»  siyosati  olib  borildi.  Uning  maqsadi  -  ilm-fan  va  texnika 
taraqqiyotidagi  yutuqlarga  asoslanib,  ijtimoiy-iqtisodiy  hayotni  yaxshilash  edi. 
Ammo bu siyosatda ilgari surilgan vazifalarni bajarish borasida dastlabki urinishlar 
jiddiy  natija  bermadi.  Hayot  korsatdiki  jamiyatning  iqtisodiy  sohada  tub 
o‘zgarishlarni  amalga  oshirmasdan,  yaxshi  natijalarga  erishib  bolmaydi.  1987-
yildan  boshlab  yangi  «qayta  qurish»  siyosati  e'lon  qilindi.  Uning  maqsadi  -
iqtisodiy  sohalarni  erkinlashtirib,  jamiyatda  demokratlashtirish  jarayonini  amalga 
oshirib, sotsiyalistik jamiyatni yangilashtirish edi. Iqtisodiy islohotlarni olib borish 
uchun  boshqarishning  ma'muriy  usullaridan  ko‘proq  iqtisodiy  usullariga  otish, 
korxonalarni  xo‘jalik  hisobiga  otishi,  ularga  ko‘proq  mustaqillik  berish,  mehnat 
jamoalarning boshqaruvida ishtirok etishi choralari nazarda tutilgan edi. 
Sovet iqtisodiyotini «qayta qurish» uchun bir qator hujjatlar qabul qilingan 
edi.  Ammo  boshqa  qonunlarni  tuzib  chiqishdagi  uslubiy  yondashuvlarning  o‘zi 
«sotsialistik xo‘jalik yuritish», direktiva asosida rejalashtirish va davlat mulkining 
barcha  shakllariga  hukmron  bolishi  zarurligi  kabi  avvalgi  eski  tasavvurlarga 
asoslangan  edi.  Korxonalarning  cheklangan  mustaqilligi  ob'ektiv  iqtisodiy 
qonunlar amal qilishiga imkon bermas edi. Korxonalarni toliq xo‘jalik hisobiga va 
o‘zini-o‘zi  mablag‘  bilan  ta'minlashga  o‘tkazish  ham  o‘zini  oqlamadi,  chunki 
«sotsialistik xo‘jalik yuritish» tizimi, rahbarlarning buyruqbozlik usullari ob'ektiv 
jihatdan  sog‘lom  tovar-bozor  munosabatlarning  namoyon  bolishiga  tosqinlik 
qilardi. 
Odat  bo‘lib  qolgan  kompaniyabozlik  xo‘jalikni  boshqarish  mexanizmni 
qayta  qurishga  salbiy  ta'sir  ko‘rsatdi.  Ko‘pgina  tarmoqlarda  xo‘jalik  hisobini 
tashkil  etish  xoja  ko‘rsinga  qilindi.  Eskicha  uslubda  yondashuvlar  ta'siri  shunga 
olib  keldiki,  hatto  amaldagi  xo‘jalik  yuritish  oddiy  bir  kontseptsiyasi  taklif 
qilinmagan  edi.  Mo‘ljallangan  islohotlarning  tub  mohiyati  va  xususiyatlari 
to‘g‘risidagi tasavvur ham qaror topmagan edi. «Qayta qurish» islohotlari turkumi 
sub'ektiv tarzda, faqat ichki his-hayajonga asoslanib, sinovlar va xatolar usul-amal 
bilan  bir  taraflama  ish  olib  borildi.  Sovet  rahbariyati  aniq  ilmiy  jihatdan  savodli 
ishlab chiqilgan, siyosiy jihatdan asoslab berilgan dasturga ega bolmagan. Shuning 
uchun ham SSSR iqtisodiyoti kutilgan natijalarni bermadi. 
O‘zbekiston  rahbari I.A.Karimov qayta qurish siyosati davrida iqtisodiyotda 
ro‘y  bergan  buzilishlarni  ta'riflar  ekan,  bunday  deb  ta'kidlagan  edi:  «Inqiroz 
sabablari  va  omillarni  toliq  tasavvur  etmagan,  islohotlarning  aniq-ravshan 
dasturiga  ega  bolmagan  butun-butun  iqtisodiy  siyosat  empirik  harakterda  bo‘lib, 
avantyuradan  iborat  tajribalardan,  har  tomonga  og‘ishlardan  boshqa  narsa  emas 
edi». 
Shu  bilan  birga,  Markaz  ozining  ko‘pgina  nuqsonlarini  respublikalar 
zimmasiga  yuklashga  intilardi, hatto  ularni  ishlab  chiqarishning  umumiy  inqirozi, 
pulning  qadrsizlanishi  sharoitida  ham  oziq-ovqat  bilan,  xalq  iste'mol  mollari  va 
moddiy resurslar bilan o‘zlarini ta'minlashga majbur qildi. Bu hol vujudga kelgan 
xo‘jalik aloqalarining buzilishiga, tovar ayirboshlash tadbirlarining natura (barter) 


92 
 
shakliga  otishiga  olib  keldi.  Respublikalar  ortasidagi  xo‘jalik  aloqalar  buzilib, 
mahalliy sanoat ishlab chiqarishi pasayib bordi, tovarlar taqchilligi kuchayib bordi 
va  aholining  yashash  darajasi  pasaydi. Iqtisodiy  inqirozning  chuqurlashishi  SSSR 
va  KPSS  rahbariyatni  siyosiy  islohotlarni  boshlashga  majbur  qildi.  Qayta 
qurishning  uchinchi  davri  boshlandi.  Bu  davrda  asosiy  masala-sovet  jamiyatining 
siyosiy  tizimini  isloh  qilish  edi.  Mavjud  bo‘lgan    ma'muriy-buyruqbozlik 
boshqaruv  apparatni buzib, siyosiy  tizimni  liberallashtirish  lozim  edi,  ya'ni  KPSS 
monopoliyani  bartaraf  qilish,  siyosiy  plyuralizmga  erishish,  hokimiyatni  partiya 
qomitalaridan  Sovetlarga  topshirish.  Respublikalar  suverenitetini  va  inson 
huquqlarini  poymol  qilgan  eski  siyosiy  tizimni  bartaraf  etish  uchun  1990-yil  6-
avgustda 
mamlakat 
Prezidenti 
M.S. 
Gorbachevning 
«Yangi 
Ittifoq 
Shartnomasining  asosi  sifatida  bozor  iqtisodiyotiga  otishning  Ittifoq  dastur- 
Konseptsiyasini tayyorlash haqida» farmoyishi e'lon qilindi. 
80-yillarning  oxiriga  kelib  SSSRda  e'lon  qilingan  oshkoralik  siyosati 
natijasida sovet kishilarining siyosiy ongi, ularning siyosiy faolligi kuchayib bordi, 
norasmiy  jamoa  tashkilotlari  paydo  bo‘lib,  yangi  oliy  organ-  Xalq  deputatlari 
syezdi    o‘tkazila  boshlangan  edi.  Markaz  bilan  ittifoqdosh  respublikalar  ortasida 
vakolatlarni bo‘lib olish yuzasidan muzokaralar boshlangan edi. 
 
1990-yil oxirida SSSRning davlat yaxlitligiga ancha tahdid solgan voqea roy 
berdi. Litva, Latviya, Estoniya, Gruziya, Ozarbayjon uning tarkibidan chiqib ketdi. 
Bu  esa  Markaz  bilan  qolgan  ittifoqdosh  respublikalar  bilan  Yangi  Ittifoqdosh 
Shartnomasi tuzib, imzolashga majbur qildi. 1991-yil iyun oyiga kelib Ittifoqdosh 
Shartnomaning  loyihasi  ishlab  chiqilib,  20-avgustda  uning  imzolanishi 
rejalashtirilgan edi. Lekin KPSS MKi va ittifoq idoralari (Mudofaa va Ichki ishlar 
vazirliklari,  KGB  va  boshqalar)ning  bir  qancha  rahbarlari  vitse-prezidenti 
G.Yanaev  boshchiligida  SSSR  Prezidenti  M.S.Gorbachevni  zo‘ravonlik  bilan  o‘z  
vazifasidan  chetlashtirib,  1991-yil  19-avgust  kuni  favqulodda  holat  davlat 
qo‘mitasini tuzib (GKChP), hokimiyatni o‘z  qo‘liga olishdi. Bu davlat tontarishini 
amalga oshirish harakati edi. Ularning maqsadi Ittifoq hududida yashovchi barcha 
xalqlarning  mustaqillikni  qo‘lga  kiritishlariga,  o‘z  taqdirini  ozlari  hal  qilishlariga 
yol  qoymaslik  edi.  Ammo  qayta  qurish  yillarida  ko‘zi  ochilgan  xalqni  endi  eski 
tuzum  doirasida  qoldirishga,  unga  eskicha  buyruqbozlik  qilishga  urinish  behuda 
edi.  1991-yil  21-avgustda  xalqning  qarshiligiga  uchragan  fitnachilar  taslim 
bolishga  majbur  bo‘ldi.  SSSRning  iqtisodiyotida  o‘rnashib  qolgan  illatlar 
O‘zbekiston  iqtisodiyotiga ham zarar etkazgan edi. 80-yillarga kelib O‘zbekiston  
asosiy  ijtimoiy-iqtisodiy  korsatkichlar  boyicha  ittifoqda  oxirgi  orinlardan  birini 
egallar  edi.  O‘zbekiston    iqtisodiyoti  bir  tomonlama  rivojlanib  borgan.  U  asosan 
SSSRning  xomashyo  bazasiga  aylangandi.  Natijada  respublikada  sanoatning 
xomashyoga birlamchi ishlov berish bilan bog‘liq tarmoqlari ko‘proq rivoj topgan. 
Paxta  bo‘yicha  rejalarning  bajarilishi  partiya  va  Sovet  organlari  rahbarlarining 
ustivor  vazifasi  hisoblangan.  Paxta  yetishtirishning  salmog‘i,  hatto  chor  Rossiya 
davrida  (1913  yilda)  33,2%  tashkil  etgan.  Sovet  davrida  esa  umumiy  yer 
maydonlarining  75  foizini  paxta  tashkil  qilgan.  O‘zbekistonning  amalda  paxta 
etishtirishni  ko‘paytirish  imkoniyati  tugagan  bir  sharoitda  Markaz  O‘zbekistonda 


93 
 
2000 yilga borib paxtaning yalpi hosilini 8  mln. tonnaga etkazish dasturini ishlab 
chiqdi.  Adolatsiz  narx  siyosati  ham  O‘zbekiston    xalqining  turmush  darajasiga 
putur  etkazar  edi.  Bunga  SSSRdagi  ma'muriy-buyruqbozlik  tizimi  va 
respublikaning  o‘z  manfaatlari,  xalqining  manfaatlari  bilan  hisoblashmaydigan 
siyosati  sabab  edi.  Bu  siyosat  orqali  SSSRda  ko‘zboyamachilik,  poraholik, 
laganbardorlik  kabi  illatlar  kuchayib  bordi.  Barcha  darajadagi  ba'zi  xo‘jalik 
rahbarlari  hokimiyatni,  xizmat  lavozimini  suiste'mol  qilar,  g‘arazli  manfaatlarini 
oylab yashar edi. Ammo bu nuqsonlar Markaz tomonidan olib borilgan ma'muriy-
buyruqbozlik siyosatning oqibati edi.  
1984-yildan 
boshlab  KPSS  MK  rahbarligining  topshirig‘i  bilan 
O‘zbekistonga  General  prokuratura  xodimlari  T.Gdlyan  va  Ivanov  boshchiligida 
katta  guruh  tergovchilar  yuborilib,  «paxta  ishi»  nomini  olgan  jinoiy  ish 
qo‘zg‘atilgan  edi.  Markaziy  matbuotda  bu  «O‘zbek  ishi»  degan  nom  olgan. 
Jinoyatchilikka  qarshi  kurashish  niqobi  ostida  Moskvadan  va  boshqa 
respublikalardan  O‘zbekistonga  ketma-ket  turli  tergov  guruhlari  yuborildi. 
Respublihamizga  har  xil  joylaridan  rahbar  kadrlar  kela  boshladi.  1985-yilda 
boshlangan  «qayta  qurish»  siyosati  xalqimizda  o‘z  hayotini  yangilashga,  uni 
yaxshilashga  bo‘lgan    umidni  uyg‘otgan  edi.  Biroq  puxta  oylab  korilmagan 
qarorlar, ularni joriy qilishdagi jiddiy nuqsonlar, ma'muriy siquvning davom etishi, 
«qayta  qurish»ning  puxta  ishlab  chiqilgan  kontseptsiyasining  yoqligi,  xoja  -
korsinga olib borilayotgan tadbirlar, markaz tomonidan oylab topilgan «paxta ishi» 
tufayli  yuz  berayotgan  qonunbuzarliklar  respublikaning  ijtimoiy-siyosiy  ahvolini 
yanada murakkablashtirdi. Ziddiyatli «qayta qurish» siyosati oqibatda republikalar 
orasida iqtisodiy aloqalarning buzilishiga olib keldi, O‘zbekiston  iqtisodiyotidagi 
tangchilik  holati  chuqurlashib  bordi,  sanoat  ishlab  chiqarishining  va  qishloq 
xo‘jaligi samaradorligi pasayib bordi. 
1989-yil  23-iyun  oyida  O‘zbekiston    MQning  birinchi  kotibi  lavozimiga 
I.A.Karimov  saylandi.  Uning  tashabbusi  biian  1989-yil  avgust  oyida  qishloq 
aholiga 90,7 ming gektar yer ajratildi, shu bilan 1,5 mln. ko‘proq oilaning tomorqa 
uchastkalari  kengaytirildi,  580  ming  oila  unga  ega  bo‘ldi.  O‘z  mustaqilligiga 
intilayotgan  O‘zbekistonning  keyingi  qadami  1989-yil  21-oktyabrda  O‘zbekiston 
Oliy  Kengashning  XI  sessiyasida  "O‘zbekiston  ning  Davlat  tili  to‘g‘risida"gi 
qonunning  qabul  qilinishi  edi.  Partiya  yakka  xukmdorligini  bartaraf  etish  va 
hokimiyatni  xalq  deputatlariga  qaytarib  berish  uchun  1990-yil  24-martda  XII 
chaqiriq  O‘zbekiston    SSR  Oliy  Kengashning  I  sessiyasida  boshqaruv  tizimini 
tubdan  isloh  qilish,  prezidentlik  lavozimini  joriy  qilish  tog‘risidagi  qaror  qabul 
qilindi  va  I.A.Karimov  ittifoqdagi  respublikalar  orasida  birinchi  bo‘lib  Prezident 
bo‘lib saylandi. O‘z suverenitetini tiklashda 1990-yil 20-iyun kuni respublika Oliy 
Kengashining  II  sessiyasida  qabul  qilingan  O‘zbekiston    SSR  «Mustaqillik 
Deklaratsiyasi»  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  voqeadir.  Deklaratsiya  12 
moddadan  iborat  bo‘lib,  uning  1-moddasida  «O‘zbekiston    SSRning  demokratik 
davlat  mustaqilligi  respublikaning  o‘z  hududida  barcha  tarkibiy  qismlarini 
belgilashda tashqi munosabatlardagi tanho hokimligidir», deb yozib qoyilgan. Shu 
kundan  boshlab  respublikada  O‘zbekistonning  iqtisodiy  va  siyosiy  hayotiga  doir 
masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi. Shunga muvofiq, 1991-yil 22-iyul kuni 


94 
 
O‘zbekiston    SSR  Oliy  Kengashi  Prezidiumi  qaroriga  binoan  respublikada 
joylashgan  ittifoqqa  boysinuvchi  davlat  korxonalari  va  muassasalari  O‘zbekiston  
SSR huquqiy tobeligiga o‘tkazildi. 
Mazkur  mavzuni  yoritishda  talabalarning  diqqat-e'tiborini  shunga  qaratish 
kerakki,  1990-yil  20-iyun  kuni  qabul  qilingan  «Mustaqillik  Deklaratsiyasi»  va 
1991-yil  31-avgustda  e'lon  qilingan  "O‘zbekiston    Respublikasining  davlat 
mustaqilligi  tog‘risida"gi  qonun  bir-biridan  farq  qiladi.  "Mustaqillik 
Deklaratsiyasi"da yangilangan SSSR tarkibida qolgan, o‘z  suverenitetini tiklagan 
O‘zbekiston  haqida gap ketgan. 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan Qonunda esa 
SSSR  parchalanib  ketganligi  va  mustaqil  davlatga  aylangan  O‘zbekiston  haqida 
gap  ketgan.  Bunday  Qonunning  qabul  qilinishi  Mustaqillik  davrida  qo‘lga 
kiritilgan  yutuqlarning  natijasi  hisoblanadi.  Oliy  Kengash  O‘zbekiston  
Konstitutsiyasini  tayyorlash  komissiyaga  O‘zbekistonning  yangi  Davlat  bayrog‘i, 
Gerbi  va  Madhiyasini  tayyorlash  vazifasini  topshirdi.  Shu  tariqa  xalqimiz  azaliy, 
asriy  maqsadiga-  Vatanimiz  Mustaqilligiga  erishdi.  Dunyo  haritasida  yangi 
mustaqil davlat-O‘zbekiston  Respublikasi paydo bo‘ldi. 
 
II 
O‘zbekiston    mustaqillikka  erishganidan  song  kun  tartibida  jahon 
andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub 
islohotlarni  amalga  oshirish,  ularni  qonun  bilan  mustahkam  laydigan  huquqiy 
tizimni  vujudga  keltirish  vazifasi  turardi.  Chunki  sobiq  sotsialistik  tuzumga  xos 
ijtimoiy  munosabatlar  va  jarayonlar  endilikda  respublikada  barpo  qilinajak  yangi 
jamiyat  manfatlariga  mos  kelmas  edi.  O‘zbekiston  o‘z    rivojlanishida  qo‘ygan 
asosiy  maqsadi-bozor  iqtisodiyotiga  asoslangan  demokratik  davlat  va  fuqarolik 
jamiyat asoslarini barpo etishdir.  
E'lon  qilingan  maqsadlarga  avvalgi  tuzumni  tubdan  buzib  tashlamasdan, 
otmish  odatlaridan  voz  kechmasdan  erishib  bolmasdi.  Shu  tufayli  o‘z  maqsadiga 
erishish uchun biz quyidagi asosiy vazifalarni hal etishimiz lozim edi: 
l. Eski ma'muriy-buyruqboziik tizimini, unga muvofiq bo‘lgan  hokimiyat va 
boshqaruv organlarini tugatish.  
2.  Yangi  davlatchilikning  siyosiy-huquqiy,  konstitutsiyaviy  asoslarini 
yaratish.  O‘zbekiston    o‘z    taraqqiyot  yolini,  avvalo,  mamlakatda  yaratilayotgan 
jamiyat qanday mazmun kasb etishga e'tibor berdi.  
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimovning  fikriga  ko‘ra: 
«Respublikada  sobitqadamlik  bilan  xalqchil,  adolatli  jamiyat  bunyod  etish-bosh 
vazifadir.  
O‘zbekistonda  yangi  demokratik  davlatni  barpo  qilish  rejalarini  ishlab 
chiqishda O‘zbekiston  Prezidenti I.A.Karimovning hissasi katta. O‘z  asarlarida u 
demokratik  jamiyat  qurishning  nazariy  asoslarini  chuqur  tahlil  qildi.  Masalan, 
«O‘zbekiston    -  o‘z  istiqlol  va  taraqqiyot  yo‘li»  (1992);  «O‘zbekiston  -bozor 
iqtisodiyotiga  o‘tishning  o‘ziga  xos  yo‘li»  (1993);  «O‘zbekiston  iqtisodiy 
islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida» (1995); «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: 
xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot  kafolatlari»  (1997); 
«O‘zbekiston  XXI  asrga  intilmoqda»  (1999)  va  boshqalar.  Ushbu  asarlarida 


95 
 
O‘zbekiston    istiqlolining  ham  nazariy,  ham  amaliy  muammolari  ilmiy  jihatdan 
o’rganilib,  jamiyat  siyosiy  rivojining,  iqtisodiy  taraqqiyotining,  ma'naviy 
poklanishning  asosiy  yo’l-yo’riqlari  yangicha  mushoxada  va  yondashuv  bilan 
ko’rsatib berildi.  
Yangi siyosiy, iqtisodiy tizimni barpo qilishda, yangi davlatni tashkil etishda 
asosiy  vazifalardan  biri  uning  huquqiy  poydevorini  yaratishdir.  Har  bir  suveren 
davlatning  huquqiy  asoslaridan  biri,  uning  asosiy  Qonuni-Konstitutsiyasi 
hisoblanadi.  
O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasini yaratish g‘oyasi 1990-yil 20-iyunda 
"Mustaqillik  deklaratsiyasi"ning  qabul  qilinishi  munosabati  bilan  ilgari  surilgan 
edi.  Buning  uchun  Prezident  I.A.Karimov  raisligida  64  kishidan  iborat 
Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo’yicha komissiya tuzilgan edi. 
1991-yil  oktyabr-noyabrda  Konstitutsiya  loyihasining  birinchi  varianti 
tayyorlandi. Ammo 1991-yil 31 -avgustda O‘zbekiston  Mustaqilligi e'lon qilinishi 
bilan, vaziyat o‘zgarib loyihaning ikkinchi varianti ustida ish boshlandi. 1992-yil 
bahorida  loyihaning  149  moddadan  iborat  ikkinchi  varianti  ishlab  chiqildi  va  shu 
yilning  26-sentyabrida  umumxalq  muhohamasi  uchun  matbuotda  e'lon  qilindi. 
Tushgan taklif va mulohazalarni hisobga olib, Konstitutsiyaviy komissiya loyihani 
qaytadan tuzib, 1992-yil 21 -noyabrda muhohamani davom ettirish uchun ikkinchi 
marotaba matbuotda e'lon qildi. 
1992-yil  8-dekabrda  12-chaqiriq  O‘zbekiston    Respublikasi  Oliy 
Kengashining  XI  sessiyasida  «O‘zbekiston    Respublikasi  Konstitutsiyasi»  qabul 
qilindi.  U  128  moddadan,  6  bo’limdan  iborat  edi.  Faqat  milliy  istiqlol,  davlat 
mustaqilligiga  erishish  tufayli  O‘zbekistonning  tamomila  yangi,  inson 
manfaatlarini, 
haq-huquqlarini 
himoya 
qiluvchi 
chinakam 
demokratik 
Konstitutsiyasini yaratishga tarixiy imkoniyat vujudga keldi. 
O‘zbekiston  Konstitutsiyasi quyidagi tamoyillarga tayanadi; 
Davlat suvereniteti;  
Xalq hokimiyatchiligi; 
Fuqarolar huquqlari va erkinliklari
Davlat hokimiyatining bo‘linishi; 
Mahalliy o‘z-o‘zini boshqarishi. 
O‘zbekiston    Konstitutsiyasining  qabul  qilinishi  mamlakatimiz  hayotida 
katta  ahamiyatga  ega  bo‘lgan    voqea  bo‘ldi.  U  mamlakatda  huquqiy,  siyosiy, 
iqtisodiy islohotlar uchun asos bo‘ldi. Konstitutsiya barqarorligini va uzoq muddat 
amal  qilishini  ta'minlash  maqsadida  Konstitutsiyaga  o‘zgartirishlar  va 
qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan. 
Demokratik 
huquqiy 
davlatni 
tuzish 
uchun 
eng 
avvalo 
davlat 
boshqaruvining  hozirgi  zamonaviy  tizimini  shakllantirish  talab  qilinadi.  Davlat 
boshqaruvi  xususida  tuzilayotgan  tizimning  asosi  Prezident  boshqaruvi  bo‘ldi. 
Prezidentlik  boshqaruvi,  mustaqil  davlat  va  respublikadagi  ijrochi  hokimiyatning 
boshlig‘i  bo’lmish  Prezidentning  haq-huquqlari  va  vakolatlari  Prezidentni 
umumxalq  tomondan  saylanishida  tasdiqlanadi  (Konstitutsiya,  XIX  bob,  89-90 
modda).  


96 
 
Konstitutsiyaga  ko’ra,  O‘zbekiston    Respublikasi  ijroiya  hokimiyati 
Prezidentlik  hokimiyati  va  Vazirlar  Mahkamasidan  iborat  Respublika  Prezidenti 
qoshida  ijro  etuvchi  hokimiyat  devoni  tuzilgan  bo‘lib,  unga  Prezident  rahbarlik 
qiladi.  Vazirlar  Mahkamasi  Prezident  tomonidan  tuzilib,  parlament  tomonidan 
tasdiqlanadi.  Vazirlar  Mahkamasi  1990-yil  noyabrda  tashkil  topib,  mustaqillikka 
erishgandan  song  davlat  mustaqilligini  ta'minlovchi  organlardan  iborat:  Mudofaa 
Vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki Ishlar Vazirligi, davlat bojxona va soliq 
qo’mitasi,  shuningdek  tashqi  aloqalarni  ta'minlovchi  organlar  vujudga  keldi: 
Tashqi  ishlar  Vazirligi,  Tashqi  iqtisodiy  aloqalar  Vazirligi,  Tashqi  iqtisodiy 
faoliyat  bilan  shug‘ullanuvchi  Milliy  Bank,  Iqtisodiy  rivojlanishni  ta'minlovchi 
organlar:  Davlat  statistika  qo’mitasi,  Respublika  ulgurji  va  birja  savdosi 
aktsionerlik  assotsiatsiyasi,  Respublika  xomashyo  birjasi,  Moliya  Vazirligi  va 
boshqalar. 
Ijro  etish  hokimiyatining  faoliyati  parlament  tomonidan  qabul  qilingan 
qonunlar bilan belgilanadi. Huquqiy demokratik davlatning asosoiy tamoyillaridan 
biri-Qonun  ustuvorligidir.  Demokratik  jamiyat  hayotida  qonunning  o‘rni  beqiyos. 
Qonunlarning sifati ularni qabul qilayotgan parlament a'zolariga bog‘liq. Ma'lumki, 
1990-yil  18-fevralda  O‘zbekiston    Oliy  Kengashining  navbatdagi  yangi  tarkibi 
saylandi va u 1990-1994-yillarda faoliyat ko’rsatdi, Oliy Kengash sovet davrining 
koldigi  bo‘lib,  shu  bilan  birga  O‘zbekistonning  mustaqilligini  ta'minlashda  yangi 
qonunchilik  tizimini  vujudga  keltirishda  muhim  ro’l  o’ynadi.  Oliy  Kengash 
mamlakatimiz  tarixida  birinchi  bor  Prezidentni  sayladi:  «Mustaqillik 
Deklaratsiyasi»ni, «Davlat mustaqilligi asoslari to’g‘risida» qonunni, O‘zbekiston  
Respublikasi Konstitutsiyani ishlab chiqdi va qabul qildi. 1990-1994-yillarda Oliy 
Kengash  200ga  yaqin  qonun,  500dan  ziyod  qaror  qabul  qildi.  Ammo  yangi 
demokratik  davlat,  Fuqarolik  jamiyatini  barpo  qilish  uchun  yangi  turdagi,  zamon 
talabiga javob beradigan parlamentni tashkil qilish kerak edi. 
1993-yil  28-dekabrda  bo‘lib  o’tgan  Respublika  Oliy  Kengashining  XIV 
sessiyasida  «O‘zbekiston    Respublikasi  Oliy  Majlisiga  saylovlar  to’g‘risida»; 
1994-yil  22-sentyabrda  bo‘lib  o’tgan  XVI  sessiyada  «O‘zbekiston    Respublikasi 
Oliy Majlisi tog‘risida» Qonunlar qabul qilindi. 
1994-yil  25-dekabrda  yangi  parlamentga-Oliy  Majlisga  saylov  bo‘lib  o’tgan 
edi.  Birinchi  marta  bu  saylov,  Konstitutsiya  talabiga  ko’ra,  (Konstitutsiya;  77 
modda)  ko‘ppartiyaviylik  asosida  o’tkazildi.  Saylovda  ikki  partiya,  Xalq-
demokratik partiyasi va «Vatan taraqqiyoti» partiyalari ishtirok etishdi.  
Oliy  Majlisga  250  deputat  saylandi.  Bu  yangi  parlamentni  demokratik  yo’l 
bilan  shakllantirishning  mamlakatimiz  tarixidagi  ilk  tajribasi  bo‘ldi.  Oliy  Majlis 
o’zining  shakllanishi,  faoliyat  korsatishi,  ish  yuritish  tartiblari  bilan  avvalgi  Oliy 
Kengashdan farq qiluvchi Oliy davlat o‘rganidir:  
1.  Oliy Majlis deputatlar saylovi ko‘ppartiyaviylik va muqobillik asosida 
o‘tkazildi. 
2.   Saylovlar  tashkil  qilishda  sinfiy  yondashuv  nodemokratik  tamoyil 
sifatida rad etildi. 


97 
 
3.   Oliy  Majlis  doimiy  amal  qiluvchi  parlament  sifatida  faoliyat 
yuritmoqda, ya'ni deputatlarning bir qismi parlament tarkibida doimiy 
ishlamoqda. 
O‘tgan  yillar  mobaynida  erishgan  yutuqlar  bilan  birga  yangi-yangi 
muammolar  vujudga  keldi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov 
aytganidek:  «Qonunchilik  faoliyatimizdagi  kamchiliklarni  tanqidiy  baholab, 
bartaraf etish, qonunlarimizning mukammal  va izchil bolishiga erishmog‘imiz va 
eng  muhimi,  barcha  huquqiy  davlatlar  qatorida  qonun  asosida  yashashni 
organishimiz  zarur.  Shu  bilan  birga,  qonunchilik  va  meyoriy  asoslarni 
shakllantirish  jamiyatni  o’zgartirish  va  isloh  qilish  jarayonidan  oldinroq  yurishi 
kerak». Shuni tan olishimiz kerakki: 
1. Aholimizning siyosiy faolligi hali zamon talablari darajasida emas, balki 
eski andozalardan to’liq qutula olmadik. 
2.  Siyosiy  partiyalar  va  harakatlar  jamiyatimizning  turli  sohalarida  o’ziga 
munosib  o’rin  egallab  olishmagan.  Buning  uchun  ular  aniq  maqsadlariga,  puxta 
ishlab chiqilgan dasturlarga ega bo’lish lozim. 
3. OAV shu paytgacha demokratik qadriyatlarni himoya qiladigan, davlat va 
mansabdor  shaxslarning  faoliyatini  nazorat  qiluvchi  to’rtinchi  hokimiyatga 
aylanmagan. 
Bu  va  boshqa  dolzarb  muammolarni  yechish  uchun  oldimizda  quyidagi 
vazifalar turibdi:  
a. Jamiyat va davlatning turli sohalarini yanada erkinlashtirish;  
b.  aholining  siyosiy  madaniyatini,  siyosiy  faolligini  oshirish,  jamiyatda 
manfaatlar va  qarama-qarshi kuchlar o‘rtasida  muvozanatni ta'minlaydigan  kuchli 
mexanizmni shakllantirish. 
Bu  vazifalarni  bajarish  uchun  Oliy  Majlisning  qonunchilik  faoliyatini 
takomillashtirish  zarur  edi.  2002-yil  27-yanvar  kuni  O‘zbekistonda  o‘tkazilgan 
umumxalq  referendumi  natijasida  siyosiy  tizimni  takomillashtirish  masalasi  hal 
qilindi,  ya'ni  ikki  palatali  Oliy  Majlisga  o’tish  va  Prezident  vakolatlarini  5-yildan 
7-yilga o’zgartirishga qaror qilindi. 
Referendum  natijasiga  tayanib  ikkinchi  chaqiriq  Oliy  Majlisning  X 
sessiyasida  «O‘zbekiston    Respublikasi  Oliy  Majlisning  Qonunchilik  palatasi 
to’g‘risida»gi  qonunlar  qabul  qilindi.  Bu  qonunlar  asosida  O‘zbekiston 
Respublikasi  Konstitutsiyasiga  o’zgartirishlar  kiritildi  (Konstitutsiya:  XVIII-XX: 
XXIII  boblar).  2004-yil  26-dekabrda  ikki  palatali  Oliy  Majlisning  Qonunchilik 
palatasiga  saylov  bo‘lib  o’tgan.  Unda  beshta  partiya  (XDP:  «Adolat»:  «Milliy 
tiklanish»: «Fidokorlar»: Lib.DP) ishtirok etgan. 
Ikki palatali Oliy Majlisga bo‘lgan  saylovdan quyidagi xulosa kelib chiqadi: 
-saylovlar  biz  uchun  chinakam  demokratiya  maktabi,  xalqimizning  siyosiy 
saviyasini oshirish uchun sinov bo‘lgan; 
-ikki  palatali  parlamentga  saylovlar  o‘tkazish  tizimi  va  jarayonining  o‘zi 
mavjud siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari faolligi va mas'uliyatining ortishiga 
olib keldi; 
-saylovlar  saylovchilarning  siyosiy  va  fuqarolik  saviyasining  yetukligini 
namoyon qildi; 


98 
 
O‘zbekistonda  ikki  palatali  parlamentni  shakllantirishdan  ko’zlangan 
maqsadlar quyidagidan iborat: 
-parlament o‘z vakolatlarini samarali amalga oshirishi, har tomonlama asosli 
va puxta qonunlar, qarorlar qabul qilinishi uchun zarur bo‘lgan  o‘zaro muvozanat 
va cheklovlar tizimini yaratish
-parlamentning qonun ijodkorligi borasidagi ishining sifatini keskin oshirish; 
-siyosiy partiyalarning faolligini, jamiyatdagi tutgan o‘rini oshirish uchun; 
-senat  tarkibining  asosan  mahalliy  Kengashlar,  hududlarning  vakillaridan 
iborat bolishini hamda vakillik vazifasini bajarishini inobatga olib, umumdavlat va 
hududiy manfaatlarning mutanosibligiga erishish
-aholining  mamlakat  ijtimoiy  va  siyosiy  hayotidagi  ishtiroki  ko’lami  va 
faolligini  yanada  kengaytirish.  Markaziy  hokimiyat  organlarini  isloh  qilish  bilan 
birga yangi mahalliy hokimiyat tizimi tashkil etildi, ya'ni viloyat, tuman, shaharlar 
tarkibidagi  tumanlar,  shahar,  qishloq  doirasidagi  hokimiyat  muassasalari  tuzildi. 
Mahalliy  hokimiyat  tizimini  shakllantirish  sohasida  bir  qator  qonun  va  rasmiy 
hujjatlar  qabul  qilindi.  Ular  orasida  O‘zbekiston    Respublikasi  Konstitutsiyasi 
(XXI  bob)  «Mahalliy  davlat  hokimiyat  tog‘risida»gi  qonun  (1993-yil  sentyabr), 
«Fuqarolarning  o‘zini-o‘zi  boshqarish  idoralari  haqida»gi  qonun  (1993-yil 
sentyabr),  «Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman,  shahar  Kengashlariga  saylovlar 
to’g‘risida»gi qonun (1994-yil may) kabilar muhim orin egallaydi. Shu qonunlarga 
tayanib viloyat, shahar va tumanlarda hokim lavozimi ta'sis etildi. Viloyat, tuman, 
shahar  hokimi  mahalliy  hududni  oliy  mansabdor  shaxs  sifatida  tegishli  hudud 
ijroiya hokimiyatni boshqaradi. 
O‘rta Osiyoda kishilarning hayoti mahallada otib boradi. O‘zbekistonda o‘z-
o‘zini  boshqarish  organlarining  asosiy  elementi  fuqarolarning  yig‘inlari 
hisoblanadi.  Mahalla  esa  o‘zini-o‘zi  boshqarishning  asosiy  bog‘inidir.  Mahallada 
har  bir  kishining  taqdiri,  orzu-umidi,  hayotga  va  odamlarga  munosabati  qat'iy 
nazoratda  turadi.  Shu  bilan  birga  mahallachilik  uzoq  an'analarga  va  xalqimiz 
tarixiga,  uning  boy  ma'naviy-axloqiy  udumlariga  bog‘liq  bo‘lgan    ulkan  hayot 
maktabidir.  Demokratik  davlatni  qurishda  sud  hokimiyati  muhim  o‘rin  egallaydi. 
Faqat  odil  sudlov  tizimi  mavjud  bo‘lsa,  jamiyatdagi  tartib,  intizom,  barqarorlik, 
qonunga  bo‘lgan  ishonch,  hurmat  mavjud  bo‘ladi.  Shuning  uchun  Mustaqillik 
yillarida sud islohotlarini izchillik bilan o‘tkazishga alohida e'tibor berildi. 
O‘zbekiston    Respublikasining  sud  tizimi  besh  yil  muddatga  saylanadigan 
O‘zbekiston    Respublikasi  Konstitutsiyaviy  Sudi,  Oliy  Sudi,  Oliy  xo‘jalik  Sudi, 
Qoraqalpog‘iston  Respublikasining  Oliy  sudi,  xo‘jalik  sudi,  viloyat  sudlari, 
Toshkent shahar sudi, tuman, shahar xo‘jalik sudlaridan iborat (Konstitutsiya XXII 
bob).  Sud  tizimini  isloh  qilish  uchun  bir  qator  qonunlar  qabul  qilingan:  «Sudlar 
to‘g‘risida»gi  qonun  (1993,  sentyabr),  «Jatniyat  kodeksi»  va  «Jamiyat-ijroiya 
kodeksi»  (1996-yil  dekabr).  O‘zbekistonda  mustaqillik  yillari  davomida 
o‘tkazilgan  siyosiy,  sud  islohotlari  yangi  demokratik  davlat  poydevorini  qurish 
imkonini berdi.  
III 
O‘zbekiston  demokratik islohotlarni amalga oshirar ekan, fuqarolik jamiyat 
asoslarini  qurishga  intilmoqda.  Buning  ma'nosi  shuki,  boshqaruvning  turli  xil 


99 
 
vazifalari bevosita xalqqa topshiriladi, o‘zini-o‘zi boshqarish o‘rganlari rivojlanib 
boradi.  «Fuqarolik  jamiyati»  va  «jamiyat»  tushunchalari  aynan  bir  narsa  emas. 
Jamiyat-  bu  kishilar  umumiyligi,  davlatning  barcha  belgilarini  ham  o‘z    ichiga 
oladigan  birligi.  «Fuqarolik  jamiyati»  -bu  jamiyatning  bir  qismi  bo‘lib, 
hokimiyatning  davlat  o‘rganlari  va  boshqaruvidan  tashqari  qismidir.  Fuqarolik 
jamiyatning  yetuklik  darajasi  fuqarolarning  siyosiy  va  jamoat  tashkilotlariga 
birlashish darajasi, siyosiy va jamoat tashkilotlarining ta'siri va taraqqiyot darajasi 
bilan belgilanadi. «Fuqarolik jamiyati, -deb yozadi I.A. Karimov, -ijtimoiy makon. 
Bu  makonda  qonun  ustuvor  bo‘lib,  u  insonning  o‘zini-o‘zi  hamol  toptirishiga 
mone'lik qilmaydi, aksincha, yordam beradi». 
Fuqarolik  jamiyati  huquqiy  davlatga  asoslanib,  shakllanadi  va  rivojlanadi. 
Faqat  inson  huquqlari  va  erkinligi  ta'minlangan  va  kafolatlangan  holda  fuqarolik 
jamiyati shakllanadi. Huquqiy  demokratik jamiyatni  barpo etish  aholining  siyosiy 
faolligi  va  siyosiy  madaniyati,  odamlarning  yangi  demokratik  qadriyatlarni  idrok 
etish  masalalari  bilan  bog‘liq.  Shu  jihatdan,  fuqarolik  jamiyatning  asosiy 
belgilaridan  biri-ko‘p  partiyaviylik.  Siyosiy  partiyalarning  vujudga  kelishi  va 
ularning  faoliyati  demokratik  jamiyat  uchun  zarur  bo‘lgan    siyosiy  muxolifatni 
shakllantirdi.  
«Shuni yaxshi uqib olishimiz kerak, -degan edi I.A.Karimov. - Jamiyatimiz 
tuzilmalarida  muvozanatni  saqlaydigan,  kuchli  ommaviy,  jamoat  birlashmalari 
bolmas  ekan,  davlat  hokimiyatning  barcha  bog‘inlarida  o‘zboshimchalik, 
volyuntarizm,  avtoritar  tafakkur  va  boshqaruv  apparatining  komiptsiyasi  singari 
illatlar  bo‘lmasligiga  jiddiy  kafolat  ham  bolmaydi».  Mamlakatimizda  siyosiy 
partiyalar, jamoat tashkilotlari vujudga kelishi va faoliyat yuritishi uchun huquqiy 
asoslar  yaratildi:  «O‘zbekistonda  jamoat  tashkilotlari  to’g‘risida»  (1991-yil  15-
fevral),  «Vijdon  erkinligi  va  diniy  tashkilotlar  to’g‘risida»  (1998-yil  28-aprel), 
«Kasaba uyushmalari, ular faoliyatining huquq va kafolatlari tog‘risida» (1992-yil 
2-iyul),  «Siyosiy  partiyalar  tog‘risida»  (1996-yil  dekabr)gi  Qonunlari.  Nodavlat, 
jamoat tashkilotlari orasida eng muhim ro’lni siyosiy partiyalar o’ynaydi. 
Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish