6. O’rin-payt kelishigi -da; -dә; -ta; -tә variantlarga ega. Masalan: tayg’an kәltә tiriltim. (T), Altun yїshda oluruң (T)
Qadimgi matnlarda ba’zan o’rin, chiqish va jo’nalish kelishiklari almashtirib qo’llangan: qag’anda bədizchi kəlürtim (KT), Qїrqїzda yantїmїz (T).
7. Chiqish kelishigi -dїn; -din; -tїn; -tin -dan; -dәn; -tan; -tәn qo’shimchalari bilan hosil qilingan. Qadimgi turkiy tilning oxirgi davrlariga xos yodnomalarda uchraydi. Әldin, әlkә, balїqdїn, balїqqa, ulushdїn, ulushqa.
Otlarning yasalishi. 14Qadimgi turkiy tilda ot, otlashgan so’z yoki sifatdan ot yasovchi quyidagi qo’shimchalar bor:
1. -chї, -chi qo’shimchasi. Qalin negizga –chї ingichkasiga –chi varianti qo’shiladi. Bu ko’shimcha kasb va biror yumush egasini bildiruvchi ot yasaydi:
bәdiz (naqsh) – bәdizchi
yog’ (aza) – yog’chї (azani boshqaruvchi)
an (ov) – anchї (ovchi)
2. –lїq, -lik, -luq, -lük qo’shimchasi. Lablanmagan unlili qalin negizga –lїq, ingichkasiga –lik varianti qo’shiladi. Lablangan unlili qalin negizga –luq, ingichkasiga –lük varianti qo’shiladi:
ach (och) – achlїq (ochlik)
yәmish (meva) – yәmishlik (mevazor)
kün (kun) – künlük (kunlik)
3. –qan (xan), -kən qo’shimchasi. Bu qo’shimcha laqab, unvon, geografik va astronomik nomlar tarkibida uchraydi. Qalin negizga –qan (xan), ingichkasiga –kən varianti qo’shiladi:
tәңri (tangri) – tәңrikәn (xujojo’y)
yәti (etti) – yәtikәn (Etti qaroqchi)
qadїr (qiyin, qattiq) – Qadїrqan (joy nomi)
4. –qaq, -kək, -g’aq, -gək qo’shimchasi. Bu qo’shimcha otga qo’shilganda mahdudlik, chegaralanganlik va fe’lga qo’shilganda qurol, vosita ma’nosini bildiradi. Jarangsiz undosh bilan tugatgan qalin negizga –qaq, ingichkasiga –kək varianti qo’shiladi.
ər (әr) – әrkək (nar)
toz (chang) – tozg’aq (gul changi)
or- (o’r) – org’aq (o’roq)
qach (qoch) – qachqaq (qochoq, qochqok)
5. –qu, -kü, -g’u, -gü qo’shimchasi. Bu qo’shimchaning ham negizga qo’shilish tartibi bundan oldingi qo’shimchaniki singari bo’lib, mavhumlik ma’nosini bildiradi:
6. –tam, -təm,-dam, -dəm qo’shimchasi. Bu qo’shimchaning ham negizga qo’shilish tartibi bundan oldingi ikki qo’shimchaga o’xshashdir. Otdan ot yoki sifat yasaydi:
әr (әr) – әrdәm (odob, etuklik)
tәngri (tangri) – tәngridәm (ilohiy, osmoniy)
kün (quyosh) –kündәm (quyoshli)
7. –tash, -təsh, -dash, -dəsh qo’shimchasi. Bu qo’shimcha hozirgi o’zbek tilidagi –dosh ning o’zidir. Negizga qo’shilish tartibi bundan oldingi qo’shimchaniki singaridir:
qa (idish) – qadash (tug’ishgan)
8. –sh qo’shimchasi. Bu qo’shimcha undosh bilan tugagan so’zlarga birikkanda, oldiga tor unli qo’shiladi:
bag’ (bog’, boylam) – bag’їsh (bo’g’in)
tәrk (tez) – tәrkish (tezlik)
9. –suq, -sük qo’shimchasi. Birinchi varianti qalin negizga, ikkinchisi ingichka negizga qo’shiladi. Otdan ot yoki sifat yasaydi:
bag’їr (jigar) – bag’їrsuq (ichak)
tan (hayrat) – tansuq (ajoyib)
10. –sush, -süsh qo’shimchasi. Bu qo’shicha – sush, -süsh qo’shimchasi bilan bir manbaga ega. Chunki turkiy tillarda q (k) sh mosligi bor. bu qo’shimchaga bitta misol bor:
suv (suv) – suvsush (ayron; go’ja singari ovqatlarning suvi)
Qadimgi turkiy tilda fe’ldan ot yasovchi tubandagi qo’shimchalar bor:
1. –m, -im, -їm, -üm, -um qo’shimchasi. Bu qo’shimcha undosh bilan tugagan negizlarga qo’shilganda, oldida bir tor unli paydo bo’ladi. Bu unlining sifati negizning qalin-ingichkaligiga va tarkibidagi unlining lablangan-lablanmaganligiga bog’liq. Fe’ldan anglashilgan harakat bilan bog’liq predmetni bildiradi:
al-(ol) – alїm (qarz – qarz berganga nisbatan)
bər (ber) - bәrim (qarz-qarzga nisbatan)
kəd-(kiy) – kәdim (kiyim)
soq-(ur- so’y) – soqum (so’qim)
өl-(o’l) - өlüm (o’lim)
oqta-(o’q ot-) – oqtam (otim)
2. –n, -in, -їn, -ün, -un qo’shimchasi. Negizga qo’shilish tartibi –m niki singari bo’lib, fe’l bildirgan harakat natijasida paydo bo’lgan predmetni anglatadi:
aq-(oq) – aqїn (sel)
tər-(ter-) - tərin (jamoa)
bul-(top-) – bulun (asir)
tüg- (tug) – tügün (tugun)
kishә- (tushovla) - kishən (tushov, kishan)
3. –ma, -mə qo’shimchasi. Qalin negizga –ma, ingichka -mə varianti qo’shiladi. Fe’l anglatgan harakat natijasida paydo bo’lgan va shu harakatni bajaradigan predmetni ifodalaydi:
yəl (el-) - yəlmə (tez otliq otryad)
tiz (tiz-) - tizmə (bog’ich)
kəs (kes) - kəsmə (kokil)
tut (tut, saqla-) – tutma (sandiq)
4. –g’, -g, їg’, -ig, -ug’, -üg, -їq, -ik, -uq, -ük qo’shimchasi. Bu qo’shimchaning ham negizga qo’shilish tartibi –m, -n qo’shimchalarniki singari bo’lib, fe’l bildirgan harakatni bajaruvchi va shu harakat bilan bog’liq predmetni anglatadi:
qap- (yop-) - qapїg’ (darvoza)
bil- (bil-) – bilig (ilm)
tut- (tut-) – tutug’ (garov)
kөr- (ko’r-) - kөrüg (josus, razvedkachi)
bit (yoz) – bitik (xat)
5. –q, -k qo’shimchasi. Bu qo’shimchaning oldida paydo bo’ladigan unlida uyg’unlik yo’q. Fe’l anglatgan harakat natijasida paydo bo’lgan predmetni ifodalaydi:
yaz- (yomonlik qil) – yazuq (gunoh)
tilə- (tila) - tilək (tilak, orzu)
qїl- (qil-) – qїlїq (xulq)
6. –ch qo’shimchasi. Bu qo’shimcha mavhum ot yasaydi:
өkün (o’kin-) - өkünch (pushaymonlik)
saqїn- (o’ylamoq, eslamoq) – saqїnch (o’ylash, eslash)
7. –chu, -chü qo’shimchasi. Qalin negizga –chu, ingichkasiga –chü varianti qo’shiladi.
abїn- (ovin-) – abїnchu (ovinchoq)
ərin (әrin-) - ərinchü (ayb)
8. –t qo’shimchasi. Fe’ldan anglashilgan harakatni predmetlashtiradi:
өl- (o’l-) - өlüt (qatl)
adїr- (ayir-) – adїrt (farq)
9.-ї, -i, -u, -ü qo’shimchasi. Bu qo’shimcha variantlarining qo’shilishi negizning qalin-ingichkaligiga va tarkibidagi unlining lablangan-lablanmaganligiga bog’liq. Harakat natijasini anglatadi:
өtün- (o’tin-) - өtnü (qarz)
yaz- (yoz-) – yazї (cho’l, dala)
10. –a, -ə qo’shimchasi. Qalin negizga –a, ingichkasiga -ə varianti qo’shiladi. Fe’ldan anglashilgan harakat natijasida vujudga kelgan predmetni bildiradi:
uv- (maydala-) – uva (umoch)
11. –g’a, -ga qo’shimchasi. Negizga qo’shilish tartibi yuqoridagi qo’shimchaniki singaridir. Fe’l bildirgan harakatga ega shaxsni anglatadi:
bil- (bil-) - bilgə (olim)
өg- (angla-) - өgə (ongli, farosatli kishi)
12. –qїch, -g’їch, -kich, -gich, -quch, -küch, -g’uch, -güch qo’shimchasi. Qaysi variantining ishlatilishi negizning qalin-ingichkaligi, oxirgi tovushning jarangli-jarangsizligi va oxirgi unlining lablangan-lablanmaganligiga bog’liq. Bu qo’shimcha qurol nomi yasaydi:
ach- (och-) – achqїch (ochqich, kalid)
yul- (yul-) – yulg’uch (ombir)
13. –qu, -g’u, -ku, -gü qo’shimchasi. Qaysi variantining ishlatilishi negizning qalin-ingichkaligi, jarangli-jarangsizligiga bog’liq. Bu ham qurol nomi yasaydi:
bїch-(kes-)- bїchg’u (kesadigan asbob)
qana-(qon chiq-) – qanag’u (qon oladigan asbob)
14. –qїn, g’їn, -kin, -gin, -qun, -g’un, -kun, -gun qo’shimchasi. Qaysi variantining qo’shilishi negizning qalinligi va ohiridagi bo’g’indagi unlining lablangan-lablanmaganligiga bog’liq jaranglilik-jarangsizlilik uyg’unligi buzilishi mumkin. Fe’ldan anglashilgan harakatni bajaruvchi yoki shu harakatga mahkum shaxs ma’nosini bildiradi.
qach-(qoch-) – qachg’їn (qochqin)
bar-(bor-) – barqїn (yo’lovchi)
tut-(tut) - tutqun (asir)
tәr-(ter) – tәrgin (jamoa)
15. –g’uq, -gük, -quq, -kük qo’shimchasi qaysi variantning qo’llanishi negizning qalin-ingichkaligiga bog’liq. Harakat natijasida vujudga kelgan predmetni anglatadi.
qas- (qazi-) – qazg’uq (qoziq)
tapuz- (toptir-) – tapuzg’uq (topishmoq)
16. –yaq, -yək qo’shimchasi. Qalin negizga –yaq, ingichkasiga –yək varianti qo’shiladi. Ma’nosi bundan oldingi qo’shimchaga yaqin:
tut- (tut-) – tutyaq (tutunish)
yөrgә (o’ra-) - yөrgәyәk (gajak)
Bulardan tashqari –maq, -ndi, -(a) -g’an va boshqa qo’shimchalar bilan yasalgan fe’l formalari otlashishi mumkin.
Otlarda modal formalar. Qadimgi turkiy tilda –ak, әk, -qї, -ki, -chїq, -chik va –ch kabi kichraytuv va erkalash affikslari uchraydi:
yol (yo’l) – yo’laq (so’qmoq)
og’lan (yigit) – og’lanchiq (yigitcha)
ata (ota) – ataqї (otajon)
ata (ota) – atach (otagina)
Sifat
Qadimgi turkiy tilda sifatlar ham mustaqil so’z turkumlaridan biridir. Sifatlar ma’nosi va tuzilishiga ko’ra asliy va nisbiy sifatlarga bo’linadi.15
Do'stlaringiz bilan baham: |