142
bo‘lgan o‘lchash iqtisodiyotiga olib kelishi mumkin. Masalan,
uy egalari elektr
uskunalar, mayda qishloq xo‘jalik texnikasi, baliqchilik anjomlari, duragdorlik
asboblari, garaj yoki avtomobillar qo‘yiladigan
joyni umumiy foydalanishga
rozilik bildiradigan birgalikda iste’mol qilish iqtisodiyotini amalga oshirish usuli
yuzaga kelar. Ushbu sohalardagi muammolaridan biri, uzoq vaqt davomida
shundan iborat ediki, bunday resurslar sohiblari jamoat uchun ko‘plab tashvishlar
tug‘dirar edi. «AQSHda 80 million drel (parmalash uskunasi) bor va ularning har
biridan shuncha vaqt ichida o‘rtacha 13
daqiqa foydalaniladi, –deb yozadi «Nyu-
York tayms» da
Airbnb
bosh direktori Brayan Cheski. –Shunday ekan, har bir
kishi uyiga drel sotib olishi uchun ehtiyoj bormikan?»
Biroq blokcheyn texnologiyasi amalda nolga teng bo‘lgan harakatlar talab
qiladigan ortiqcha resurslarni – simsiz ulanish nuqtalarini,
kompyuterlarning
hisoblash quvvatlarini yoki qattiq diskdagi bo‘sh joylarni, uyali aloqa telefoni
orqali puli to‘lab qo‘yilgan ortiqcha daqiqalarni, hattoki o‘zining
professional
ko‘nikmalarini ijaraga berishga imkon yaratadi– yana shunisi ham borki, bularning
barchasi uchun hattoki barmoqni qimirlashtish ham talab etilmaydi, qaergadir
begona odamning oldiga borish va keyin qaytib kelish haqida esa gapirmasak ham
bo‘ladi. Siz sayohat qilayotgan payt
Wi-Fi
nuqtasini
ijaraga berib, undan
foydalanilgan har bir soniya uchun arzimagan chaqa olishingiz mumkin. Bunda
sizni faqat o’zinguzning tasavvuringiz (istiqbolda esa - qonunchilik ham)
chegaralaydi, xolos. Sizning obunalaringiz,
jismoniy makon, energiya manbalari
qismlab boshqa tomonga berilgan va undan mikroto‘lovlar shaklida pul olgan
holda daromad manbaiga aylanishi mumkin. Sizdan faqat tomonlar o‘zaro
tranzaksiyalarni havfsiz va ishonchli amalga oshiri uchun nomarkazlashgan uzatish
protokoli talab qilinadi, xolos. Bu platformalar istalgan aktivlarga «litsenziyalash»
huquqini beradi. Sizdan faqat boshqalarga ulanish va foydalanish huquqini berish,
qay darajada istaingizni hal qilish – hatto boshqalarga sizning aktivlaringizdan
foydalanishga ruhsat bermalsik huquqi ham beriladi
va buning uchun qandaydir
narx belgilash so‘raladi, holos.
143
Korxonalar o‘z mahsulotlari va texnologik infratuzilmasini yangi biznes va
qiymat yaratishda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan jamiyatlar yoki tashqi
foydalanuvchilarga ochib bergandagina qandaydir platformalar yaratadilar. Bunda
mumkin bo’lgan variantlardan biri bu - ishlabchiqaruvchi iste’molchilardir.
Mijozlar innovatsiyasi dinamik dunyosidaishlab chiqaruvchi-iste’molchilar yangi
avlodi o‘zining «buzib kirish huquqi»ni bor narsa deb qabul qiladilar. Blokcheyn
texnologiyasi «ishlab chiqarish-iste’molchi»ga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: