Mongoloid irqi: dunyo aholisining 35,9 % ini o’z ichiga oladi. Mongolid irqi ham ikki guruhga bo’linadi: Osiyo va Amerika guruhlari. Osiyo guruh ichida bir-biridan farq qilivchi tillar bor. Mongoloid irqining Amerika avlodiga Shimoliy va Janubiy Amerikaning tub aholisi “indeyslar” kiradi. Mongolid irqining asosiy belgilari: tanasining rangi bug’doy rang, ko’zlari qisiq, yonoqlari bo’rtib chiqqan, sochlari to’g’ri. Mongoloid irqining Osiyo tarmog’i ham Shimoliy va Janubiy Mongoloid irqiga ajratiladi.
Negroid irqi (yoki ekvatorial): Dunyo aholisining 5,8 % ini o’z ichiga oladi. Asosiy irqiy belgilari: Terisini rangi qora, sochlari qora va jingalak, burni keng, lablari qalin. Negroid irqi ham ikki tarmoqqa ajratiladi: Afrika va Okeaniya tarmoqlari. Ekvatorial irqining Afrika tarmog’iga Sahroi Kabirdan janubda yashaydigan xalqlar-“negrlar” kiradi. Okeyaniya tarmog’iga esa melaneziyaliklar, Yangi Gvineya papuaslari, Avstraliyaning tub xalqlari (aborigenlar) kiradi.
Aralash irqiy shakllar. Qadimgi aralash irqiy shakl yoki tiplarga “efiop” tipi kiradi. Ularning ko’p belgilari Arablarga o’xshamaydi. Ammo ular negroidlar singari qora tanli. Shuningdek, G’arbiy Afrika (Senegal, Gvineya) da yashovchi fulbe xalqlari ham aralash tiplarni tashkil qiladi. Mongoloid bilan Evropoid o’rtasidagi qadimgi aralash shakllar G’arbiy sibirning janubiy qismida yashaydi. Aralash irqiy shakllarning ikkinchi katta guruhi-o’rta asrlar va yangi davr aralash shakllaridir. Bunday aralsh shakllari tarqalgan hududdan biri Markaziy Osiyo respublikalaridir. Aralash shakllar o’z navbatida ikki tipga bo’linadi:
Birinchi tipi turon tipi yoki Janubiy Sibir tipi-bu tipga asosan mongoloid irqi belgilari ko’proq bo’lgan, qozoqlar, qirg’izlar, qoraqolpoqlar kiradi. Ikkinchi tipi-O’rta Osiyo tipi (o’zbeklar, turkmanlar va b.). Bularda Evropoid irqining janubiy avlodiga xos belgilar saqlangan bo’ladi. Umuman dunyodagi uchta asosiy katta irq orasida juda ko’plab boshqa aralash shakl va tiplar vujudga kelgan va vujudga kelmoqda.
Masalan, Afrikada Sahroi Kabirdan janubda, ayniqsa arablar bosib olgan hududlarda shunday aralash irqiy guruhlar tarkib topgan. Nil daryosining yuqori oqimida Sudan aralash shakllari bunga misol bo’la oladi. Janubiy Afrikada ham golland mustamlakachilari bilan gattentot ayollarining aralashuvidan vujudga kelgan yangi davr aralash tiplari bor. Madagaskar orolida bu erga Indoneziyadan ko’chib kelgan janubiy mongoloidlar bilan mahalliy negroidlarning aralashuvidan malgash antropologik tipi paydo bo’lgan.
Amerikada turli irq vakillarining aralashuvidan bir necha aralash guruhlar-tiplar vujudga kelgan. Masalan, evropaliklar bilan indeetslar aralashuvidan metislar (Latin Amerikasi mamlakatlarida), bu erga keltirilgan negrlar bilan evropaliklarning aralashuvidan mulatlar vujudga kelgan. Mulatlar ko’proq Braziliyada, Karib dengizi havzasidagi davlatlarda yashashadi. Amerika qit’asining ayrim rayonlarida mahalliy indeyslar bilan negrlar aralashuvidan alohida tip-sambolar paydo bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |