Ural oilasi: 5 mln kishi: Fin guruhi:Estonlar-1 mln kishi, Karellar-150 ming, Komi va komi-permyaklar-500 ming, Udmurtlar-700 ming, Marilar-600 ming, Mordvalar-1,3 mln kishi, Saamilar 2 ming va boshqala. Ugor guruhi:xantilar, mansilar-30 ming kishi. Samodiylar guruhi-nenetslar, selkunlar-35 ming kishi.
2. Xalqlarni hududiy joylashuviga ko’ra guruhlashtirish. Har bir xalq o’zining etnik hududiga ega bo’ladi, ana shu hududda u moddiy va ma’naviy madaniyatini yaratadi, tabiatdan foydalanishning o’ziga xos usullarini ishlab chiqadi va h.k. Hududiy jihatdan yaqin bo’lgan va uzoq davrlar mobaynida bir-biri bilan mustahkam aloqa qilib yashagan xalqlarda xo’jalik yuritish shakllari, turmush, madaniyat va din odatda bir-biriga o’xshash va ayrim hollarda bir xil bo’ladi. Mana shu belgi va xususiyatlari jihatdan o’xshash bo’lgan hududlar–tarixiy-etnografik oblastlar (viloyatlar) deb ataladi. Ular bir necha hududlardan iborat:
1. Evropa; 2. Osiyo; 3. Lotin Amerikasi; 4. Okeaniya.
3. Xalqlarni ijtimoiy – xo’jalik jihatdan guruhlashtirish. ko’proq tarixiy xarakterga ega. Chunki, bu tipga kiruvchi «dehqon xalqlar», «chorvador xalqlar», «ovchi xalqlar» tushunchalari asosan o’tmish davrlarga xos bo’lib, hozir o’z ahamiyatini yo’qotib bormoqda.
4. Xalqlarni lingvistik guruhlashtirish. Xalqlarni tiliga qarab guruhlarga ajratishda bir-biriga yaqin bo’lgan qardosh tillar oilalarga birlashtiriladi, ular esa, o’z navbatida tarmoqlarga ajratiladi. Ling6stik guruhlashtirish – xalqlarni tiliga qarab guruhlarga ajratishda bir-biriga yaqin bo’lgan qardosh tillar oilalarga birlashtiriladi, ular esa o’z navbatida guruhlarga yoki tarmoqlarga ajratiladi. Dunyo xalqlariga e’tibor bersak, ular o’ziga xos til oila va guruhlarga bo’lingan:
1. Hindevropa oilasi: 1. Slavyan guruhi: ruslar, ukrainlar, beloruslar, polyaklar, chexlar, slovaklar, serblar, xorvatlar, sloveniyaliklar va boshqa yugoslaviya xalqlari, bolgarlar. 2. Baltika guruhi: litvaliklar, latishlar. 3. Germaniya guruhi: nemeslar, avstraliyaliklar, shveytsariyaliklar (nemes, italyan, fransuz tilida gaplashuvchilar), gollandlar, flamandiyaliklar (finlar), afrikanerlar, surinamlar, shvedlar, norveglar, islandiyaliklar, datchenlar (farer orolidagilar), anglichanlar va shotlandlar, anglo-avstraliyaliklar, angliya-yangizellandiyaliklar, anglo-kanadaliklar, yamaykaliklar, gayyaliklar, shuningdek ingliz tilida so’zlashuvchi xalqlar (markaziy va janubiy Amerika), amerikaliklar (aqshdagi negrlar ham). 4. Kelt guruhi: irlandlar, uelsliklar, bretonlar. 5. Roman guruhi: italyanlar, fransuzlar, korsikaliklar, vallonlar, frankokanadaliklar, gaitiyaliklar va boshqa frankotilli xalqlar (markaziy va janubiy amerika), ispanlar, katalonlar, galisiyaliklar, meksikaliklar, kubaliklar, argentinlar, kolumbiyaliklar va boshqa ispan tilida gaplashuvchilar (markaziy va janubiy Amerika), braziliyaliklar, portugallar, ruminlar, moldavanlar. 6. Alban guruhi: albanlar. 7. Grek guruhi: greklar. 8. Eron guruhi: forslar, kurdlar, lo’lilar, baxtiarlar, tojiklar, xazareyslar, afg’onlar (pushtilar), belujlar, osetinlar. 9. Hind (Hindariy) guruhi: bengallar va assemlar, oriyaliklar, hindlar, bixarlar, rajastxonlar, panjobliklar, gudjaratliklar, sinxlar, maratxiliklar, singallar, kashmirliklar, nepalliklar va boshqa paxari xalqlari. 10. Arman guruhi: Armanlar, evropa va amerika evreylari.
Do'stlaringiz bilan baham: |