1. Shimoliy Afrika va qisman shimoliy-sharqiy Afrika. Bu rayonlarda bir biriga yaqin bo’lgan xalqlar – arablar va barbarlar yashaydi. Shimoliy Afrikada arab tilida gaplashuvchi bir necha millatlar tarkib topgan (marokashliklar, tunisliklar, Liviyaliklar, misrliklar).
2. Sharqiy va G’arbiy Sudan (hududiy jihatdan Sudan tabiiy geografik hududiga to’g’ri keladi). Bu oblastning g’arbida – atlantika sohilida fulbe, volof, ser’erlar, Gvineya qo’ltigi sohilida–gvineyaliklar, gurlar, Nigeriya va Kamerun davlatlarida – xausa, yoruba, ibo, edo kabi xalqlar. Sudan davlati hududida asosan arablar va nilotlar yashaydilar.
3.Tropik va Janubiy Afrikada bir-biriga yaqin tilda gaplashuvchi va madaniyatida ham ko’pincha umumiylikka ega bo’lgan bantu xalqlari yashaydi. Afrikada ham ayrim bir butun xalqlar turli mamlakatlar o’rtasida bir-biridan siyosiy chegaralar orqali ajratib qo’yilgan. Masalan, fulbe xalqi Nigeriya, Senegal, Gvineya, Mali, Kamerun, Burkina-Faso, Benin Mavritaniya, Gambiya mamlakatlarida bo’linib yashaydi. Mandinto xalqi Senegal, Mali, Kot-di-vuar, Gambiya, Serra-Leone, Gvineya, Gvineya-Bisau mamlakatlari o’rtasida yashaydi. Bundan ahvol Afrikada turli elatlar va etnik guruhlarning jipslashishi, millatlar tashkil topishini qiyinlashtiradi.
Afrika aholisining milliy tarkibi haqida gapirganda, bu erda yashovchi kelgindi (asosan Evropadan) xalqlarni ham e’tiborga olish zarur. Asosan inglizlar, afrikanerlar (burlar), fransuzlar, portugallar Afrika aholisining 5% ni tashkil qiladi. Ular qit’aning janubida va Zimbabveda (Rodeziyada) yashaydilar va oqlar hukmronligiga asoslangan irqchilik davlatlarini barpo qilganlar. Hozirda ular mustaqil Afrika davlatlariga aylanganlar.
Amerika aholisining milliy tarkibida ko’pchilikni (95%) Evropadan kelganlarning avlodlari va ularning boshqa xalqlar bilan aralashuvidan vujudga kelgan xalqlar qamrab olgan. Amerika aholisini ko’pchilik qismi ingliz va ispan tilida, ozroq qismi portugal va boshqa tillarda so’zlashadi. Bu erda millatlar, davlatlar chegaralariga qarab, qaysi mamlakatning fuqarosi ekanligiga qarab ataladi. Masalan, AQSh millati–Amerikaliklar, Kanada millati – kanadaliklar deyiladi.
Amerika mamlakatlari aholisi o’z millatlarini davlatlarining nomi bilan masalan, braziliyaliklar, kubaliklar, peruliklar va boshqalar deb atashadi. Biroq turli xalqlarning aralashishi bir-biridan ancha farq qiladi. Masalan paragvayliklar, peruliklar, boliviyaliklar, ekvadorliklar, gondurasliklar, salvadorliklar, nikaragualiklar va panamaliklar asosan metislardan iborat. Dominikaliklarning ko’pchiligi esa mulatlardir.
Amerikada, shuningdek asosan negrlardan iborat bo’lgan millatlar ham bor (gaitiliklar, yamaykaliklar va boshqalar). Peru, Boliviya, Ekvador, Meksika aholisining anchagina qismini indeyslar tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |