Dunyoda 2 chi o’rinda yosh islom dini turadi. Bu din 6 asrning oxiri 7 asrning boshlarida Arabiston yarim orolida vujudga kelgan. Islom dinini odatda musulmon dini deb yuritiladi. Geografik nuqtai nazardan islom diniga e’tiqod qiluvchilar nisbatan yaqin umumiy hududda joylashgan. 1,5 milliardga yaqin kishi e’tiqod qiladi. Islom dini Shimoliy, G’arbiy va Sharqiy Afrikada, Arab mamlakatlarida, Kichik Osiyoda, Eron, Afg’oniston, Pokiston, Bangladesh mamlakatlarida hukmron. Kipr aholisinining bir qismi musulmonlardir. Hindiston aholisining 9 % musulmonlar, ilgari bu mamlakatda musulmonlar ko’p bo’lgan. Lekin ularning ko’p qismi Pokiston va Bangladeshga ko’chib ketishgan. Islom dini Indoneziyada asosiy din hisoblanadi. Bu dinga shuningdek “Filippin” davlatining janubiy qismida yashovchi xalqlar (Mindanao va boshqa kichik orollar aholisi), G’arbiy Xitoydagi uyg’ur, dunganlar ham e’tiqod qilishadi. Evropada Istambul va uning atrofidagi usmoniy turklar, albanlar va bosniyaliklar, bolgarlarning bir qismi, lo’lilarning bir qismi musulmon hisoblanadi.
Davlatimiz rahbari islom diniga, uning rasm-rusumlariga, bayramlariga, diniy tarbiya va ta’limiga alohida e’tiborni qaratar ekan, mustabid sho’ro tuzumi davrida ham o’z fikr-mulohazalarini bildirib keldi va ularning echimini amaliy ravishda topish uchun usul va yo’l-yo’riqlarni belgilab bera oldi. “Islom dini bu ota-bobolarimiz dini, u biz uchun ham iymon, ham axloq, ham diyonat, ham ma’rifat ekanligini unutmaylik,–deb uqtiradi Yurtboshimiz,–Ana shu ma’rifatni kishilarimiz jon-jon deb qabul qiladilar va yaxshi o’gitlarga amal qiladilar. Mehr-oqibatli, nomusli, oriyatli bo’lishga, izzat-ehtirom tushunchalariga rioya etishga harakat qiladilar”4. Istiqlol yillarida islom dini mavqeining tiklanishi, diniy marosimlar, milliy qadriyatlarimiz, asriy bayramlarimizning xalqqa qaytarilishi, musulmonlarning muqaddas Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatiga erishganliklari, diniy-axloqiy masalalar bo’yicha kitoblarning chop etilishi, diniy erkinlik va bag’rikenglikni ta’minlash kabi keng ommaga manzur ko’p savobli ishlar tezkorlik bilan amalga oshirildi.
Mustaqillik sharofati bois mo’’tabar Qur’oni Karim va hadislarni chop etish imkoniyati paydo bo’ldi. Jumladan, 1991 yilda Qur’oni Karim ilk bor o’zbek tilida Alouddin Mansur tarjimasi va Imom al-Buxoriyning “Sahihi Buxoriy”–4 jildlik hadislar to’plami o’zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etildi. 1991 yil 14 iyulda O’zbekiston huquqiy tajribasida birinchi bor “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi Qonun qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingach, vijdon erkinligi, davlat va din o’rtasidagi munosabatlar konstitutsion tamoyillar asosida tartibga solindi. 1998 yil 1 may kuni ushbu qonunning yangi tahriri qabul qilindi.
E’tiborli tomoni, 1992 yil 27 mart kunida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ro’za hayiti va Qurbon hayitining birinchi kunlarini dam olish kuni deb e’lon qilish to’g’risida”gi Farmoni imzolandi. O’zbekiston Prezidentining 1990 yil 2 iyundagi “Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga Haj qilish to’g’risida”gi Farmoniga binoan O’zbekiston xalqi vakillari tarixida birinchi marta bevosita hukumat homiyligida har yili Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatiga ega bo’ldi. Mustaqillik yillarida 32 mingdan ortiq o’zbekistonliklar Makka va Madinada Haj safarida bo’ldilar. Yuzlab masjidlar musulmonlarga qaytarildi, yangilari barpo etildi. “Islom nuri” gazetasi va “Hidoyat” jurnali nashr etilmoqda.
Prezidentimizning 1992 yil 7 martdagi Farmoni bilan islom dini omilidan, uning ma’naviy imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari bo’yicha qo’mita tashkil etildi. Uning tasarrufida Xalqaro islom-tadqiqot instituti va 10 ta madrasa faoliyat ko’rsatmoqda. Ularda 1000 dan ortiq talaba-yoshlar ta’lim olmoqda. Diqqatga sazovor tomoni, davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan islom ta’limoti va falsafasini keng o’rganish, o’zbek xalqining diniy, tarixiy va madaniy merosini chuqur ilmiy tadqiq etish, yuqori malakali dinshunos va iqtisodchilarni tayyorlash maqsadida 1999 yil 7 aprelda Toshkent islom universiteti tashkil etildi.
2007 yil – Islom konferentsiyasi tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha muassasasi – AYSESKO (ISESKO) tomonidan Toshkent shahri Islom madaniyatining 2007 yildagi poytaxti deb e’lon qilindi. 2007 yil 14-15 avgust kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida Toshkent shahrining “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinishiga bag’ishlangan “O’zbekistonning islom tsivilizatsiyasi rivojiga qo’shgan hissasi” mavzuida xalqaro konferentsiya o’tkazilib, unda 30 dan ortiq davlatlardan kelgan olimlar qatnashdi.
Bugungi kunda respublikamizda 17 ta diniy konfessiya ro’yxatga olingan va rasman faoliyat ko’rsatmoqda. 170 dan ortiq diniy tashkilotlar ishlab turibdi. Shuningdek, 1,7 mingdan ortiq masjidlar, xristian ibodatxonalari va boshqa diniy markazlar ta’mirlandi va yangidan qurildi.
Dunyo dinlari orasida e’tiqod qiluvchi aholi soni bo’yicha ham, geografik tarqalish hududi jihatidan ham eng kichigi-budda dini (buddizm) dir. Bu dinga taxminan 487 million kishi e’tiqod qiladi. Tarixiy nuqtai nazardan budda eng qadimgi “dunyo dinidir”. U eramizdan avvalgi 6-5 asrlarda shimiloy Hindistonda vujudga kelgan. Hozir bu dinga Hindiston aholisining bir qismi, birmaliklar, Nepal, Shiri-Lanka aholisi, Hindi-Xitoy xalqlarining bir qismi va tibetliklarning bir qismi e’tiqod qilishadi.
Budda dini shuningdek Xitoyning g’arbiy rayonlarida va Mongoliyada tarqalgan. Asosiy uchta “dunyo dinlari”ning geografik tarqalishi ana shunday. Ammo bu uch dinga sayyoramiz aholisining taxminan yarmi e’tiqod qilishadi. Qolgan aholi e’tiqod qiluvchi dinlar milliy dinlardir. Ma’lum bir millat yoki ma’lum bir hudud aholisi e’tiqod qiluvchi dinlar (aosan bir mamlakat doirasidagi) milliy dinlar deb yuritiladi. E’tiqod qiluvchi aholining soni jihatdan milliy dinlar orasida eng yiriklari konfutsiylik, iudaizm, sintoizm va boshqalar.
Konfusiylik, asosan Xitoylar o’rtasida keng tarqalgan, iudaizm esa, Hindiston aholisining eng asosiy dinidir. Yaponiyada-Sintoizm, Xitoyda-Konfusiylik va daosizm dinlariga e’tiqod qilinadi.
Ma’lumki, din jamiyat hayotida turmushida juda katta rol o’ynaydi. Bunda davlatning iqtisodiy rivojlanganlik darajasi, aholining ta’limiy darajasi katta ahamiyat kasb etadi. Aholining diniy tarkibini bilish va uni to’g’ri baholash, dunyoda bo’lib o’tayotgan voqea va hodisalarning ko’pchiligini to’g’ri tushunish va anglashga imkon beradi. Evropada xristianlik dinini barcha shakllari keng tarqalgan.
Katolik dini asosan qit’aning janubida, qisman g’arbiy va markazida, provaslavlik sharqiy va janubiy sharqida, Sobiq ittifoq mamlakatlarida provoslavlik va islom dinlari keng tarqalgan. Osiyoda barcha dunyoviy dinlar va yirik milliy dinlar keng tarqalgan. Ayniqsa, islom dini katta rol o’ynaydi. Islomning sunniylik yo’nalishi Indoneziyada keng tarqalgan, dunyoda eng yirik musulmon mamlakatidir.
Malayziya, Hindiston, Bangladesh, Pokiston, Afg’oniston va Janubiy-G’arbiy Osiyodagi barcha arab mamlakatlarida ham sunniylik asosiy o’rin egallaydi. Islomning shialik yo’nalishi Eron, Ozarbayjon, qisman Iroq va Yamanda asosiy din sifatida tan olingan. Islom diniga e’tiqod qiluvchilarning katta-katta guruhlari Filippin, Kombodja, Tailand, Kipr, Shri-Lanka mamlakatlarida mavjud.
Sharqiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida buddizm va lamaizm keng tarqalgan. Induizmga Hindiston va Nepal aholisining ko’pchiligi e’tiqod qiladi. Konfusiylik va daosizm dinlari Xitoyning asosiy dinlari hisoblanadi. Sintoizm Yaponiyada tarqalgan. Xitoy, Yaponiya, Koreya, Indoneziya, Malayziya va boshqa mamlakatlarda ham xristian diniga e’tiqod qiluvchilar bor.
Afrikaning shimoliy g’arbi va sharqida joylashgan ko’pchilik mamlakatlarda islomning sunniylik yo’nalishi hukmron. Efiopiya, JAR va boshqa qator mamlakatlarda xristian dini muhim rol o’ynaydi. Markaziy va Janubiy Afrika aholisining asosiy qismi mahalliy dinlarga e’tiqod qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |