Gulyamov saidahror saidahmedovich raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari



Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/218
Sana30.04.2022
Hajmi5 Mb.
#599699
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   218
Bog'liq
Raqamli iqt-lat-2019-

InnoCentive
o‘rniga nafaqat 
foydalanuvchilarning mobil elektron shaxsni, balki potensial yo’llovchilar haqida 
ularga mos keladigan va to‘ri bo’lgan qo‘shimcha axborotlardan iborat bo‘lgan 
mobil rezyumeni ham shakllantiradigan blokcheynnitasavvur qilib ko‘ring. Hech 
kimga tegishli bo‘lmagan va shu bilan bir paytda barchaniki sanalgan ko‘nikmalar 
taqsimlangan ro‘yxatini tasavvur qiling.Endilikda blokcheyn texnologiyasi va 
ochiq boshlang‘ich kodlar kutubxonasi birgalikda har qanday kompaniya uchun 
yangi biznes qiymatlari yaratish, innovatsiyalar va bir qancha vazifalarni hal qilish 
uchun makon taqdim etishi mumkin.Blokcheyn va dasturiy ta’minot omborlari 
blokcheynlar asoida bunday faoliyatni oziqlantiradi. Kompaniyalar endi to‘lov 
tizimlari ularga kiritilganblokcheyn Ethereum kabi yangi va kuchli dasturlash 
tillaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. 
Turli tarmoqlar ishlab chiqarishga katta e’tibor qaratgan holda moddiy 
ob’ektlar tayyorlash, ularning loyihasini ishlab chiqish va moliyalashtirish uchun 
global ekotizimlarning rivojlanishini rag‘batlantirishi va shu tariqa birgalikda bir 
rangdagi ishlab chiqarishning yangi bosqichini yaratish tashabbusi bilan chiqishi 
mumkin. Bu yerda asosiy masala va maqsad hamma ishni blokcheynda amalga 
oshirishdan iboratdir. Zamonaviy samolyotlar «saf bo‘lib uchadigan mustaqil 
elementlar 
jamlanmasi» 
deb 
atalishi 
kabi, 
kompaniyalar 
ko‘plab 
tarmoqlardaajralish va hamkorlar tarmog‘iga birlashish tendensiyasini namoyish 
etadi. Individual buyurtmalar bo‘yicha ommaviy ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish 


145 
maqsadidahuddi blokcheyn kabi, 3D-bosma texnologiyasi ham ishlab chiqarishni 
foydalanuvchiga yaqinlashtirmoqda. Tez orada axborot egalari va huquq egalari 
inson hujayralaridan boshlab, alyuminiy kukunigacha bo‘lgan har qanday narsa 
haqidagi metama’lumotlarni blokcheynda saqlashi mumkin bo‘ladi va bu 
korporativ 
ishlab 
chiqarish 
chegaralarini 
misli ko’rilmagan darajada 
kengaytiradi.Bu texnologiyalar tovarlar bilan ta’minlanganlikni va ularning 
ta’minot tarmog‘i bo‘ylab harakatini kuzatish uchun ulkan imkoniyatlar beradi. 
Har bir kishining qalbiga (va boshqa tana a’zolariga) yaqin bo‘lgan tarmoq – oziq-
ovqat sanoatini tasavvur qilib ko‘ramiz. Hozir supermarketda halol sharoitlarda va 
yaxshi boqilgan, dori-darmonlar berilmagan, ekologik tozaqoramol go‘shti 
sotayotganini ta’kidlash va hatto bunga chin dildan ishonish ham mumkin. Lekin 
savdo tarmoqlari buni yuz foiz kafolatlay olmaydi. Hech kim har bir molning 
biografiyasini yozib o‘tirmaydi,biz esa bu go’shtdan bifshteks pishiramiz, lekin 
uning «ishonchli» ekanligini tekshirish uchun esa vositalarga ega emasmiz. Odatda 
bunga ko‘z yumish ham mumkin – axir butun dunyo bo‘ylab milliardlab 
bifshtekslar sotiladi va sotilmoqda. Lekin ba’zida qoramol qutirish kasalligi 
epidemiyasi ham uchrab turadi, bu esa sog’lik uchun koni zarar.Oziq-ovqat sanoati 
blokcheynda nafaqat har bir buqaning raqamini, balki istiqbolda jonivorning 
DNKga bog‘lab qo‘yilgan har bir go‘sht parchasi raqamini saqlashi mumkin. Uch 
o‘lchamli qidirish imkoniyatlari foydalanuvchi jonivor tarixini va uning aynan 
o‘xshashligini bog‘lash uchun qoramol va parrandani to‘liq miqyosda kuzatish 
imkonini beradi. Ma’lumotlar to‘plamlarini intellektual boshqarish va ularni DNK 
asosida identifikatsiyalashga imkon beradigan murakkab (lekin qo‘llash oson 
bo‘lgan) texnologiyalar tufayli hatto eng yirik go‘sht ishlab chiqaruvchilar hamhar 
bir bo‘lak go‘sht sifati va havfsizligini kafolatlay oladilar. Tasavvur qiling, bu 
axborot laboratoriya tadqiqotlarini qanchalik soddalashtiradi va jiddiy vaziyatlarda 
sanitariya hizmatlariga javobgarliklarni tezlashtiradi. 
Blokcheyn texnologiyasi firma ichida hamda firmalar va turli tashqi 
qatnashchilar o‘rtasida ham teng huquqli qo‘shma faoliyatni ta’minlashga qodir. 
Buxgalteriya hisobi uchun, istalgan muhitda raqamli resurslardan foydalanish va 


146 
faoliyat yuritish uchun, bular valyutami, ijtimoiy munosabatlarmi yoki tashkilot 
bo‘lishidan qat’i nazar, to‘liq taqsimlangan mexanizmni ishlatishga imkon 
beradi.Bugungi kunda birgalikda ishlash uchun turli tijorat vositalari asta-sekinlik 
bilan tashkilot ichida boshqaruv va axborot bilan ishlash mohiyatini ancha 
o‘zgartirib yuboradi. 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish