5. Birgalik olmoshlari. Qadimgi turkiy tilda qamug’, ənchə (bəlchə), alqu, qop, təzü, tümən kabi birgalik olmoshlari ishlatilgan.
VI-X asrlarda qamug’, qop, təzə, alqu kabi birgalik olmoshlari ishlatilgan.
Birgalik olmoshlari ot, sifat va son o’rnida kelib, narsa va predmet miqdorini, sanog’ini bildirgan.
VI-X asrlarda alqu, qop birgalik olmoshlari ishlatilgan bo’lsa, XI asrdan keyin uning ekvivalenti sifatida arab tilidan o’zlashgan hama (hamma) va jam kabi birgalik olmoshlari ishlatilgan.
6. Belgilash olmoshlari. Qadimgi turkiy tilda təkmə kabi belgilash olmoshlari bo’lgan.
Yəmə so’zi o’rni bilan bog’lovchi va ravish funktsiyasida ham ishlatilgan.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Abdurahmonov G‘. Qadimgi turkiy til. –Toshkent, 1992.
Rahmonov N. , Sodiqov Q. O‘zbek tili tarixi. –Toshkent, 2009.
Abdurahmonov G‘., Shukurov Sh., Qozoqboyev M. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. –Toshkent, 2008.
Ashirboyev S., Azimov I. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. Toshkent, 2002.
6-mavzu Fe’l va uning aspektlari. Ravish yasalishi. Yordamchi so‘zlar
TA’LIM BERISH TEXNOLOGIYaSI
Mashg’ulot vaqti-4 soat
|
Talabalar soni: 50 –70 gacha
|
Mashg’ulot shakli
|
Ma’ruza-muloqot
|
2 soat
|
Fe’l so’z turkumi.
|
Ma’ruza rejasi
|
Fe’l so’z turkumi.
Fe’lning ma’no turlari tasnifi.
Qadimgi turkiy tilda fe’lning vazifadosh shakllari tasnifi.
Bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar.
Qadimgi turkiy tilda mayl ketegoriyasi tasnifi.
Qadimgi turkiy tilda zamon ketegoriyasi tasnifi.
Qadimgi turkiy tilda shaxs-son ketegoriyasi tasnifi.
Qadimgi turkiy tilda ravish va uning yasalishi.
Yordamchi so’z turkumlari.
Ko’makchilar. Ularning ma’no turlari, tasnifi.
Qadimgi turkiy tilda bog’lovchilar. Ularning ma’no turlari, tasnifi.
Yuklamalar. Ularning qadimgi matnlarda kam uchrashi. Uning sabablari.
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Qadimgi matnlar tilida qo’llanuvchi olmosh, fe’l so’z turkumi bo’yicha umumiy tushuncha berish.
Morfologik shakllarnin sintaktik tabiati, so’z birikmasiga yondosh holatlar va ulardan farqli xususiyatlari bo’yicha keng qamrovli bilim va ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat.
|
Pedagogik vazifalar:
Qadimgi manbalar tilida fe’llarning qo’llanishi va sof fellar va vazifadosh fe’llar haqida tushuncha berish.
Fe’lning kategorial va nokategorial shakllari xususida ma’lumot berish.
Qadimgi manbalar tilida fe’llarning qo’llanishi xususida yangi bilimlarni berish.
Qadimgi manbalar tilida fe’llarning qo’llanishi va sof fellar va vazifadosh fe’llar haqida tushuncha berish.
Fe’lning kategorial va nokategorial shakllari xususida ma’lumot berish.
YOrdamchi so’z turkumi tasnifi. Qadimgi manbalar tilida yordamchilarning ko’rinishlari xususida yangi bilimlarni berish.
|
O’quv faoliyati natijalari (talaba):
Talabalarda sof fe’l va vazifadosh fe’llar xususida bilimlarni manbalar tili misolida mustahkamlash.
Manbalar tili misolida fe’llarning kategorial va nokategorial shakllari yuorasidagi bilimlari mustahkamlanadi.
Fe’llarning manbalarda qo’llanishi va rivojlanish tarixi borasidagi fikrlari boyiydi, yordamchilarning ahamiyatini tushunib etadi.
Talabalarda sof fe’l va vazifadosh fe’llar xususida bilimlarni manbalar tili misolida mustahkamlash.
Manbalar tili misolida fe’llarning kategorial va nokategorial shakllari yuorasidagi bilimlari mustahkamlanadi.
YOrdamchilarning manbalarda qo’llanishi va rivojlanish tarixi borasidagi fikrlari boyiydi, yordamchilarning ahamiyatini tushunib etadi.
|
Ta’lim berish usullari
|
Ko’rgazmali, ma’lumotli, anjuman ma’ruza, jamoada ishlash.
|
Ta’lim berish shakllari
|
Ommaviy, jamoaviy, juftlikda ishlash.
|
Ta’lim berish vositalari
|
O’quv qo’llanma, tarqatma materiallar, proektor, doska, grafik organayzerlar.
|
Ta’lim berish sharoiti
|
Hamkorlikda ishlash va taqdimotlarni amalga oshirish imkoniga ega bo’lgan auditoriya.
|
Monitoring va baholash
|
Og’zaki nazorat: savol-javob
YOzma nazorat: test olish.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |