Guliston davlat universiteti y. Tojiyev, M. Latipov «til tarixi»



Download 9,49 Mb.
bet128/382
Sana05.07.2022
Hajmi9,49 Mb.
#741600
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   382
Bog'liq
portal.guldu.uz-TIL TARIXI

Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Abdurahmonov O’. Rustamov A. Qadimgi turkiy til.-Toshkent, «O’qituvchi» 1982.
2.Abdurahmonov N. Qadimgi turkiy til.-Toshkent, 1989.
3. Azimov I., Rahmatov M. Qadimgi turkiy til. –TDPU, 2005


Olmosh
Hozirgi turkiy tillarda olmoshlar nomlash va so’z yasash xususiyatga ega emasligi bilan boshqa so’z turkumlaridan farq qilgani kabi, qadimgi turkiy tilda ham ana shu xususiyatlarga ega.
Olmoshlar ot, sifat, son o’rnida qo’llanadi. U o’zining semantik xususityati va vazifasiga ko’ra bir necha turlarga bo’linadi.
1. Kishilik olmoshi. Kishilik olmoshlari qadimgi turkiy tilda quyidagicha ko’rinishda bo’ladi: I shaxs birligi – mәn, bən, II shaxs birligi – sәn, III shaxs birligi – ol, ul; I shaxs ko’plik - biz, bizlәr, II shaxs ko’plik – siz. Bu forma ba’zan II shaxs birlik ma’nosida qo’llanib tinglovchiga nisbatan hurmat bildiradi. III shaxs ko’pligi - ular, anlar. XSH-XIV asrlarda ham, asosan, ular, anlar formalari qo’llangan. XV asr va undan keyingi davrda alar formasi qo’llangan. 17
III shaxs– ol, ul olmoshlari egalik va kelishik affikslari bilan turlanganda va ko’plik qo’shimchasini olganda esa an, ən shaklini olgan, ya’ni uning tarkibida fonetik o’zgarish sodir bo’ladi. Masalan:

Kelishiklar

I sh. birlik

I sh. ko’plik

II sh.
birlik

II sh.
ko’plik

III sh. birlik

III sh. ko’plik

Bosh kelishigida

mən, bən

biz/lər

sən

siz/lər

ol

anlar

Tushum kelishigida

məni, bəni

bizni

səni

siz/n/i

anї

anlarnї

Qaratqich kelishigida

məniң, bəniң

biziң

səniң

siziң

anїң

anlarnїң

Jo’nalish kelishigida

məңə, bəңə

biziңə

səңə

siziңə

aңa,aңaru

anlarqa

O’rin-payt kelishigida

məntə, bəntə

bizintə

səntə/də

siznitə/də

Anta, anda

-

Chiqish kelishigida

-

-

-

-

-

-

2. O’zlik olmoshi. Qadimgi turkiy tilda өz dan tashqari, kәntü (kәndü) so’zi ham ishlatilgan. Өz aslida ot bo’lib, u «nafs» va «jon» ma’nolarida ishlatilgan. O’zlik olmoshi ma’nosi va grammatik xususiyatlari jihatidan hozirgi turkiy, jumladan, o’zbek adabiy tilidagi o’zlik olmoshidan farq qilmaydi.


Өz olmoshi aniqlovchi vazifasida kelib, aniqlanayotgan predmetning ma’lum shaxsga qarashliligini, xosligini ta’kidlab ko’rsatadi. Masalan: bәn өzüm uzun yәlmәg yәmә їttїm oq. (T) Өzüm qarї boltїm (T).
3. Ko’rsatish olmoshlari. Qadimgi turkiy tilda qo’rsatish olmoshlarining ol, bu ko’rinishlari bo’lgan.
VI-X asrlarda ko’proq ol: Ol əki kisi, bu (bu yolun), anta , bol, anї kabi ko’rsatish olmoshlari ishlatilgan. Bu olmoshlarning funktsiyasi turlicha bo’lgan. Misollar: Toquz Og’uz bəgləri buduni, bu sabїmїn ədgüti əshid! (KT-2). Bu yərdə olurup Tabg’ach budun birlə tüzültüm (KT). Ol matї ayїg’ yoq Türk qag’an. Anta ko’rsatish olmoshi o’sha, o’shanda, o’shanday, shu kabi olmoshlar o’rnida qo’llanilgan.
Ko’rsatish olmoshlari kelishiklar bilan turlanganda, olmoshlar tarkibida fonetik o’zgarish sodir bo’ladi. (Kishilik olmoshi bilan bir xil, jadvalga qarang). Anda kəsrə inisi qag’an bolmush ərinch, og’lїti qag’an bolmush ərinch (KT.)
4. So’roq olmoshlari. Qadimgi turkiy tilda kim (kimi), nə, qanї, qay kabi so’roq olmoshlari ishlatilgan. Masalan: (nima so’roq olmoshi ma’nosida) bәn sәңә nә ayayїn (T). (qanday, qay holda so’roq olmoshi ma’nosida) nә basїnalїm ,tәgәlim (T). (Qanday so’roq olmoshi ma’nosida) nә buңї bar әrtәchi әrmish?(T)
VI-X asrlarda nəң-nəң, nə, qanї, kim kabi so’roq olmoshlari ko’proq ishlatilgan.
Nәң nәң so’roq olmoshi esa faqat VII-VIII asr obidalariga xosdir: Nәң nәң sabїm ərsər baңgu tashqa urtїm (KT). Nәң so’roq olmoshi ba’zan har ma’nosida ham qo’llangan: nәң yәrdәki qag’anlїg’ bodun…(T).

Download 9,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish