O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti kafedra



Download 44,07 Kb.
bet1/7
Sana07.07.2022
Hajmi44,07 Kb.
#754665
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Dunyoning siyosiy xaritadagi o’zgarishlar


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
YURIDIK FAKULTETI
Kafedra: Falsafa va milliy g’oya
Fan: Geosiyosat asoslari


KURS ISHI


MAVZU: Dunyoning siyosiy xaritadagi o’zgarishlar


Bajardi:
Tekshirdi: A.Samadov
Samarqand 2021
Kirish……………………………………………………………………....3
I Bob. Dunyo siyosiy xaritasining tarixan shakllanish davri……….….6
1.1.Siyosiy xaritaning tuzilishi. Mamlakat tasnifi……………………..…..6
1.2.Siyosiy xaritaning shakillanish tarixi………………………………….13
Asosiy qism
II bob. Yangi davrda dunyo siyosiy xaritasining o'zgarishi omillari…17
2.1.Yangi davrda siyosiy xaritaning shakillanish tarixi………………..….17
2.2. Dunyo siyosiy xaritasida O'zbekistonning o'rni…………………..…..19
Xulosa…………………………………………………………………….21
Foydalangan adabiyotlar…………………………………………….…..24


Kirish
Geosiyosat to‘g‘risida fikr-mulohaza yuritishdan oldin bu tushunchaning mazmun-mohiyati va ahamiyati, uning fan sifatida shakllanishi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish zarur. Shu nuqtayi nazardan bu bo‘limda geosiyosat fani, fanning shakllanishi bosqichlari va asosiy kategoriyalari, davlat kuch-qudrati va geosiyosat, siyosat va geografiya fani o‘rtasidagi aloqadorlik haqida ma’lumot­larga ega bo‘lasiz. Bundan tashqari, geosiyosatning fan sifatida shakllanishiga behisob hissa qo‘shgan olim va siyosatchilar, geosiyosatdagi mavjud yo‘nalishlar hamda dunyo geosiyosatlar, gesiyosiy rivojlanishining asosiy paradigmalari to‘g‘risida qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishamiz.
Geosiyosat — turli siyosiy jarayonlarning geografik sharoit (muhit)ga bog‘liq holda rivojlanishini o‘rganadigan fandir. XX asrda dunyo siyosiy xaritasining tubdan o‘zgarishi, hududiy, ijtimoiy-ekologik va demografik muammolarning keskinlashuvi geosiyosat faniga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirib yubordi.
Geosiyosat fanini o‘rganish geografiya, tarix, demografiya, etnografiya, dinshunoslik, ekologiya, sotsiologiya, harbiy fanlar, siyosatshunoslik va boshqa fanlar bo‘yicha ham bilimlarga ega bo‘lishni taqozo etadi.
Geosiyosat tushunchasini fanga birinchi bo‘lib, 1916-yilda shvetsiyalik olim Rudolf Chellen kiritgan. Uning fikricha, har qanday davlat bir butun geografik organizm sifatida qaralmog‘i lozim.
Geografik organizmni ma’lum bir landshaft sifatida o‘rganish mumkin. Landshaft o‘z navbatida tabiiy, hududiy, ijtimoiy, iqtisodiy majmua bo‘lib hisoblanadi.
Geosiyosat fani siyosiy geografiya asosida shakllandi va rivojlandi.
Siyosiy geografiya jahondagi davlatlarning turg‘un (statik) holatdagi tavsifini tuzish bilan shug‘ullanadi. Siyosiy geografiyani ko‘proq davlatlarning joylashishi, hududining shakli, o‘lchamlari, chegaralari, xo‘jaligi, aholisining savodxonlik darajasi, madaniyati qiziqtiradi.
Geosiyosat fani siyosiy jarayonlarning geografik makondagi o‘zaro aloqalarini, ularning Yerga va madaniy omillarga ta’sirini o‘rganadi. Geosiyosat fani asosiy e’tiborni tabiiy muhit omillarini harbiy-siyosiy, iqtisodiy va ekologik xavfsizlik maqsadlarida faol foydalanishga qaratadi.
Geosiyosat fanining o‘rganish obyekti: sayyoraviy (planetar) makon, geosiyosat jarayonlar va hodisalardir. Sayyoraviy makonga quruqlik, suvlik (Dunyo okeani), havo qobig‘i, davlatlar va ular­ning resurslari kiradi.
Geosiyosatning asosiy vazifasi, ya’ni o‘rganish predmeti say­yoraviy makonni nazorat qilishdir.
Bunda geosiyosiy omillarni o‘rganish va baholash muhim ahamiyatga ega. Geosiyosiy omillarga quyidagilar kiradi.
— geografik (geografik o‘rni, tabiiy resurslari);
— siyosiy (siyosiy tuzumi, davlat chegaralari, jamiyatning ijti­moiy tarkibi, asosiy erkinliklarning mavjudligi);
— iqtisodiy (ishlab chiqarish kuchlarining quvvati va tarkibi, aholining turmush darajasi, strategik zaxiralar va zafarbarlik (mo- bilizatsion) quvvatlari;
— harbiy (qurolli kuchlarning kattaligi, quvvati, harbiy tayyor- garligi, harbiy kadrlarni tayyorlash holati);
— demografik (aholi soni, o‘sish sur’ati, zichligi va tarkibi);1
— madaniy-ma’rifiy (konfessalar, millat va elatlar, mehnat an’analari, ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlashning rivojlanganligi, urbanizatsiya darajasi va boshqalar). Yuqoridagi omillarni geosiyosiy jihatdan tahlil qilish uchta yo‘nalishda olib boriladi: a) ijtimoiy-siyosiy vaziyatni ularning ma’lum bir hudud va davr doirasida rivojlanishi bilan bog‘liq holda tadqiq etish; b) ma’lum bir hudud to‘g‘risidagi haqiqiy ma’lumotlarni ayrim hollarda tamomila qarama-qarshi tasavvurlar bilan taqqoslash; d) makonni o‘zgartirish bo‘yicha siyosiy strategiyani amalga oshirishni bashoratlash. Geosiyosat— turli siyosiy jarayonlarning geografik sharoitga bog‘liq holda rivojlanishini o‘rganadigan fan. Geosiyosat tushunchasini fanga birinchi bo`lib, 1916-yilda shvetsiyalik olim Rudolf Chellen kiritgan.  global miqyosdagi bir necha siyosiy jarayonlar ta’sirida shakllangan. Shularning ichida Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari hamda ularning oqibatlari bilan bog`liq holda davlatlarning vujudga kelishi, mustamlaka tizimining yemirilishi hamda bir necha o`nlab mustaqil davlatlarning barpo bo`lishi, qo`shilmaslik harakatining rivojlanishi va boshqa jarayonlar e`tiborga loyiqdir. Jahon siyosiy xaritasining shakllanishida XX asr 80-yillarining so`nggi va 90-yillarining boshlarida bo`lib o`tgan siyosiy voqealar: ikki nemis davlatining qo'shilib, yagona Germaniya davlatining tashkil etilishi, Chexoslovakiya o'rnida Chexiya va Slovakiya mustaqil respublikalarining barpo bo'lishi, Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasining parchalanib ketishi natijasida suveren Xorvatiya, Sloveniya, Makedoniya, Bosniya va Gersogovina respublikalari hamda Serbiya va Chernogoriya davlatlarining shakllanishi va, ayniqsa, sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi oqibatida, dastlab Litva, Latviya va Estoniya, keyinchalik esa Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Belarus, Moldova, Gruziya, Armeniya, Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekiston rcspublikalarlarning mustaqil davlatlar sifatida dunyo siyosiy kartasida o‘z o'rinlariga ega bo'lishi juda muhim ahamiyat kasb etdi. Dunyo siyosiy xaritasidagi davlatlar va mamlakatlar nisbati hamda soniga dastlab (1997-yil, 1-iyulda) Buyuk Britaniya mustamlakasi Gonkong (Syangan)ning, keyinchalik (1999-yil, dekabr oyida) Portugaliya mustamlakasi Makao (Aomin)ning Xitoy Xalq Respublikasi tarkibiga kirishi, 2000-yilda esa BMT tomonidan Indoneziya tarkibida bo'lgan Sharqiy Timorga alohida maqom berilishi hamda 2008-yilda Chernogoriyani Serbiya va Chernogoriya Federatsiyasidan chiqib mustaqillikka erishishi ham ma`lum ta`sir ko`rsatdi. Undan tashqari, 2011-yilda Janubiy Sudan Sudan tarkibidan ajralib chiqdi.  Hozirgi vaqtda dunyo siyosiy xaritasida 227 mamlakat mavjud bo'lib, ulaming 149 tasi respublika, 45 tasi monarxiya, 9 tasi mustamlaka, 21 tasi boshqa (masalan, "hamdo`stlik” tarkibidagi mamlakatlardan tashkil topgan, Buyuk Britaniya general gubernatori boshqaradigan Karib dengizi havzasidagi hamda Fransiyaga qarashli "Okeaniya”dagi mamlakatlar) shaklidagi mamlakatlar hamda 3 tasi maqomi noma`lum mamlakatlardir


Download 44,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish