Bog'liq portal.guldu.uz-AHOLI GEOGRAFIYASI VA DEMOGRAFIYA ASOSLARI
Hozir Respublikamiz xalq xo’jaligining barcha sohalariga, shuningdek fan va madaniyat uchun ham zarur kadrlarni oliy ta’lim, o’rta maxsus o’quv yurti tayyorlab beradi. Yildan yilga Respublikamiz xalq xo’jaligida ishlaydigan malakali mutaxassislar soni ko’payib bordi. O’zbekiston keyingi vaqtlarda industrial taraqqiyotning jadallashuvi bilan hunar–texnika bilim yurtlari (hozirgi kunda kollejlar) orqali malakali ishchilar tayyorlashga alohida e’tibor berila boshladi. Shu yillarda O’zbekiston xotin–qizlar hayotida ham sifat o’zgarishlari sodir bo’ldi.
Ma’lumki xotin – qizlarning jamiyatdagi tutgan o’rni va huquqlari turli davrlarda turlicha bo’lgan. Inqilobdan avval o’zbek xotin qizlari ishlab chiqarishda kamdan – kam qatnashganlar, asosan uy – ro’zg’or ishlari, bola tarbiyasi bilan mashg’ul bo’lganlar. Hozirgi vaqtda o’zbek xotin qizlari xalq xo’jaligining barcha tarmoqalrida faol mehnat qilmoqdalar. O’zbekiston endilikda barcha fan sohalari bo’yicha ilmiy muassasalarni birlashtirgan 2 ta fanlar akademiyasiga ega.
O’zbekistonda aholining bandlik darajasi juda murakkabdir. Mamlakatimizda qadimdan qishloq xo’jaligi rivojlanganligi va tabiiy sharoitning qulayligi tufayli aholining taxminan 36%dan ortiqrog’i qishloq xo’jaligi sohasiga to’g’ri keladi. Shuningdek sanoat ham mamlakatimizda istiqbolli sohalardan biri bo’lib unda aholining taxminan 12,6% qismi faoliyat ko’rsatadi.
Hozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlarda xo’jalik yuritishning reindustrial shakli ommalashib borayapti (ya’ni nomoddiy sohaning rivojlanishi). O’zbekistonda esa xo’jalik yuritishning bu shakli hozirgi kunda asta–sekin rivojlanib bormoqda. O’zbekistonda 1926 yilda nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo’lgan aholining bor yo’g’i 6 % i ishlagan bo’lsa, bugungi kunda bu ko’rsatkich ortmoqda.
Musataqillikdan so’ng O’zbekistonda moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari yuqori sur’at bilan rivojlanmoqda. Shu bilan birga aholi moddiy va madaniy turmush darajasini yuqori bo’lishi birma–bir xizmat ko’rsatish sohalariga bo’lgan talabni oshiradi. Nomoddiy tarmoqlar ichidan sog’liqni saqlashda aholi tezroq o’sib borayapti. Moddiy tarmoqlar ichida bu jarayon qurilish va transportda ko’proq kuzatilyapti.
Barcha band aholining 3|5 qismidan ko’prog’i nodavlat sektorga to’g’ri keladi. 2001 yilda mehnat tashkilotlariga 463 ming kishidan ziyodroq aholi ish so’rab murojat qilgan. Ularning yarmidan ko’prog’i 16-30 yoshdagilar tashkil etadi. Shu yilda barcha ish so’rab murojat qilganlarning 68,7% ni talabi qondirilgan.
O’zbekiston Respublikasi makro iqtisodiyot va statistika vazirligi ma’lumotlari bo’yicha, respublikada rasman “ishsiz” maqomiga 7,5 ming kishi qayd qilingan. Bu jami iqtisodiyotdagi faol aholining 0,4% ga teng.
Keyingi yillarda mamalakatda yangi ish o’rinlari yaratishga katta e’tibor qaratilmoqda: Ularning asosiy qismi qishloq joylarga to’g’ri keladi. Bu borada ayniqsa Farg’ona, Samarqand, Namangan viloyatlarida ibratli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Umuman olganda esa mehnat resurslaridan to’la va samarali foydalanish muhim muammo hisoblanadi.
Bu muammo eng avvalo davlatning “bandlik” dasturi doirasida ham etilib boradi. Ma’lumki jahon mamlakatlarida nomoddiy sohalardagi aholining bandligi oshib bormoqda. Bizda esa u hozircha kamroq. Masalan sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport, ta’lim, madaniyat, san’at va fan kabi ijtimoiy sohalarda band bo’lgan mehnat resurslarini ulushi ko’pgina viloyatlarda oz.
O’zbekistonda ham endilikda nomoddiy sohada band aholi asta sekin o’lib bormoqda. Ayniqsa O’zbekistonda ilm fanga alohida e’tiborni qaratish o’zbek xalqining jahonshumul yutuqlari ifodasidir. Lekin shuni alohida ta’kidlab o’tish zarurki respublika aholisining ijtimoiy tarkibi va bilish darajasinini hozirgi talablar doirasiga ko’tarish uchun ham ancha ish qilinish kerak. Iqtisodning bundan buyon bozor munosabatlari asosida rivojlanib borishi O’zbekistonda zamonaviy sanoat ishlab chiqarish malakasiga ega bo’lgan kadrlarni ko’plab tayyorlashni talab etadi.
Jumladan, hozir respublikamiz xalq xo’jaligining barcha sohalariga, shuningdek fan va madaniyat uchun ham zarur sog’lom kadrlarni tayyorlashda keyingi vaqtdarda olib borilayotgan davlat siyosati ham katta ahamiyatga egadir.