Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari



Download 1,67 Mb.
bet2/86
Sana28.03.2023
Hajmi1,67 Mb.
#922280
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
Bog'liq
portal.guldu.uz-AHOLI GEOGRAFIYASI VA DEMOGRAFIYA ASOSLARI

Kirish


Aholi geografiyasi–aholining tarkibi, dinamikasi va joylashuvidagi hududiy farqlarni, bu farqlarni vujudga keltiradigan qonuniyatlarni, aholining er shari bo’yicha, ayrim mamlakatlar va tumanlar miqyosidagi harakatini, aholi manzilgohlarining hududiy tizimlarini va ularning rivojlanishi qonuniyatlarini o’rganadi. Aholi geografiyasi, shuningdek, aholining soni, aholidagi o’zgarishlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy ma’lumotlarning aloqalarini o’ziga xos yo’llar bilan o’rganadi.
Demografiya–grekcha–demos–“xalq” va grafiya–“tasvirlash” so’zlaridan iborat bo’lib, aholi haqidagi fandir. U aholining soni, hududiy joylashuvi va tarkibini, ularning o’zgarishi va bu o’zgarishning sabablarini, aholidagi o’zgarishlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy ma’lumotlarning aloqalarini o’ziga xos yo’llar bilan o’rganadi. Shuningdek, demografiya aholi takror barpo qilinishining qonuniyatlarini ochib beradi. Ko’rinib turibdiki, aholi geografiyasi bilan demografiya fanlari o’rganadigan masalalar bir biriga juda yaqin.
Shuning uchun aholi geografiyasi demografiya o’rganadigan va aholiga ta’luqli bo’lgan demografik statistika tomonidan to’planadigan ma’lumotlardan keng foydalanadi. Demografiya ham o’z navbatida o’rganilayotgan demografik jarayon va ko’rsatkichlardagi geografik farqlar va bu farqlarning sabablariga qiziqadi. Shunday qilib, aholi geografiyasi bilan demografiya o’rtasida birgalikda hal qilinishi kerak bo’lgan bir qator muammolar vujudga keladiki (aholi rivojlanishining qonuniyatlari, konsepsiyalari, ularni bashoratlash, aholi siyosatlari), bularni faqatgina aholi geografiyasi va demografiya asoslari fani hal qiladi.
Aholini ob’ektiv ijtimoiy qonun va qonuniyatlar asosida rivojlanib borishida, har bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar davrida aholi rivojlanishini boshqaradigan o’ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy qonun va qonuniyatlarning harakat qilishi kuzatiladi. Jamiyatning rivojlanish bosqichlarida, ularning har biriga xos ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlari amal qiladi. O’z navbatida ularning turli davrlarda va mamlakatlarda aholining tabiiy va migratsion harakatini nazorat qilish, tartibga solishni ko’zda tutadigan «demografik siyosat» yurgizishni taqozo etadi.
Turli davrlarda maydonga kelgan demografik konsepsiyalar, aholini alohida ijtimoiy siyosiy manfaatlari yo’lida yaratilganligi bilan xarakterlanadi. Merkantilizm, maltuschilik, hozirgi zamon maltuschilari (neomaltuschilik) kabi demografik konsepsiya va nazariyalar shular jumlasidandir. Hozirgi davr jahon demografik muhiti va muammolari ham uzluksiz ravishda demografik siyosatda aks etishi lozim.
Hozirgi zamon jahon demografik siyosati va konsepsiya-nazariyalarini ishlab chiqayotgan dunyoviy demografik institutlar (BMT, uning aholishunoslikka oid bo’linmalari, jahon demografik kongressi va boshqalar) dolzarb ilmiy tadqiqotlar olib borishmoqda. Demografik ilmiy bashoratlashning (prognozlash) dunyoviy va hududiy harakati amal qilmoqda. Aholi o’sishiga xos ilmiy bashoratlashning demografik asoslari, usullari, ularning aniqlik darajasi va amaliy ahamiyati ortib bormoqda. Aholi o’sishi va rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan tabiatni muhofaza etish va ekologiya muammolar, ularning sabab va oqibatlari atroflicha o’rganilmoqda.
O’zbekistonda aholining o’sishi, farovonligini ta’minlash va salomatligini muhofaza etish yo’lida olib borilayotgan chora-tadbirlarning: «Oila yili», «Ayollar yili», «Onalar va bolalar», «Mustahkam oila», «Farovon turmush yili» o’tkazilishi, «Sog’lom avlod yili» ordenlarining ta’sis etilishi va boshqa tadbirlar bugungi kunda respublikamizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning asosini tashkil etadi. Jumladan, tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar, jamiyat taraqqiyotining asosiy qonunlari ana shunday muhim nazariy masalalardan hisoblanadi.
Ma’lumki, demografik jarayonlar tarixi insoniyat tarixi kabi qadimiy bo’lib, 19-20 asrlar davomida ancha faol tus oldi. “19 asrda 50 mln. evropalik boshqa qit’alarga ko’chishdi. Ko’chishlarining asosiy sababi, yashayotgan joylarida erlarning etishmovchiligi va ko’chib borgan joylarida esa erlarning arzon baholarga sotilishidir. Ko’chib borgan muhojirlarning ko’pchiligi qishloq joylarida o’rnashdilar. 19 asrning oxiri 20 asrning boshlarida esa migratsiya oqimi yirik sanoatlashgan shaharlarga qaratildi”1. Migratsiya jarayonlarini o’rganish esa uzoq o’ttiz yillik tanaffusdan so’ng, 50 yillarda boshlangan bo’lib, bu davrda Evropadagi Polsha, Germaniya, Chexiya, Slovakiya mamlakatlari va Rossiyaning asosan sharqiy qismi aholisi migratsiyasi chuqurroq tadqiq etilgan.
Bugungi globallashuv jarayoni faol kechayotgan sharoitda demografik jarayonlar xususiyatlari o’tgan asrga nisbatan tubdan farq qiladi. Ya’ni ishlab chiqarish tezligi va aholi daromadlari yuqori, kommunikatsiyalar rivojlangan, qulay shart-sharoitlarga ega bo’lgan hududlarga mehnat resurslarining intilishi bilan xarakterlanadi. Ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida rejalashtirilgan iqtisodiyotdan farqli o’laroq, demografik jarayonlarga yangicha yondashishni taqozo etmoqda.
Mazkur o’quv qo’llanmada demografik jarayonlarning yuqorida bayon etilganidek, geografik omillar bilan bog’liq xususiyatlariga e’tibor qaratilganligi muhim ahamiyatga ega. O’zbekiston Respublikasi ham barcha Sobiq “Ittifoq”dagi respublikalar singari migratsiya tarixiga ega. Respublikada demografik jarayonlarning nazariy va amaliy masalalariga doir qator tadqiqotlar olib borilgan. Ayniqsa, davlat mustaqilligi yillarida ushbu muammolarni tadqiq etishga olimlardan O.B.Otamirzaev, M. Bo’rieva, A.S.Soliev, A.A.Qayumov, Z.X.Rayimjonov va boshqalar munosib hissa qo’shdilar.
Rus olimlaridan K.V.Papenov, M.G.Trudova, V.I.Yushkovlar qishloq aholisi migratsiyasiga oid ilmiy ishlarni amalga oshirdilar. Shaharlar aholisi migratsiyasini V.I.Staroverov (Rossiya), A.Maryanskiy (Polsha), T.A.Ashimbaev (Qozog’iston) kabi olimlar o’rganishgan. Mintaqa va alohida hududlar migratsiyasini J.A.Zayonchkovskaya, V.I.Perevedensev, L.L.Ribakovskiy kabi olimlar chuqur o’rganishgan.
Mazkur o’quv qo’llanmada ba’zi juziy kamchiliklar, munozarali qarashlar va atamalar uchrashi mumkin. Shunga ko’ra qo’llanma haqidagi fikr-mulohazalarini bildirgan hamkasblarga muallif oldindan o’z minnatdorchiligi va uzirini bildiradi.
Manzilimiz: 707012. Guliston shahri, 4 mavze, Universitet,

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish