Gumanitar fanlar



Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/16
Sana05.01.2021
Hajmi0,86 Mb.
#54834
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
tarix




 
 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI 
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI  
 
 
 
 
 
 
“GUMANITAR FANLAR”  КАFEDRASI 
 
 
 
 
 
 
 
 
O’ZBEKISTON TARIXI FANIDAN 
( uslubiy qo’llanma) 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent - 2015 
 



 
1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy – 
metodologik asoslari, manbalari va ahamiyati. Markaziy Osiyo jahon 
sivilizatsiyasining ajralmas qismi. 
 
Reja: 
1.  Tarixning  fan  sifatidagi  o‘rni.  Vatanimiz  tarixining  predmeti  va  o‘rganish 
ob'yektlari. 
2. Tarixni o‘rganishning ilmiy-nazariy va uslubiy asoslari, manbalari. 
3. Sivilizatsiya tushunchasi va uning vujudga kelishidagi tarixiy sharoitlar. 
4.  O‘rta      Osiyoda      ijtimoiy    taraqqiyotning      paydo      bo‘lishi.  Ibtidoiy  jamiyat  
bosqichlari va  uning asosiy belgilari. 
5.    Mintaqadagi  qadimgi  madaniyat,  aholining    diniy  e'tiqodlari.  "Avesto"   
Zardushtiylikning muqaddas  kitobi. 
 
O'zbekistonning  davlat  mustaqilligi  xalqimizning  uzoq  yillar  davomida  olib 
borgan  og'ir  va  mashaqqatli  kurashining  qonuniy  natijasidir.  Vatanimiz  tarixi 
mustaqillik xalqimizga nihoyatda qimmatga tushganidan, bu yo'lda katta qurbonlar 
berilganligidan guvohlik beradi. Endilikda xalqimizning o'z taqdiri o'z qo'lida, o'z 
mamlakatining mustaqilligini mustahkamlash yo'lida astoydil mehnat qilmoqda. 
O'zbekiston  mustaqillik  tufayli  xalqaro  maydonga  chiqdi,  davlatimiz 
mustaqilligini  dunyodagi  barcha  nufuzli  davlatlar  tan  oldi,  jahon  hamjamiyatiga 
qo'shildi,  barcha  katta-yu  kichik  mamlakatlar  doirasida  o'zining  munosib  o'rnini 
egalladi. 
O'zbekiston  Respublikasi  Markaziy  Osiyo  mintaqasida,  Amudaryo  va 
Sirdaryo oralig'ida joylashgan bo'lib, qadim zamonlardan beri Sharq bilan G'arbni 
bog'lab  kelgan.  Uning  maydoni  447,4  ming  kv.kmni  tashkil  etib,  G'arbdan 
Sharqgacha  1425  kmga,  Shimoldan  Janubgacha  930  kmga  cho'zilgan.  U 
hududining  hajmiga  ko'ra  dunyodagi  200  dan  ortiq  davlatlar  orasida  56-o'rinni 
egallaydi.  
Respublikamiz  aholisi  31  milliondan  ortiq  bo'lib,  jahonda  35  o'rinda  turadi. 
Aholini  to'rtdan  uch  qismiga  yaqini  o'zbeklardir.  Sayyoramizda  1600  dan  ortiq 
millat va elat yashaydi. O'zbek millatiga mansub aholi son jihatidan dastlabki ellik 
yirik  millatlar  qatoridan  joy  oladi.  O'zbekistonda  130  dan  ortiq  millat  va  elat 
yashaydi,  ulardan  to'rtdan  bir  qismi  ruslar,  tojiklar,  qozoqlar,  qoraqalpoqlar, 
tatarlar,  uyg'urlar,  koreyslar,  ukrainlar,  armanlar  va  boshqalar.  Respublika 
aholisining yarmidan  ko'proq  qismi  qishloq joylarida  istiqomat qiladi. 
Har  qaysi  mamlakat,  har  bir  xalq  o'zining  uzoq  va  betakror  tarixiga  ega 
bo'lganidek,  O'zbekistonning,  o'zbek  xalqining  tarixi  ham  boy  va  sermazmundir. 
Qadim  zamonlardayoq  Turon,  Turkiston  deb  e'tirof  etilgan  ona  Vatanimiz  turli 
tarixiy  yozma  va  arxeologik  manbalarga  ko'ra  Xitoy,  Hindiston,  Eron,  Misr,  Rim 
kabi qadimiy  va buyuk mamlakatlar qatori dunyoda mashhurdir. Vatanimiz jahon 
tarixining  turli  xalqlar,  sivilizatsiyalar  tutashgan  eng  qaynoq  shiddatli 
chorrahalaridan biri bo'lib, bu zaminda mahalliy aholining fors, hind, xitoy, yunon, 
arab,  rus  xalqlari  bilan  ma'lum  darajada  aralashuvi  sodir  bo'lgan,  ularning 



 
madaniyati,  fani,  san'ati  va  umuman  turmush  tarzi  bir-biridan  baxra  olgan, 
mushtaraklashgan. 
Tariximiz  ildizlari  necha-necha  ming  yillarga  borib  taqaladi.  O'zbekiston 
xalqining boy va qadimiy davlatchilik tajribasi bor. Hozirgi O'zbekiston hududida 
dastlabki  mustaqil  davlat  tuzilmalari  miloddan  avvalgi  birinchi  ming  yillik 
boshlaridayoq  paydo  bo'lib,  qariyb  3000  yil  davomida  takomillashib  borgani  va 
dunyo davlatchiligi rivojida eng yuksak darajaga ko'tarilgani jahonga ma'lum.  
Tariximizni  o'rganar  ekanmiz,  yana  shuni  inobatga  olmoq  lozimki,  o'zbek 
davlatchiligi  sarhadlari  hozirgi  mustaqil  respublikamiz  hududidan  ancha  keng 
bo'lgan.  Shu  boisdan  ham  turli  davrlarni  o'rganishda  Markaziy  Osiyoga  oid 
ma'lumotlar  ham  yoritiladi  va  bu  tarixiy  jarayonni  to'laroq  anglashga  yordam 
beradi. 
Tarix - arabcha so'z bo'lib, "tadqiq etish", "tekshirish", "voqealar haqida aniq 
hikoya  qilish"  ma'nolarini  anglatadi.  Tarix  insonlar  haqidagi,  ularning  uzoq 
o'tmishdan bizgacha yetib kelgan hayotiy tajribasi haqidagi fandir. 
"O'zbekiston  tarixi"  fanining  predmeti  xalqimizning  eng  qadimgi 
zamonlardan to hozirgi kunlargacha bosib o'tgan uzoq va murakkab tarixiy yo'lini, 
ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy,  madaniy  va  ma'naviy  hayotini  xolisona  o'rganishdan, 
tushuntirishdan iboratdir. 
O'zbekiston  tarixi  ajdodlarimizning  yashash  uchun  kurash,  uzluksiz  mehnat 
tufayli  takomillashib  borish  va  hozirgi  odamlar  darajasiga  ko'tarilish  jarayonini, 
dini, yozuvi, ilm-fani, adabiyot va san'atini yoritadi. Vatanimiz tarixi o'zbeklarning 
xalq,  millat  bo'lib  shakllanish  jarayonini,  ajdodlarimiz  qoldirgan  boy  ma'naviy 
merosni,  davlatlarning  tashkil  topishi  va  ularning  ichki  va  tashqi  siyosatini 
o'rgatadi.  Vatanimiz  tarixi  xalqimizning  ma'lum  bir  davrlarda  boshqa  davlatlarga 
qaram  bo'lib  qolganligini,  qaramlik  azobining  naqadar  ayanchli,  mashaqqatli 
bo'lganligini,  ajdodlarimizning  ajnabiy  bosqinchilarga  qarshi  mustaqillik  va 
ozodlik uchun kurashini va bunda mardlik, jasorat ko'rsatgan xalq qahramonlari va 
davlat arboblari faoliyatlarini keng, teran o'rgatadi. 
O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimovning  "Tarixiy  xotirasiz 
kelajak  yo'q"  risolasida  va  boshqa  asarlarida  olg'a  surilgan  tariximizga  tegishli 
dolzarb masalalar o'tmishimizni o'rganishda muhim nazariy va konseptual-uslubiy 
poydevor rolini o'ynaydi. 
I.A.Karimov  o'tmishni  o'rganishda  tarixiy  tahlilni  ilmiy  jihatdan  xolisona  va 
halol  amalga  oshirish  asosiy  vazifadir,  deb  uqdirgan  edi.  Bu  vazifani  amalga 
oshirish  O'zbekiston  tarixi  fanini  o'rganishning  ilmiy  va  uslubiy  asoslariga 
tayanishni talab etadi.  
Insoniyat tarixini, tarixiy voqea, hodisalarni to'g'ri yoritish va o'rganish uchun 
bir qator muhim nazariy-metodologik prinsiplarga tayanmoq zarur. 
Dialektik  metod  ana  shunday  prinsiplardan  biridir.  Insoniyat  hayoti,  jamiyat 
taraqqiyoti  dialektik  jarayondir.  Dialektika  olam  yagona  va  yaxlit,  unda  sodir 
bo'ladigan hodisalar, voqealar umumiy va o'zaro bog'lanishda, uzluksiz harakatda, 
ziddiyatli taraqqiyotda bo'ladi deb ta'lim beradi.  
Dialektik  metodologiya  har  qanday  mamlakat  tarixini,  shu  jumladan, 
O'zbekiston  tarixini,  o'zbek  xalqi  tarixini  jahon  xalqlari  tarixi  bilan  bog'liq  holda 



 
o'rganishni taqozo etadi. Negaki, har bir xalq tarixida milliylik, o'ziga xos betakror 
xususiyatlari  bilan  birga  jahon  tarixi,  butun  insoniyat  taraqqiyoti  bilan  umumiy 
bog'lanishdadir. 
O'zbekiston  tarixi  avvalo  Markaziy  Osiyo  mamlakatlari  tarixi  bilan, 
qolaversa,  butun  jahon  xalqlari  tarixi  bilan  chambarchas  bog'langan.  Qadim 
zamonlardan  buyon  Vatanimiz  Markaziy  Osiyo  mintaqasidagi  ko'pgina  davlatlar 
bilan  yagona  iqtisodiy  va  madaniy  makonda  bo'lib  kelgan.  Bu  jihatdan  doimo 
o'zaro  ta'sirda  va  aloqada  bo'lganlar,  qo'shilish  jarayonini  boshidan  kechirganlar, 
ularning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy  hayoti bir-birlari bilan uzviy bog'liq 
o'tgan.  Shu  sababdan  O'zbekiston  tarixini  qo'shni  mamlakatlar  tarixi  bilan  bog'liq 
holda,  bir  xalqni  ikkinchi  bir  xalqqa  qarama-qarshi  qo'ymagan  holda  o'rganish 
taqozo etiladi. 
Tarixiy  voqea,  hodisalarni  o'rganish,  tahlil  qilish  va  yoritishda  ularga 
xolisona, haqqoniy, ilmiy yondashuv muhim metodologik prinsiplardir. 
Xolislik qoidasi tarixiy  voqea, hodisalarni  o'rganayotganda ular  bilan bog'liq 
bo'lgan  barcha  faktlarning  hech  bir  istisnosiz  butun  majmuini  birga  olib 
tekshirishni, aniq, haqqoniy dalillarga asoslanishni talab qiladi. Tarixiy hodisalarni 
bir butun holda, o'zaro aloqada va munosabatda deb o'rganish darkor. 
Tarixni  o'rganishda  tarixiylik  prinsipi  muhim  ahamiyatga  ega.  Tarixiylik 
qoidasi  voqea,  hodisalarni  o'z  davrining  aniq  tarixiy  sharoitidan,  o'sha  davr 
muhitidan,  tarixiy  rivojlanish  jarayonidan  kelib  chiqqan  holda  o'rganishni  taqozo 
etadi.  Har  bir  voqea,  hodisani  boshqa  voqealar,  hodisalar  bilan  bog'lab 
o'rgangandagina  mazkur  voqea-hodisaning  umumiy  tarixiy  jarayondagi  o'rnini 
to'g'ri aniqlash, belgilash mumkin bo'ladi. Har bir voqea, hodisaga umumiy tarixiy 
jarayonning  bir  qismi,  bo'lagi  deb  qaramoq  zarur.  Masalan,  bironta  davlat 
faoliyatiga tarixiylik nuqtai nazaridan turib baho bermoqchi bo'lsak, u birinchidan 
qachon,  qanday  tarixiy  sharoitda  paydo  bo'ldi,  ikkinchidan  u  o'z  taraqqiyotida 
qanday  bosqichlarni  bosib  o'tdi,  uchinchidan  uning  tarixiy  o'rni,  mavqei  qanday, 
degan savollarga aniq javob berish zarur bo'ladi. 
Tarixni  o'rganishda  yuqorida  qayd  etilgan  metodologik  prinsiplar  bilan  bir 
qatorda  faktlarni  taqqoslash,  mantiqiy-qiyosiy  xulosalar  chiqarish,  falsafiy 
tafakkur, davrlashtirish, sotsiologik tadqiqotlarni o'tkazish, statistik, matematik va 
boshqa usullardan ham foydalanish zarur. 
Vatanimiz  tarixini  tadqiq  etish,  o'rganishda  uni  to'g'ri  davrlashtirishning 
ahamiyati kattadir.  
Olimlar  o'tmish  jarayonini  ma'lum  bir  davrlarga  bo'lganlar.  Bu  davrlar 
insoniyat  tarixida  yirik  ijtimoiy-iqtisodiy  va  siyosiy  o'zgarishlar,  taraqqiyot 
bosqichlari  bilan  bog'liq.  Xususan,  O'zbekiston  tarixi  5  davrga  bo'lingan.  Ular 
quyidagilardir:  
1.  Eng qadimgi davr (miloddan oldingi ikki minginchi yillar o'rtalaridan to 
milodiy IV asr oxirlarigacha). 
2.  O'rta asrlar davri (V - XIX asr boshlari). 
3.  Chorizm mustamlakasi davri (XIX asr o'rtalari - XX asr boshlari). 
4.  O'zbekiston sovetlar hukmronligi davrida (1917-1991 yillar). 
5.  Milliy istiqlol davri (1991 yildan boshlab). 



 
Bu  davrlarning  har  biri  yana  o'ziga  xos,  kichik  davrlarga  bo'linadiki,  uni 
mazkur qo'llanmaning mazmuni va mundarijasidan yaqqol ko'rish mumkin. 
Tarixiy voqealar, xalqlar  hayoti nom-nishonsiz yo'q bo'lib ketmaydi, ulardan 
tarixiy manbalar guvoh bo'lib qoladi. Tarixiy manbalar ikkiga  - moddiy va yozma 
manbalarga bo'linadi. 
Qadimgi  odamlardan  bizgacha  yetib  kelgan  mehnat  qurollari,  idish-tovoqlar, 
tanga  pullar,  harbiy  qurol-yaroqlar,  uy-joylar,  qal'alar,  shaharlar,  qabrlar,  rasmlar 
va boshqa narsalar moddiy tarixiy manbalar deb ataladi. Vatanimiz hududida olib 
borilgan  arxeologik  izlanishlar  natijasida  topilgan  moddiy  topilmalar,  ularning 
tahliliy xulosalari odamlar hayotini bilishga imkoniyat yaratadi. 
Qadimgi davrlardayoq odamlar o'z fikrlarini yozma bayon etish uchun yozuv 
belgilari  ixtiro  qilganlar.  Savodxon  kishilar  o'zlari  yashab  turgan,  yoki  borib 
ko'rgan  mamlakatlari  haqida,  ko'rgan-kechirganlarini  daraxtlarning  po’stlog'iga, 
toshga,  teriga,  keyinchalik  qog’ozga  yozib  qoldirganlar.  Xalqlarning  hayoti,  yuz 
bergan  voqea  va  hodisalar  haqida  yozilgan  kitoblar  mavjud.  Yer  va  qimmatbaho 
narsalarni 
in'om 
qilish, 
meros 
qoldirish, 
sotib 
olish 
hujjatlar 
bilan 
rasmiylashtirilgan.  Podshoh  va  hokimlarning  yozma  shakldagi  qonunlari  va 
farmonlari saqlanib qolgan. Bular yozma manbalar deyiladi. 
Ajdodlarimizning  miloddan  avvalgi  VIII-VII  asrlardagi  hayotini  o'rganishda 
"Avesto"  kitobi  qimmatli  yozma  manba  hisoblanadi.  Mazkur  nodir  kitobda 
ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlar,  dastlabki  davlat  tuzilmalarining  shakllanish 
jarayonlari o'z ifodasini topgan. 
Miloddan avvalgi V-II asrlarga oid yunon, xitoy, eron, vizantiy, hindi yozma 
manbalarida ham Vatanimiz tarixiga oid ma'lumotlar uchraydi. 
O'zbek  xalqining  o'rta  asrlardagi  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy,  ma'naviy-
madaniy hayotini o'rganishda Abu Nasr Forobiyning "Fozil odamlar shahri", Abu 
Rayhon  Beruniyning  "Qadimgi  xalqlardan  qolgan  yodgorliklar",  Yusuf  Xos 
Hojibning "Qutadg'u bilig", M.Qoshg'ariyning "Devonu lug'otit-turk. Uch jildlik", 
Abu Toxirxo'janing "Samariya", Narshaxiyning "Buxoro tarixi", Nizomulmulkning 
"Siyosatnoma  yoki  siyar  ul-muluk",  Amir  Temurning  "Temur  tuzuklari",  Mirzo 
Ulug'bekning  "To'rt  ulus  tarixi"    va  boshqa  nodir  kitoblar  muhim  tarixiy  manba 
bo'lib xizmat qiladi. 
Bizgacha  yetib  kelgan  bunday  moddiy  va  yozma  manbalar    O'zbekiston 
tarixini  o'rganishda  muhim  ahamiyatga  ega.  O'zbekiston  Fanlar  Akademiyasining 
Sharqshunoslik  instituti,  Sharq  qo'lyozmalar  fondi  dunyodagi  eng  yirik 
qo'lyozmalar xazinalaridan biri hisoblanadi. Bu yerda 40 mingdan ziyod qo'lyozma 
nusxalari, 30 mingdan ortiq toshbosma kitoblar va 10 mingdan ortiq Sharq tillarida 
yozilgan  xujjatlar  mavjud.  Shuningdek,  Vatanimiz  tarixiga  oid  muhim  qo'lyozma 
hujjatlar,  nodir  kitoblar,  qimmatli  ma'lumotlar  horijiy  mamlakatlardagi  ilm 
maskanlari,  kutubxonalarda  saqlanmoqda.  Ana  shu  qo'lyozma  hujjatlar  va 
kitoblarning  hozirgi  o'zbek  tiliga  tarjima  qilinishi  va  nashr  etilishi  Vatanimiz 
tarixini  yanada  to’laroq,  xolisona  yoritilishiga,  tariximiz  sahifalaridagi  "oq"  va 
"qora" dog'larning barham topishiga ko'maklashadi. 
Vatanimiz  tarixini  o'rganishda  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti    asarlari, 
ma'ruza  va  nutqlari,  farmon  va  farmoyishlari,  mustaqillik  davrida  qabul  qilingan 



 
qonunlar  va  boshqa  me'yoriy  hujjatlar  muhim  nazariy  metodologik  asos  bo'lib 
xizmat qiladi. 
Ajdodlarimiz 
hayotini, 
turmush 
tarzini 
o'rganishda 
arxeologiya 
(qadimshunoslik),  etnografiya  (xalqlarni  tasvirlash),  antropologiya  (odamning 
kelib chiqishi va evolyusiyasi) va boshqa fanlar ko'maklashadi. 
Tabiiyki,  tarix  fani  o'tmish  merosini  yangi  avlodlarga  to'laqonli  yetkazish 
bilan ularning ma'naviy tarbiyasiga, komil insonlar bo'lib yetishuviga o'z munosib 
hissasini  qo'shmoqda.  Yurtimiz  o'tmishi  xalq  xotirasi,  avlodlar  o'rganib  saboq 
oluvchi  hayot  maktabidir.  Tarix  -  bu  nafaqat  o'tmish,  uning  tahlili,  bugungi 
kunimiz  uchun  muhim  xulosalar  manbai  bo'lib,  balki  u  istiqbolimiz  rejasini 
aniqlashda ham katta ahamiyat kasb etadi.   
Tarixning  tarbiyaviy  ahamiyati  ham  kattadir.  O'zbekiston  tarixi  yoshlarga 
xalqimizning  o'tmishi,  tarixi  haqida  bilim  berish  bilan  chegaralanib  qolmaydi,  u 
yoshlarni  vatanparvar,  ma'naviy  jihatdan  komil  fuqaro  etib  shakllantiradi. 
Prezident  Islom  Karimov  ta'kidlaganlaridek,  yurtimiz  tarixi  "Har  bir  fuqaroni, 
jumladan,  yoshlarimizni  boy  madaniy  merosimizni  qadrlashga,  uni  ko'z 
qorachig'iday  avaylab-asrashga,  yurak-yurakdan  iftixor  qilishga  o'rgatadi. 
O'zimizning  boy  o'tmish  merosimizdan  madad  va  ibrat  olishga  imkon  beradi. 
Odamlar  qalbida  ezgulik  tuyg'ularini  uyg'otib,  bugungi  avlod  kimlarning  avlodi, 
kimlarning zoti va vorislari ekanini anglashga undaydi". 
Insonda  tarixiy  xotira  o'z  Vatani  tarixini,  o'z  xalqi,  ajdodlari  tarixini  bilish 
orqali 
shakllanadi. 
Yaqin 
o'tmishda 
mustamlakachilar, 
totalitar 
tuzum 
mutasaddilari ko'pgina xalqlarni, jumladan, o'zbek xalqini o'z tarixidan judo qilish, 
ularni  o'z  o'tmishiga  loqaydlik  bilan  qaraydigan,  nasl-nasabini  eslolmaydigan 
manqurtlarga  aylantirish  siyosatini  yuritdi,  amaliyotda  esa  xalqimiz  tashqi 
dunyodan  butunlay  uzib  qo'yildi,  uning  bir  necha  ming  yillik  boy  tarixi 
soxtalashtirildi, uni yoshlarga o'qitish va o'rgatishga izn berilmadi. 
Mustaqillik  sharofati  bilan  Vatanimiz  tarixi  o'z  o'rnini  topdi,  barcha  o'quv 
maskanlarida talaba-o'quvchilarga Vatan tarixini o'qitish davlat siyosati darajasiga 
ko'tarildi,  Vatan  tarixini  o'qitish  yo'lga  qo'yildi.  Vatanimiz  tarixi  millatning, 
yoshlarning  haqiqiy  tarbiyachisiga  aylanmoqda.  Bu  borada  Prezident  Islom 
Karimovning  "Tarixiy  xotirasiz  barkamol  kishi  bo'lmaganidek,  o'z  tarixini 
bilmagan  xalqning  kelajagi  ham  bo'lmaydi",  "Tarix  -  xalq  ma'naviyatining 
asosidir",  "Tarixiy  xotirasiz  kelajak  yo'q",  "O'zlikni  anglash  tarixni  bilishdan 
boshlanadi",  "Inson uchun tarixdan  judo bo'lish  -hayotdan  judo  bo'lish  demakdir" 
degan ifodali -so'zlari va ko'rsatmalari dasturiamal bo'lib xizmat qilmoqda. 
O'z  o'tmishini,  ajdodlari  tarixini  yaxshi  bilgan  insonning  irodasi  kuchli 
bo'ladi, uni  har  xil  aqidalar  girdobiga  tushishdan  saqlaydi. O'tmishni  bilgan, tarix 
saboqlarini anglab yetgan inson hozirgi zamonni yaxshi tushunadi, kelajakni to'g'ri 
tasavvur etadi.  
O'zbekiston  tarixi  talaba-o'quvchilarga  bugungi  kunda  mamlakatimizda 
amalga  oshirilayotgan  demokratik  islohotlarning  mohiyati  va  natijalarini,  milliy, 
huquqiy  davlatchilikni  barpo  etish,  demokratik,  fuqarolik  jamiyat  qurish, ijtimoiy 
yo'naltirilgan  bozor  iqtisodiyotini  shakllantirish  jarayonlarini  o'rgatadi.  Bu  o'z 



 
navbatida  yoshlarda  ilmiy  dunyoqarashni,  siyosiy  madaniyatni  tarbiyalaydi, 
jamiyatda o'z o'rnini to'g'ri belgilashga ko'maklashadi. 
Xalqimizning  buyukligi,  kuchi,  uning  boy  ma'naviy  merosga  ega  ekanligi 
bilan belgilanadi. Ajdodlarimiz  yetishtirib bergan o'nlab, yuzlab jahonga mashhur 
olimu-ulamolar,  me'moru-binokorlar,  naqqoshlar,  zargarlar,  hunarmandlar,  davlat 
arboblari,  xalq  qahramonlari  hayoti,  dunyoda  birinchilar  qatorida  bunyod  etilgan 
ilm  va  ta'lim  maskanlari  faoliyati  talaba-o'quvchilar  uchun  katta  ibrat  maktabi, 
tarix sabog'idir. Kelajak uchun intilayotgan yoshlar uchun bu boy ma'naviy meros 
mustahkam  tayanchdir.  Uning  zaminida  tinimsiz  va  mashaqqatli  mehnat,  har 
qanday  to'siqlarni  yengish,  ilmga  va  ziyoga  intilish  kabi  xislatlar  yotadi.  Bunday 
xislatlar Vatan tarixini o'qitish orqali yoshlarga singdiriladi. 
Tarixiy xotira, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma'naviy merosni egallash talaba-
o'quvchilarda  halollik,  odillik,  rostgo'ylik,  mehr-oqibat,  mehnatsevarlik,  ilmga 
intilish kabi insoniy fazilatlarni shakllantirishga ko'maklashadi. 
Shu  boisdan  Vatan  tarixini  har  tomonlama,  chuqur  o'rganish  muhim 
ahamiyatga  molik  vazifadir.  Mamlakatimizda  mustaqillik  sharofati  tufayli 
bog'chalardan  tortib  Oliy  o'quv  yurtlarigacha  bo'lgan  ta'lim-tarbiya  tizimlarida 
O'zbekiston tarixi fanini o'qitishga davlat darajasiga ko'tarilgan vazifa sifatida katta 
e'tibor 
berilmoqda, 
g'amxo'rlik 
qilinmoqda. 
"Tarix 
millatning 
haqiqiy 
tarbiyachisiga  aylanib  bormoqda.  Buyuk  ajdodlarimizning  ishlari  va  jasoratlari 
tarixiy  xotiramizni  jonlantirib,  yangi  fuqarolik  ongini  shakllantirmoqda.  Axloqiy 
tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda". 
Demak,  tarixiy  xotira,  haqiqatni  bilish,  ajdodlarimiz  qoldirgan  boy  ma'naviy 
merosini  egallash  talabalarda  vatanparvarlik,  odillik,  xalollik,  mehr-oqibat, 
bag'rikenglik,  mehnatsevarlik,  ilmga  intilish  kabi  insoniy  fazilatlar  shakllanishga 
yordam  beradi.  Xulosa  qilib  aytganda,  tarix  bu  tafakkur  bulog'i.  U  bizni  o'tmish 
voqealariga ochiq ko'z bilan qarashga, oq-qorani aniqroq ko'rishga, ziyraklik bilan 
anglashga  o'rgatadigan,  tarixiy  shaxslar  faoliyatini,  hodisalarni  qiyoslash, 
taqqoslash asosida mustaqil xulosa qilishga da'vat etadi. Shu boisdan tariximizning 
buyuk murabbiyligini doimo yodda tutaylik, e'tibor va ehtirom bilan o'rganaylik. 
 
Odamzodda ong paydo bo'libdiki, o'z davriga xos turmush tarziga, moddiy va 
ma'naviy  madaniyatiga,  ya'ni  ma'lum  darajadagi  sivilizatsiyasiga  ega  bo'la 
boshlagan. Markaziy Osiyo, xususan O'zbekiston xalqlari ham qadim zamonlardan 
beri hayot tarzini takomillashtirar ekan, turli qulayliklar yaratgan, odatlar, rusumlar 
esa an'anaga aylangan. 
Ajdodlarimiz  qoldirgan  bu    bebaho  meros  keyingi  yillarda  chuqur 
o'rganilmoqda. Qadimshunoslar va boshqa olimlar o'lkamiz o'tmishini tadqiq etib, 
bu  makon  jahon  sivilizatsiyasining  o'choqlaridan  biri  ekanligini  ta'kidlaydilar. 
O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimov "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q" asarida "Hozir 
O'zbekiston  deb  ataluvchi  hudud"  ya'ni  bizning  Vatanimiz  nafaqat  Sharq,  balki 
umumjahon  sivilizatsiyasi  beshiklaridan  biri  bo'lganligini  jahon  tan  olmoqda",  - 
deydi. 
"Sivilizatsiya" qanday ma'noni bildiradi? Bu so'z lotinchadan olingan bo'lib, u 
hozirgi  zamonda  odamning  komillikka,  yetuklikka  intilish  mazmunida  talqin 



 
etiladi,  shuningdek,  u  inson  hayoti  uchun  qulayliklar  yaratish  jarayonini 
ifodalovchi  tushuncha  ham.  Adabiyotda  bu  so'z  "tamaddun"  deb  ham  ataladi,  va 
madaniy  hayotga,  taraqqiyotga  erishuv  jarayoni  ma'nosida  ishlatiladi.  Qomusiy 
kitoblarda  sivilizatsiya  -  jamiyat  taraqqiyoti  jarayonida  yaratilgan  moddiy  va 
ma'naviy boyliklar. Shuningdek, ularni yanada ko'paytirib va takomillashib borish 
usullarining majmui deyiladi. 
Ibtidoiy jamiyat va uning davrlari insoniyat qadim-qadimdan o'z davriga xos 
turmush  tarziga,  moddiy  va  ma'naviy  madaniyatga  ya'ni  ma'lum  darajadagi 
sivilizatsiyaga  ega  bo'lgan.  Davrlar  o'tishi  natijasida  insoniyat  sivilizatsiyasi 
darajasi  o'sib,  rivojlanib,  takomillashib  borgan.  Bu  jarayon  odamlarning  mehnat 
qilish  usuli,  qanchalik  darajada  moddiy  va  ma'naviy  boyliklarni  yaratish  va 
ko'paytirib borishi bilan bog'liq kechgan. 
U  yoki  bu  sivilizatsiya  haqida  so'z  borganda  insoniyatning  yashash  uchun 
kurashi,  tinimsiz  mehnati,  ma'naviyat  va  ma'rifatga  intilishi  tufayli  o'zi  uchun 
yaratgan jismoniy va madaniy qulayliklar, ov va mehnat qurollari, kiyim bosh, uy-
joy  va  oilaviy  munosabatlari,  ishlab  chiqarish  usullari,  maishiy  xizmat  vositalari, 
ijtimoiy  ong  va  ma'naviy  dunyosi,  ijtimoiy-siyosiy  hayoti,  axloqiy-huquqiy 
munosabatlari darajasi asosida tavsiflanadigan ma'lum bir tarixiy davr tushuniladi. 
Masalan,  qadimgi  Sharq  sivilizatsiyasi,  Antik  Yevropa  sivilizatsiyasi,  Islom 
sivilizatsiyasi,  Xristian  sivilizatsiyasi  hozirgi  zamon  sivilizatsiyasi  kabi 
tushunchalarda  insoniyatning  iqtisodiy  -  ijtimoiy,  siyosiy  hayoti,  turmush  tarzi, 
ahloqi,  bilim  saviyasi,  mehnat  qurollari  va  hokazo  jihatlari  mujassamlashgan 
bo'ladi. 
Har bir mintaqada sivilizatsiya davriy nuqtai nazaridan ertaroq yoki kechroq, 
o'ziga xos shaklda shakllanib, rivojlanib borgan. Tarixiy, ilmiy tadqiqotlar bizning 
Vatanimiz  -  O'zbekiston  insoniyat  sivilizatsiyasining  qadimgi  o'choqlaridan  biri 
ekanligidan dalolat bermoqda. 
XX  asrning  birinchi  yarmidan  boshlab  arxeolog  olim  V.L.Vyatkin  boshliq 
guruh  Samarqand,  Xorazm  va  Termizda,  M.E.Mossop  boshliq  arxeologik  guruh 
Ohangaron vodiysida, A.A.Potapov Farg'ona vodiysida qidiruv va nozim ishlarini 
olib bordi. 30-40 yillarda O'zbekiston, Moskva va Leningrad olimlari hamkorligida 
bir necha arxeologik ekspeditsiyalar tashkil etildi.  
Ikkinchi jahon urushidan so'ng Markaziy  Osiyo xalqlarining qadimgi tarixini 
o'rganish maqsadida yirik arxeologik ekspeditsiya guruhlari tashkil etildi. Keyingi 
yillarda  respublikamizning  taniqli  arxeolog  olimlari  A.Asqarov,  O.Islomov, 
A.R.Muhammadjonov,  Ye.V.Rtveladze,  T.Shirinov  va  boshqalar  yetakchiligidagi 
tadqiqotchilar  O'zbekiston  qadimgi  tarixini  o'rgandilar.  Ular  tomonidan  qator 
ilmiy,  ommabop  o'quv  qo'llanmalar  yaratildi.  Bular  orasida  A.Asqarovning 
"Buxoroning  ibtidoiy  davr  tarixidan  lavhalar"  (T.Fan.  19736),  "Sopollitepa"  (T-
1973),  O.Islomovning  "Peshchera  Machay"  (T-1975),  "Obishirskaya  kultura"  (T-
1980), 
Ye.V.Rtveladze, 
A.X.Saidov 
va 
Yu.V.Abdullaevning 
"Qadimgi 
O'zbekiston sivilizatsiyasi: davlatchilik va huquq tarixidan lavhalar" (T-2001) kabi 
asarlari alohida o'rin tutadi. 
Mazkur  asarlarni,  shuningdek,  Vatanimizning  qadimgi  davri  tarixiga  oid 
boshqa asarlarni o'rganish orqali O'zbekiston odamzod ilk bor paydo bo'lgan o'lka 



 
ekanligini  aniqlash  ajdodlarimizning  qadimgi  hayoti  turmush  tarzi,  moddiy  va 
ma'naviy  madaniyati  haqida  zarur  bilimga  ega  bo'lish  mumkin.  Ibtidoiy  jamiyat 
odamlarining  yashash  tarzi,  jismoniy  va  aqliy  tuzilishi,  ular  tomonidan  yasalgan 
mehnat qurollarining turi va materialiga ko'ra bir qancha davrlarga bo'linadi.  
Kishilik tarixining ilk bosqichi hisoblangan bu uzoq o'tmish bir necha million 
yillar davom etgan. Bu davrda ming yilliklar osha ibtidoiy odam nihoyatda sekinlik 
bilan kamol topib, hozirgi zamon odami qiyofasiga kirgan. Uning mehnat qurollari, 
asosan,  toshdan  yasalgani  bois  odamzod  o'tmishining  bu  ilk  bosqichi  fanda  "tosh 
davri" yoki "ibtidoiy to'da" davri deb yuritildi.  
Bu  ulkan  davr  Yevropada  3  bosqichga  bo'lib  o'rganiladi:  paleolit  -  qadimgi 
tosh davri (mil. av. 3 mln. yil - 10-11 ming yillik); mezolit - o'rta tosh davri (mil. 
av. 11-10 ming yil - 8-7 ming yillik)  va neolit yangi tosh davri (8-7 ming yil - 6-5 
ming yillik). 
Paliolit.  Bu  bosqich  o'z  navbatida  3  pog'onaga  bo'linadi.  Quyi  polialit,  o'rta 
polialit, yuqori paliolit. 
Quyi  poliolit  (Ibtidoiy  to'da  davrining  boshlanishi).  Bu  davr  mil.  av.  3-1,5-1 
mil. yil - 100 ming yillikni o'z ichiga oladi.  
Hozirgi  O'zbekiston  yerlarining  tabiati  kishilik  tarixini  ilk  bosqichlaridayoq 
bu  yerlarda  ibtidoiy  odamzod  to'dalarining  yashashi  uchun  qulay  bo'lgan  Turon 
yerlarida  bundan  qariyib  700  ming  -  1-1,5  mil.  yil  muqaddam  ibtidoiy  odamlar 
yashagan. 
Kishilikning  ibtidoiy  to'da  bosqichida  odamlar  tabiiy  sharoit  taqozosi  bilan 
yirtqich hayvonlar xavfi tufayli to'da-to'da bo'lib yashashga majbur edi. Ov vaqtida 
yolg'iz  hayvonga  ko'pchilik  bo'lib  ov  qilganlar.  Ibtidoiy  to'da  davrida  odamlar 
o'rtasida oilaviy aloqalar hali aniq tartibga tushmagan. Markaziy Osiyoda yashagan 
ibtidoiy odamlar fanda sinantron nomi bilan ataladi.  
Ilk  paliolit  odamlari  ov  qilish,  terib-termachlab  ozuqa  topish  uchun  toshdan,  
daraxt  shoxlaridan  turli  mehnat  qurollari  yasaganlar.  Shu  tufayli  ular 
"Homohobilis" - "bilag'on odam" deyiladi.  
O'zbekiston  hududida  ilk  paliolit  davri  odamlari  yashagan  manzilgohlar 
Farg'ona  vodiysining  So'x  tumanidagi  Semung'ur  g'oridan  va  Toshkent 
viloyatining  Angren  shahri  yaqinidagi  Ko'lbuloq  makonidan  topilgan  va 
o'rganilgan.  Bu  davr  ibtidoiy  odamlarining  suyak  qoldiqlari  (bosh  suyagining  bir 
bo'lagi,  yelka  suyagi  va  o'ndan  ortiq  tishlari)  arxeolog  O'.Aslonov  tomonidan 
Selung'ur  g'oridan  topilgan.  Fanda  unga  "Fergantron"  ("Farg'ona  odami")  shartli 
nom  berilgan.  Selung'urdagi  topilmalar  va  ularni  o'rganish  yer  yuzida 
odamzodning  paydo  bo'lish  muammosi  yechimiga  qo'shilgan  ulkan  hissa  bo'ldi. 
Endilikda  Markaziy  Osiyo  ibtidoiy  odamzod  ilk  paydo  bo'lgan  joylar  qatoriga 
kiritildi. 
Arxeolog M.Qosimov rahbarligida Ko'lbuloq makoni tadqiq etilib, uning oshil 
davriga oid 22 ta,  muste davriga oid 24 ta qatlam o'rganildi. Ko'lbuloq topilmalari 
(tosh  qurollar,  hayvon  va  parranda  suyaklari,  o'simlik  qoldiqlari  va  x.k.)  ibtidoiy 
odam to'dalarining mashaqqatli hayoti, tosh qurollar yasash texnikasi bu yerlarning 
tabiati  hamda  ibtidoiy  ovchi  va  termogilarning  turmushda  sodir  bo'lgan  tadrijiy 
siljishlarni aniqlash imkonini berdi. 


10 
 
Shunday  qilib,  qadimgi  odamlarning  mashg'ulotlari  terib  ozuqa  topish, 
hayvonlarni  ovlash,  tosh  qurollar  yasash  va  ularni  mukammallashtirishdan  iborat 
bo'lgan.  Mana  shundan  mehnat  jarayonida  odamlarning  o'zlari  ham  o'zgarib, 
takomillashib borgan.  
O'rta  poliolit  (m.av.  100  ming  yillik  -  40-32  ming  yillik)  Ibtidoiy  to'da 
davrining  so'ngi  bosqichi  arxeologiya  fani  davriy  tizimida  Mute  madaniyati  deb 
yuritiladi.  Bu  davrda  yashogan  ajdodlar  esa  ibtidoiy  odam  shajarasida  neandertal 
nomi  bilan  fanga  kiritilgan.  Hozirgi  vaqtda  O'rta  Osiyoda  neandertal 
zamondoshlari  yashagan  makonlar  90dan  ortiq  joyda  uchratilgan.  Toshkent 
viloyatida  Obiraxmat  g'ori,  Xo'jakent,  Poltov,  Ko'lbuloq  makoni,  Samarqand 
viloyatida  Omonqo'ton  g'ori,  Qo'tirbuloq,  Zirabuloq,  Novoiy  viloyatida  Uchtutda 
topilgan va tadqiq qilingan. 
Teshiktosh  g'oridan  topilgan  neandertal  odamning  suyak  qoldiqlari  fan 
olamida  jiddiy  kashfiyot  bo'ldi.  Odam  suyaklari  atrofiga  terib  chiqilgan  arxar  va 
Buxoro  bug'usi  shoxlarining  topilishi  odamni  dafn  qilish  marosimining  ibtidoiy 
ko'rinishlari bilan bog'liq.  
Xullas,  O'rta  poliolit  davrida  odamlar  olov  chiqarishni,  gulxanlar  yoqib, 
sovuqdan va xavf-xatardan saqlanishni, go'shtni o'tda pishirib iste'mol qilishni bilib 
olganlar. Dastlabki diniy e'tiqod paydo bo'lgan. 
Yuqori poliolit. M.av. 40-33 ming yil avval tosh davrining so'nggi bosqichi - 
yuqori  poliolit  boshlandi.  U  mil.av.  1210  ming  yilliklargacha  davom  etgan.  Bu 
davrda  hozirgi  zamon  odami  (kramanon)  shakllandi.  O'sha  davr  odamlari  fanda 
"Xomo-sopines" - idrokli odam deb nomlangan. 
Mehnat  qurollari  takomillashdi,  tosh  bilan  birga  suyak  va  yog'ochdan  ham 
foydalanildi.  Odamlar  bu  davrda  faqat  g'orlarda  emas,  balki  tekisliklarda  ham 
makon qura boshlaganlar.  
Hozirgi zamon odamining  3 irqi yevropoid, negroid va mongoloid qiyofalari 
ham  o'sha  vaqtda  vujudga  kelgan.  Ona  tomonidan  urug'doshlik  mustahkamlanib 
matrearxat paydo bo'ldi. Tasviriy va amaliy san'atning ibtidosi ham o'sha davrdan 
boshlandi.  Hozirgi  kunda  O'rta  Osiyoda  bu  davrga  mansub  30dan  ortiq 
yodgorliklar topib o'rganilgan. Ular orasida ayniqsa Samarqand makoni,  Toshkent 
viloyatida Oqtosh makoni va Ko'lbuloq topilmalari muhim. 
Yuqori  poliolit  bosqichida  muzlik  davri  tugab,  iqlim  issiqlash  boshladi. 
O'simlik va hayvonot dunyosi ham asta-sekin hozirgi qiyofaga kirdi.  
Mezolit  -    bu  davr  o'rta  tosh  davr  (mil.av.  11-7ming  yilliklar  orasi)  ham 
deyiladi. Mezolitda o'q-yoy kashf etilgan va bu o'sha davr odamlari hayotida buyuk 
burilish  bo'ldi,  chunki  ovdan  keladigan  yemaklik  hajmi  ortdi.  Tosh  qurollar  va 
ularni yasash takomillashdi, hayvonlarni qo'lga o'rgatish boshlandi.  
Mezolit davrida ungurlar devoriga o'yib chizilgan yoki rangli bo'yoqlar bilan 
tasvirlangan ibtidoiy san'at paydo bo'ldi.  
O'zbekistonda  Obishir  g'orlari  xilma-xil  mayda  tosh  qurollari  bilan  ajralib 
turadi.  Bu  davrga  oid  bir  qancha  yodgorliklar  Toshkent  atrofida  Qo'shilish 
(Bo'zsuv yoqasida), Surxandaryoda Magay g'orida o'rganildi.  
Neolit - bu davr yangi tosh davri (mil.av 8-5 ming yillik)dir. Neolit odamlari 
tosh  qurollarni  yasashda  yangi  usullar  -  silliqlash,  parmalash,  arralash  usullarini 


11 
 
ixtiro etadilar. Bu davrda  mikrolit qurollar  yasash takomillashdi. Ovchi    jamoalar 
endilikda  yerto'la,  chayla  yoki  kapalar  qurib  ba'zan  guvalalardan  kulbalar  bino 
qilib, o'troq hayot kechirishga o'tadilar. Bu joylarda neolit davrining ilk qishloqlari 
qad  ko'targan.  O'troq  turmush  tarzining  qaror  topishi  bilan  dehqonchilik  va 
chorvachilik  vujudga  keldi.  Kulolchilik  kashf  qilindi.  Jundan  ip  yigirish,  mato 
to'qish va tikuvchilik ixtiro qilindi. 
Mil.  av.  5-3  ming  yillikda  hozirgi  O'zbekiston  yerlarida  (Xorazm  va  Buxoro 
vohasi)  Kaltaminor  madaniyatiga  mansub  ovchi  va  baliqchilar  yashagan.  Bu 
madaniyatning eng nodir va muhim yodgorligi Janbos IV - Janbos qal'a makoni va 
Tolstov manzilgohlaridir. 
Eneolit davri. Mil.av. 4-3 ming yilliklarda tosh davri tugab, eneolit (mis tosh) 
davri  boshlandi.  Bu  davrda  tosh  bilan  birga,  metaldan,  dastavval  misdan  qurol 
yasashga  o'tildi.    Biroq  mis  tarkiban  yumshoq  va  mo'rt  metall  bo'lgani  sababli 
mehnat va ov qurollarining aksariyati hamon toshdan ishlanar edi.  
Bu davr arxeologik yodgorliklari Zarafshon quyi oqimida "Kaptarning qumi", 
shuningdek, Nomozgohtepa Qoratepa (Turkmaniston) kabilarda o'rganilgan.  
Jez davri. Bu davr  O'zbekiston  yerlarida mil.av.  3  ming  yillik  oxiri  - 2  ming 
yillikka  to'g'ri  keladi.  Mis,  qalay  va  qo'rg'oshin  qorishmasidan  jez  (bronza)  kashf 
etildi.  Natijada  mehnat  qurollarining  turi  ko'paydi,  jezdan  keskin  tig'li  qurol 
yarog'lar, ro'zg'or va kosmetika (pardoz) buyumlari, ma'budalar, naqshdor muhrlar 
yasala  boshlandi.  Ot,  eshak,  tuya  va  xo'kizdan  transport  vositasi  sifatida 
foydalanildi,  hayvonlarga  qo'shiladigan  aravalar  vujudga  keldi  va  g'ildirak  kashf 
etildi. Birinchi mehnat taqsimoti dehqonchilikdan chorvachilik ajralib chiqdi.  
Jez davri manzilgohlari Sopolitepa, Sarazm, Zomonbobo kabilardir.  
Temir  davri.  Temir  davri  yodgorliklari  O'zbekiston  yerlarida  mil.av.  IX-VI 
asrlar  va  undan  keyingi  davrlarga  oid.  Ular  Xorazm,  Baqtriya,  Sug'd,  Choch 
yerlarida  va  Farg'ona  vodiysida  o'rganilgan.  Temirdan  xo'jalik  hamda  qurol 
yarog'lar yasashda keng ko'lamda foydalanila boshlandi. Dehqonchilik maydonlari 
kengaydi  va  sug'orish  inshootlari  qurish  rivojlandi.  Chorvachilik  ham  o'sdi.  Bu 
davrga kelib hunarmandchilik dehqonchilikdan ajralib chiqdi. Mehnat unumdorligi 
o'sishi bilan qo'shimcha mahsulot ishlab chiqarila boshlandi. Bu esa ibtidoiy jamoa 
tuzumining  yemirilishiga  olib  keldi.  Temir  va  po'latdan  yasalgan  buyumlardan 
keng miqyosda foydalanish qishloqlar taraqqiyotiga ham samarali ta'sir ko'rsatdi.  
Qishloqlar murakkab mudofaa inshootli qal'alarga aylantirib mustahkamlandi. 
Bindixontepa, Kuchuktepa, Qiziltepa, Talashqontepa va boshqa yodgorliklar shular 
jumlasidandir.  Mutaxassislarning  ta'kidlashicha,  O'zbekiston  qadimgi  shahar 
sivilizatsiyasi  ilk  bor  shakllangan  hududga  kiradi.  Bunga  Sopolitepa  va  Jarkuton 
topilmalari misol bo'la oladi. 
Dastlabki  sivilizatsiya  ma'lum  darajada  til  va  yozuvlar  bilan  bog'liq.  Yozuv 
madaniyatining  eng  qadimgi  o'choqlari  Misr,  Mesopotamiya,  Old  Osiyodir. 
Markaziy  Osiyoda  ham  yozuv  mil.av.  paydo  bo'lgan.  Yozuv  yaratish 
harakatlarining dastlabki qadamlarini xalqamizdagi qoyatoshlarga ishlangan ajoyib  
suratlarda  ko'ramiz.  Bundan  2,5  ming  yil  avval  yurtimiz  xalqlari  ilk  bor  chizma 
belgilarda nutq tovushini ifodalovchi (fonetik) yozuv tajribasini yarata boshlagan. 
Bu harakat axmoniylar davrida ma'lum bir  yozuvga aylangan. Mutaxassis olimlar 


12 
 
mil.  av.  V-III  asrlarda  oramiy  yozuvlari  tajribasi  asosida  So'g'd,  Xorazm,  Baxtar, 
Parfiya  kabi  o'lkalarda  mahalliy  tillarni  ifodalashga  mo'ljallangan  yangi  yozuvlar 
yaratildi,  deb  ta'kidlaydilar.  Bular  fonetik  ifoda  jihatdan  oramiydan  farq  qiluvchi 
mustaqil  yozuv  tizimlari  bo'lgan.  Mil.  av.  IV-III  asrlarda,  shuningdek,  Yunon 
imlosi  ham  ishlatilgan.  Ajdodlarimiz  turkiy-run  (Urxun-Enasoy),  uyg'ur,  so'g'd 
yozuvlarini qo'llaganlar. 
Demak,  mintaqamizda  qadim  paytlarda  turli  yozuvlar  paydo  bo'lib,  ular 
takomillasha borgan,  mahalliy tillar va lahjalar xususiyatlarini aks ettirgan va shu 
tariqa  Markaziy  Osiyo  madaniyatining  rivojiga  o'z  ulushini  qo'shgan. 
Respublikamiz  xududida  tillarning  shakllanishi  bir  necha  ming  yillarni  o'z  ichiga 
oladi. Manbalarga asoslanib aytish mumkinki, bu yerlarda qadimgi mahalliy tillar-
turkiy, so'g'diy bo'lgan. O'rta asrlarda esa ular bilan birga forsiy, arab, chig'atoy va 
eski o'zbek tillari rivoj topa boshlagan. 
Qadim  zamon  odamlarida  turli  tabiiy  va  g'ayri  tabiiy  kuchlarga  ishonch 
tuyg'ulari paydo bo'ladi. Shu alfozda urug'chilik davrida totemizm, ajdodlar ruhiga 
sig'inishlar,  sehrgarlik,  shamanlik  kabi  e'tiqod  va  marosimlar  vujudga  keladi  va 
tarqaladi.  Bu  dastlabki  e'tiqodlar,  ayniqsa  totemizm  o'sha  paytda  paydo  bo'la 
boshlagan  san'atda  turli  hayvonlar  siymosi  sifatida  o'z  aksini  topgan  edi.  Bunday 
siymolar  Fargonaning  ayrim  qishloqlaridan,  Toshkent  viloyatining  Chinoz,  Sijjak 
tumanlaridan,  Samarqand  atrofidan,  Amudaryo  sohillaridan  topilgan  Keyingi 
davrlarda tabiatning turli hodisa va namoyondalarini ilohiylashtirish, ularga e'tiqod 
qilish va sig'inish davom etgan. 
Ajdodlarimiz  ko'pincha  voqelikni  afsonaviy  tarzda  tushunganlar.  O'sha 
paytlarda  asta-sekin  mifologik  tafakkur  yuzaga  kelgan.  Tadqiqotchilarning 
aytishlaricha,  insoniyat  qabilachilikkacha  bo'lgan  davrda  totemizmga  amal  qilgan 
bo'lsa,  mifologiya  qabilachilik  davrining  mahsuli  bo'lgan.  Xususan,  miloddan 
avval  Turon  zaminida  yaratilgan  va  Markaziy  Osiyo  xalklarida  mashhur  bo'lgan 
"O'g'iznoma"  dostonidan  bu  jarayon  o'z  ifodasini  topgan.  Bu  asar  o'sha  paytdan 
beri  og'izdan-og'izga  o'tib  ma'lum  darajada  o'zgarib  mintaqa  xalqlari  folklorida 
bugun ham nufuzli o’rin egallaydi. 
Ibtidoiy jamiyatning yemirilib borishi jarayonida yangi diniy aqidalar vujudga 
kela boshladi. Shu jumladan, odamsimon xudolar, ajdodlar ruhiga sig'inish, oxirat 
to'g'risidagi 
afsonalar 
paydo 
bo'ladi. 
Endi 
diniy 
tasavvurlar 
ancha 
murakkablashadi,  milliy  aqidalar  asosida  jahon  dinlari,  xususan,  zardushtiylik 
shakllana boradi. 
Shuningdek, arxeologik topilmalar va yozma yodgorliklar bundan 2-2,5 ming 
yil  avval  Surxondaryo  va  Farg'ona  viloyatlarida  zardushtiylarning  olovxonalari 
bilan bir qatorda buddaviylarning ibodatxonalari bo'lgani, ulardan minglab e'tiqod 
qiluvchilar foydalanganligidan xabar beradi. 
Ajdodlarimiz    ma'lum    bir  odatlar,    rasm-rusumlar,    udumlarni  o'ylab 
topganlar,  ular  asta-sekin  an'analarga,  hayot    qoidalariga      aylangan.      Shunday 
alfozda   qadriyatlar   vujudga kelgan, ular esa, o'z navbatida, kishilarni ma'naviy 
yetuklikka  da'vat etgan. Bunga yorqin misol Navro'z udumlaridir. 
Tadqiqotchilarning    fikricha,     Navro'z    bayrami    bundan taxminan 3,5-4 
ming  yil  avval  paydo  bo'lgan.  Markaziy  Osiyoda  qadimgi    dehqonlar  qishni 


13 
 
kuzatib,  bahorni    qarshilash  marosimini    shunday      deb      ataganlar.    U  davrlarda 
aholining  aksariyati  dehqonchilik  va  chorvachilik  bilan    shug'ullangan.  Navro'z    
yangilanish,    poklanish  ramzi,  inson     umidlari, niyatlarini   ifodalash   belgisi   
sifatida      paydo      bo'lgan.        Uni  bayram        qilish        turli        udum,        urf-odatlar,     
irimlar  bilan  qilgan      asrlar      osha  yangi  an'analar  bilan      boyib  borgan.  Demak, 
qadimgi    ajdodlarimiz  tabiat    mavsumlarini  anglaganlar,  ularni  e'zozlaganlar, 
ularga asoslanib o'z maqsad va niyatlarini amalga oshirishga intilganlar. 
Mintaqamizning  muhim  xususiyatlaridan biri uning  murakkab etnik-madaniy 
chorrahada joylashganidir. Aholi bir qancha turli qavm, qabila va elatlardan tashkil 
topgan  va  ular  etnik  jihatdan  aralashgan  holda  yashaganlar.  Shu  bilan  birga 
aholining  ko'pchiligini  turkiy  va  forsiy-  tojik  ajdodlari  bo'lgan,  ular  o'zaro 
hamjihatda yashaganlar, san-manga bormaganlar. Bu ham bag'rikenglik, tolerantlik 
hislatlarining sarchashmalari bo'lsa kerak. 
Qadimda    o'lkamizda  yashagan  aholining  ma'naviy  va  madaniy      qiyofasi   
mashhur "Avesto" mazmunida o'z ifodasini topgan. Ma'lumki, bu muqaddas kitob 
Markaziy  Osiyo  xalqlari  to'g'risidagi      dastlabki      noyob      manbadir.        "Avesto"   
avval   xalq og'zaki ijodi shaklida tarqalgan va bir necha asrlar davomida og'izdan-
og'izga  o'tib,  qadimgi  Turon,  Xuroson,  Eron,  Ozarbayjon      elatlarining  ijtimoiy-
iqtisodiy hayotini, olam haqidagi   tasavvurlarini   va diniy  qarashlarini o'zida aks  
ettirgan. Bu asar ko'p yillar davomida zardushtiylik-otashparastlik dinining ulamo 
qoxinlari  tomonidan  to'ldirilib,  takomillashtirilgan.  Abu  Rayxon  Beruniyning 
"O'tmish   xalqlardan qolgan  yodgorliklar"  kitobida ta'kidlanishicha, "Avesto" ilk 
bor mil. av. VI asr boshlarida to'liq holda 12 ming qoramol ( xo'kiz) terisiga zarxal 
xarflar bilan bitilgan. Iskandar Zulqarnayn (Aleksandr Makedonskiy) sharqni  zabt 
etganda  "Avesto"ning  nodir  nushasidan  o'ziga  ma'qul  bo'lgan  joylarini  tarjima 
qildirib olib qolgan, boshqa qismini esa yoqtirib yuborgan. Shu sabab, bu qomusiy 
asarning  5  dan  3  qismi        kuydirib  yuborilgan. Keyinchalik-milodiy  I-IV  asrlarda 
"Avesto"ning     qolgan qismlari  jamlanib,  ayrim joylari qayta tiklanib,   yangidan 
kitob   holiga   keltirilgan. Bizga   qadar   "Avesto"ning   ayrim qismlarigina yetib 
kelgan.    Bular:    "Yasna"  -  ibodat  paytida  ijro  etiladigan  matnlar,    "Yasht"-
otashparastlarning  tangrini  ta'riflash  madhiyalari,  "Vendidot"  -  zulm        timsoli  - 
devlarga  qarshi  qonunlar  va  afsonalar,  "Visparat"  -  ibodat  yo'sinlari  va  mazmuni 
haqida ma'lumotlardir. 
"Avesto"  katta  hajmda  bo'lganligi  sabab,  dindorlarning  kundalik  faoliyatida 
foydalanishi uchun kichik "Avesto" ham yaratilgan. Unga katta "Avesto"dan tanlab 
olingan  duolar  kiritilgan.  Demak,  "Avesto"da  zardushtiylik  dinining  qonun-
qoidalari, ibodat vaqtida ijro etiladigan qo'shiqlari bitilgan. 
"Avesto"  ta'limotining  asoschisi  tarixda  payg'ambar  nomi  bilan  tanilgan 
Zardushtra  (Zardust)  ismli  shaxs  bo'lgan.  Zardushtra  -  oltin  tuyali  yoki  oltin  tuya 
yetaklovchisi  degan  ma'noda  ishlatilgan.  Zardushtra  otashparastlik  g'oyalarini  o'z 
hamfikrlari  bilan  birgalikda  Katta  Xorazm,  Baqtriya,  So'g'diyona,  Eron, 
Ozarbayjon qisman Hindiston aholisi o'rtasida targ'ib etgan. 
Beruniy  keltirgan  rivoyatga  ko'ra,  Baqtriya  podshosi  Vishtasp  va  malika 
Xutaosa  birinchilardan  bo'lib  zardushtiylik  e'tiqodini  qabul  etganlar,  so'ng  bu  din 
keng yoyilgan. 


14 
 
"Avesto"da dunyo ezgulik va yovuzlikning doimiy kurashidan iborat, ezgulik 
xudosi  Axuramazda  (Xurmuzd)  yovuzlik  tangrisi  Axriman  ustidan  g'alaba 
qozonishi  bayon  etilgan.  Zardushtiylik  dinida  olov  muqaddaslashtirilib,  u 
insonning baxtu-saodati ramzi sifatida ulug'langan. 
Zardushtiylik  jamiyatda barcha  odamlar tanasining rangidan, tili, urf-odatlari   
va  yashagan  joylaridan  qat'i  nazar,  osoyishtalik  bilan  yorqin  hayot  kechirishga 
haqlidir,  deb  hisoblaydi.  Bu  din  odamlarni  jur'atli,  dovyurak,  yetuk  insonlar 
bo'lishga da'vat etadi.   Otashparastlikda zamin (er), suv,  quyosh va  xavo ilohiyat 
darajasiga    ko'tariladi  va  ularni  ifloslash    og'ir  gunoh  hisoblanadi.  Kitobda    
aytilishicha,  Zardusht    odamlarga  murojaat  qilib,  yerga,  tuproqqa  sifatli  urug'lar 
sepinglar,  pirovard  natijada  o'zlaringiz  har  xil  illatlardan  va  balolardan  holi 
bo'lasizlar. Bilib qo'yinglar, ishlov berilmagan tashlandiq yerlarda turli kasalliklar, 
iflos narsalar va balo-qazolar paydo bo'ladi. Demak, sizlar yerga ishlov berib, unga 
yaxshi  urug'  sepib,  tuproqni  e'zozlasangiz  har  xil  balolardan  qutulasiz,  hayotga, 
insonga  ishonchingiz  kuchayadi,  yashagan  joyingizga,  vataningizga  mehringiz    
oshadi, deydi. Ko'rib turibmizki, zardushtiylikda tabiatga ehtirom  asosiy yo'nalish   
bo'lgan.      Zardushtiylik      diniga  oid  turli  buyumlar,  rasmlar,  urf-odat  asoratlari 
qadimgi Xorazm, So'g'd va boshqa o'lkalarda ko'plab topilgan. 
Ko'pchilik tadqiqotchilarning fikricha, "Avesto"ning Vatani Amudaryo sohili, 
aniqrog'i  qadimgi  Xorazmdir.  Bu  asarda  olingan  16  yirik  hududiy-geografik 
nomlarning ko'pchiligi O'rta Osiyoga taalluqlidir.   Bular Xorazm, So'g'd, Baqtriya 
yurtlari,  Xisor, Pomir, Tiyonshon tog'lari,   Kaspiy, Orol, Issiqko'l suv xavzalari, 
Amudaryo  va    Sirdaryolardir.  Demak,    bu  muqaddas    asarda    geografiyaga    oid 
mulohazalar  ham bisyor. 
"Avesto"  jahon  olimlari  tan  olgan  boqiy  yodgorlik,  noyob  tarixiy  manba.  U 
dunyoning ko'p tillariga tarjima qilingan. Kitob fransuz, ingliz, rus, nemis, fors va 
boshqa  tillarda  chop  etilgan.  Asarning  jahon  madaniyati  va  dinlar  tarixida  tutgan 
o'rni  beqiyosdir.  Shuning  uchun  ham  1999  yil  noyabrda  YUNESKO  bosh 
konferensiyasi  "Avesto"  yaratilganligining  2700  yilligini  dunyo  miqyosida  keng 
nishonlashga qaror qildi, 2001  yil oktabrida  Xorazm  zaminida  "Avesto"  va  uning 
insoniyat taraqqiyotidagi o'rni mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o'tkazildi. 
Ma'lumki, qadimgi zamon moddiy va ma'naviy taraqqiyoti fanda antik, ya'ni, 
qadimgi  sivilizatsiya  deb  ataladi  Jahonning  turli  mintaqalarida  vujudga  kelgan 
bunyodkorlik  va  taraqqiyot  bora-bora  umuminsoniy  qadriyatlarga,  madaniyatga, 
sivilizatsiyaga  aylandi.  O'zbekiston  esa  insoniyat  sivilizatsiyasining  qadimgi 
o'choqlaridan  biri  bo'lgan.  Demak,  o'lkamizda  yashab  o'tgan  qadimgi  odamlar 
jahon  ravnaqiga, uning  bugungi  rivojiga  o'zining  munosib  hissalarini  qo'shganlar. 
Shu  bois  bugungi  mustaqil  O'zbekiston  xalqlarida  milliy  g'urur  bilan  birga 
taraqqiyotga, sivilizatsiyaga intilish hissi kattadir. 
 

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish