MORFOLOGIYA11
Qadimgi turkiy til morfologik tip jihatidan turkiy tillar singari agglyutinativdir. So’z formalari so’zning negiziga maxsus qo’shimchalarni muayyan tartibda qo’shish yo’li bilan yasaladigan tillar agglyutinativ tillar deb ataladi. Ammo qadimgi turkiy tildagi morfemalar hozirgi o’zbek adabiy tili va singarmonizmni yo’qotgan shevalardan singarmonistik variantlarining borligi bilan farqlanadi. Lekin bu sof morfologik farq bo’lmay, fonetik farqdir.12
Hozirgi o’zbek adabiy tili morfologiyasidan qadimgi turkiy til morfologiyasining umumiy farqi quyidagilardan iborat:
1. Hozirgi zamon morfemalari qadimgi turkiy tildagiga nisbatan miqdoran ko’p va mazmunan boy.
2. Hozirgi o’zbek tilida yo’q bo’lgan yoki alohida element sifatida o’qilmaydigan morfemalar ham bor.
3. So’z va forma yasovchi chet til morfemalari yo’q.
4. Murakkab morfemalar juda kam.
Qadimgi turkiy tilning morfologik strukturasi: so’zlarning yasalishi, otlarning ko’plik, egalik va kelishik qo’shimchalarini olishi, fe’lning harakat nomi, ravishdosh, sifatdosh formalari, shuningdek, bu so’z turkumining orttirma, majhul darajalari, zamon kategoriyasi, sifat, ravish va yordamchi so’z turkumlari hozirgi turkiy tillardan deyarli farq qilmaydi. Faqat sonlarning strukturasi jihatidan, turli affikslarning har xil fonetik ko’rinishlarga ega bo’lishi bilan o’ziga xos xususiyatlarga ega. Qadimgi turkiy tildagi faol so’zlar, so’z yasovchi va forma yasovchi affikslar davrlar o’tishi bilan arxaiklashib qoldi, bularning ayrimlari esa hozirgi ba’zi turkiy tillarda aktiv ishlatilmoqda. Jumladan, qadimgi turkiy tilda aktiv qo’llangan tushum kelishigi affiksi –i hozirgi usmonli turk tilida hozir ham ishlatiladi.
Jamiyat tarixiy taraqqiyoti tilning lug’at sostavidagi so’zlar, affikslar adabiy formaga tomon siljib boradi. Bu tilning o’ziga xos qonuniyatlaridandir.
Qadimiy turkiy tildagi so’zlarni morfologik jihatdan ikki gruppaga: a) mustaqil so’z turkumlari; b) yordamchi so’z turkumlariga bo’lish mumkin.
Mustaqil so’zlarni ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish; yordamchi so’zlarni ko’makchi, bog’lovchi, yuklama, undov va modal so’zlar tashkil qiladi. Mustaqil so’z turkumlariga kiruvchi so’zlar kelishik affikslarini oladi, shaxs-son affikslari bilan tuslanadi, zamon, mayl, daraja affikslarini qabul qiladi. SHu xususiyatlari bilan yordamchi so’z turkumlaridan farq qiladi. YOrdamchi so’z turkumlarida ana shunday xususiyat yo’q. Yordamchi so’zlar mustaqil so’zlarni bog’lashga va qo’shimcha ma’no ifodalashga xizmat qiladi.
Ot
Qadimgi turkiy tilda ham ot turkumiga kiruvchi so’zlar ko’p. Semantik tomondan ham hozirgi turkiy tillardagi singari xususiyatlarga ega. Qadimgi turkiy tilda ot turkumiga mansub so’zlar kishi nomlarini (Bilga qag’an), hayvon nomlarini (qoy, bars, bөri), jism nomlarini (sub), qavm-qarindosh (өga), planeta (tangri, yїr) va h. nomlarni ifodalaydi.
Ot egalik, ko’plik va kelishik affikslarini oladi, boshqa turkumdagi so’zlardan morfologik va sintaktik usul bilan ot turkumidagi so’zlar yasaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |