4
KIRISH
O`zbekiston chinakam mustaqillikni qo`lga kiritib,
taraqqiy etgan demokratik
davlatlar qatorida xalqaro hamjamiyatda munosib o`rnini egallamoqda. O`zbekistonning
mustaqillikga erishishi ilgari xukm surib kelayotgan siyosiy-iqtisodiy va tarbiyaviy
tadbirlarga yangicha mazmun kiritadi. Ma`naviyat va ahloqiy poklikni qayta tiklash,
xalqimizning milliy va madaniy merosiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo`lish,
qadimiy va zamonaviy milliy madaniy boyliklarni bilish, milliy, tarixiy va madaniy meros,
an`analar tajribasini ta`lim, tarbiya tizimiga kiritish bugungi kunning dolzarb vazifalaridir.
Hozirgi davrda fuqorolarning ongiga mustaqillik, vatanparvarlik,
sadoqat kabi
tushunchalarni singdirish, ularni kelajakka buyuk davlatning munosib farzandlari qilib
kamol toptirish zamon talabidir. Har bir millatning ma`naviy boyligi umuminsoniy
qadriyatlarning birligidan tashkil topadi. Madaniy meros o`tmishning yutug`i, uni to`la va
oqilona egallash, takomillashtirish esa hozirgi zamon avlodlarining muqaddas vazifasidir.
O`zining
madaniy meroslarining, qadriyatlarini bilmaslik yoki mensimaslik esa millat va
uning istiqboli uchun katta fojiadir. «Jamiyat taraqqiyotining, asosiy, uni muqarrar
falokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch ma`rifatdir».
Ma’lum qilinishicha, mamlakat ta’lim-tarbiya tizimini
yana-da takomillashtirish,
ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish maqsadida Prezident Sh.Mirziyoyev farmoni loyihasi
ishlab chiqildi. Mazkur hujjat regulation.gov.uz portaliga qo‘yilib, barcha hududlarda,
mahalliy kengashlarda va maktab jamoalarida ota-onalar ishtirokida keng muhokama
qilindi.
Farmon loyihasida ta’limdagi hozirgi muammolarni hal qiladigan, yaqin besh yilda
natijasini ko‘rsatadigan va keyingi taraqqiyot darajasini belgilab
beradigan maqsadlar
qamrab olingan.
Jumladan, jamiyatda muallimning obro‘-e’tibori va maqomini ko‘tarish, o‘quv
dasturlari va metodikasini to‘liq qayta ko‘rib chiqish, maktabni ta’limning keyingi
bosqichlari bilan uzviy bog‘lash, o‘qituvchilarni ortiqcha qog‘ozbozlikdan xalos etib, o‘z
ustida ko‘proq ishlashi uchun sharoit yaratish va shuni rag‘batlantirish, maktab
infratuzilmasi va undagi ma’naviy muhitni yaxshilash kabi masalalarning yechimlari aniq
belgilab berilmoqda.
5
Yangi asr o’qituvchisini tayyorlashda uning pedagogik-psixologik va intеllеktual
salohiyat bo’yicha chuqur bilimga egaligi, innovatsion ta’lim
tеxnologiyalari, ta’limning
intеrfaol usullari va ilg’or samarali mеtodlariga oid ijodiy faollikni oshirishning samarali
usullaridan xabardor bo’lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada Muhtaram
Prеzidеntimiz I.A.Karimov o’zining «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston
sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari» asarida O’zbеkistonda qabul
qilingan o’ziga xos islohot va modеrnizatsiya modеli orqali
amalga oshirish lozimligini
ta’kidlagan
1
. Buni ta’minlash bo’lajak mutaxassislarni va ilmiy-pеdagogik xodimlarni
zamonaviy talablar asosida tayyorlashni taqozo etadi. Bu muhim vazifani hal qilishning
samarali yo’llaridan biri mutaxassislarni ilmiy tadqiqot mеtodologiyasi bilan shug’ullana
oladigan qilib tayyorlashdan iboratdir. Ushbu muammo yеchimini ham muhtaram
Prеzidеntimiz
o’zining
«Yuksak
ma’naviyat
–
yеngilmas
kuch»
asarida
“...farzandlarimizni mustaqil va kеng fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli, yashaydigan
komil insonlar etib voyaga yеtkazish – ta’limtarbiya sohasining asosiy maqsad va vazifasi
bo’lishi lozim,” dеb ta’kidladi
2
.
O‘quv jarayoniga tadbiq etilayotgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda
umumiy o’rta ta’lim muassasalari uchun yaratilgan “Davlat ta’lim standarti”da
o’quvchilarning bilishlari zarur bo’lgan majburiy bilimlar hajmi aniq ko’rsatilgan.
Ularni
o’quvchilarga yetkazish, o’quvchilarni faqat puxta bilim olibgina qolmay, balki mustaqil
ravishda o’qib olish va ijodiy izlanishga yo’naltirish, o’zlaridagi qobiliyatni rivojlantira
borish ko’nikmalarini orttira olish uchun o’qituvchilar
yangi pedagogik texnologiya
asosida pedagogikaning turli shakl va usullaridan foydalana olishlari zarur bo’ladi.
(13,14,15)
Shuningdеk, o’zlashtirilayotgan har bir predmet darsdan tashqari tadbirlar bilan uzviy
bog’lanishiga erishish lozim. Buning uchun ularni o’z o’rnida sahna chiqishlarini tashkil
etish, rolli o’yinlar o’tkazish orqali namoyish etsa yaxshi samara bеradi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda va odilona nazar tashlanganda, tanlangan va amalga
oshirilgan muammo (mavzu)ning o’zi nihoyatda dolzarbligini,
qolavеrsa, uning o’quv
jarayonidagi roli bеnihoyat katta ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi.
1
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O`zbеkiston sharoitida uni bartaraf etish yo`llari va choralari. – Т.:
«O’zbеkiston», 2009. – 7 b.
2
Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat – yеngilmas kuch. – T.: «Ma'naviyat», 2008. – 61 b.
6
Ta’lim-tarbiya jarayonida boshlang’ich ta’lim asosiy davrlardan hisoblanadi. Agar
o’quvchi boshlang’ich ta’lim davrida o’quv predmetlarini yaxshi o’zlashtirsa, yuqori
sinflarda ham yaxshi natijalarga ega bo’ladi. Umumiy o’rta ta’limda yaxshi natijalarga
erishgan o’quvchi kelajakda yaxshi kasb egasi bo’lib jamiyat uchun, uning ravnaqi,
xalqning farovon yashashi uchun jon kuydiradigan mutaxassis bo’lib kamol topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: