I-bob: Yordamchi so'zlar. Yordamchi so'zlar haqida ma'lumot
Mustaqil so'zlar orasidagi grammatik munosabatlarni ta'minlab, ular orasidagi modal
ma'nolarni ifodalovchi lug'aviy ma'noga ega bo'lmagan so'zlar yordamchi so'zlar deyiladi.
Yordamchi so'zlar garchand mustaqil ma'no ifodalamasa-da, gapda turli grammatik
munosabatlami shakllantirish uchun xizmat qiladi. Ular so'zlarni o'zaro biriktirish, so'z va
gaplarni bog'lash, so'z va gaplarga qo'shimcha ma'no berish vazifalarini bajaradi.
Bajaradigan vazifasiga ko'ra yordamchi so'zlar quyidagicha:
ko'makchilar, bog'lovchilar,
yuklamalarKo'makchilar haqida ma'lumot
Ot yoki otlashgan so'zdan keyin kelib, shu so'zni boshqa bir so'z bilan
birikishini ta'minlaydigan yordamchi so'zlar ko'makchilar deyiladi. Ko'makchi
o'zidan oldin kelgan so'z bilan birgalikda fe'lga bog'lanadi.
Ko'makchili so'zning boshqa so'z bilan bog'lanishi boshqaruvli bog'lanishdir.
Ko'makchilar o'zi bog'langan so'zning ma'nosini to'ldirib keladi va shu boisdan o'zi
bog'langan so'z bilan birgalikda bir gap bo'lagi bo'lib qoladi.
Ko'makchilar lug'aviy ma'no ifodalamaydi, biroq grammatik ma'no bildiradi.
Masalan, uchun sabab ma'nosini, tomon yo'nalish ma'nolarini anglatuvchi
ko'makchilardir. Masalan, Samiev bu ishning muhimligini bilgani uchun telefon
go'shagini ko'tarib, kerakli bo'lim bilan suhbatlashib topshiriq berdi. (T. Mai.)
7
Ko'makchilar ko'pincha kelishik qo'shimchalariga sinonim holda qo'llaniladi.
Masalan, xat ruchka bilan yozildi. Xat ruchkada yozildi.'Kitobni o'zim uchun oldim.
Kitobni o'zimga oldim.
Ko'makchi aslida boshqa biror so'z turkumlaridan ko'makchiga aylangan
Do'stlaringiz bilan baham: |